- 6 -
bilan, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov:- tariximizning ko‗pdan ko"p g‗oyat
muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf
etiladi. Shuni esda tutish muhimki, o‗tmishimizni ―oqlash‖ vazifasi umuman olganda bajarib
boiindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan
iboratdir‖.
O‗zbekiston tarixini o‗rganishning ikkinchi uslubiy tamoyili-bu voqea va hodisalarni dialektik
asosda o‗rganishdir.
Dialektika-olam yagona va yaxlit, unda sodir bo‗ladigan hodisalar,
voqealar umumiy va
o‗zaro bog‗lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‗ladi, deb ta‘lim beradi. Har bir
voqea-hodisani, boshqa voqealar, hodisalar bilan bog‗lab o‗rganishdangina mazkur voqea-
hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o‗rnini to‗g‗ri aniqlash, belgilash mumkin bo‗ladi. Har bir
voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi deb qaramoq kerak.Chunki mavjud bo‗lgan
har bir xalq, millat yoki elat tarixi faqat o‗ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tursada, butun
insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan umumiy aloqadorlikdadir.
Tarixiy ma‘lumotlarga ko‗ra haqiqatdan ham o‗zbek xalqining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy rivojlanishi jahon tarixi taraqqiyotining bir o‗zagi- qismidir. Eng qadimgi davrlardan
boshlab yaqin o‗tmishga qadar Okrta Osiyo,
Sharqiy
Turkiston, Yettisuv, Eron, Afg‗oniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar orasida
yagona iqtisodiy, madaniy makon mavjud edi.
Uchinchi asosiy tamoyil tarixiylik bo‗lib, har bir voqea-hodisa qanday tarixiy muhitda, nima
uchun aynan shu paytda, shu ko‗rinishda sodir bo‗lganligini, bu voqea-hodisa o‗z taraqqiyotida
qanday asosiy bosqichiarni bosib o‗tganligini, keyinchalik u qanday holatga tushganligini bilish
tarixiylik tamoyilining asosiy talabidir. Masalan, biron davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan
turib baho bermoqchi bo‗lsak, birinchidan u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‗ldi,
ikkinchidan, u o‗z taraqqiyotida qanday bosqichiarni bosib o‗tdi, uchinchidan, uning tarixiy o‗mi,
mavqei qanday degan savollarga aniq javob berish zarur.
Tarixiylik uslubi xalqning o‗tmishiga, hozirgi zamoni va kelajagiga yagona tarixiy jarayon
sifatida o‗tmish
hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot
qonuni asosida qarashni talab etadi. O‗tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik mukammal
o‗rgansak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni aniq
tasavvur etamiz.
To‗rtinchi tamoyil ijtimoiy yondoshuv tarixiy jarayonlami aholi barcha tabaqalarining
manfaatlarini hisobga olgan holda o‗rganishni taqozo etadi. Voqealami alohidja bir ijtimoiy tabaqa-
kambag‗allar, yo‗qsillar yoki mulkdor boylar nuqtai-nazaridan
turib tahlil etish, yoritish, bir
tomonlama yondoshuv bo‗lib, bu tarixni soxtalashtiradi, noto‗g‗ri xulosalarga olib keladi.
Ijtimoiy yondoshuv tamoyili davlat arboblarining siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar,
ular yo‗lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‗rsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini,
jamiyatning u yoki bu yo‗ldan rivojlantirishdagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga molikdir.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimiz tarixini o‗rganishda Vatan manfaati, milliy
qadriyatlar, an‘analar, urf-odatlar, din, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini yoritishda
sivilizasion nuqtai-nazardan yondashmoq kerak.
Vatanimiz tarixini yaratishda, yuqorida zikr etilgan metodologik
tamoyillardan tashqari
faktlami taqqoslash, davrlashtirish va boshqa usullardan ham zarur.
Vatanimiz tarixini mukammal o‗rganish, tadqiq qilishda uni to‘g‗ri davrlashtirish muhim
ahamiyatga egadir.
Sovetlar hukmronligi davrida SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan
vatanimiz tarixini besh davrga bo‘ldilar.
1.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri.
2.
Quldorlik tuzumi davri.
3.
Feodalizm tuzumi davri.
4.
Kapitalizm tuzumi davri.
5.
Sotsializm va Kommunizm davriga bo‗lindi.
- 7 -
Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta ―Kommunizm‖ ga
olib boradi degan g‗oyani ilgari surush va o‗tkazishdan iborat edi. Shu tufayli XX asrning oxiriga
kelib insoniyat bu g‗oyani yelkasidan uloqtirib tashladi. Natijada butun dunyoda ―sinfiy qadriyatlar‖
dan ―milliy va umuminsoniy qadriyatlar‖ ning ustunligi e‘tirof etildi.
Vatanimizning, o‗zbek xalqining boy, serko‗lam, betakror tarixi, uning o‗ziga xos va mos
tarixiy taraqqiyot davri mavjud bo‘lib, uni tarixnavis olimlarimiz fikriga ko‗ra quyidagi davrlarga
bo‗lish joizdir.
1.
Ibtidoiy jamiyat, Qadimgi davr noto‗g‗riligini XX asrda ko‗plab xalqlar taqdirida sinab
ko‘rildi. Pirovardida bu fojeali oqibatlarga olib
keldi
2.
O‗rta asrlar davri.
3.
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.
4.
Sovetlar istibdodi davri.
5.
Milliy istiqlol davri.
Do'stlaringiz bilan baham: