O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ro’YXATI



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/31
Sana20.04.2020
Hajmi0,76 Mb.
#45944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
kasb-hunar kollezhlarida informatikaning elektron zhadvallar modulini oqitish metodikasi (1)

 

  57 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ro’YXATI....................................   

   59 


 

 

 



 


 

 



 

K I R I SH 

 

Mavzusning dolzarbligi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi 

bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.  

o’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  kadrlar  tayyorlash 

bo’yicha  Milliy  dastur  haqida  gapirganlarida  «…  har  tomonlama  yetuk  yuqori 



malakali  kadrlar  tayyorlash  dasturimizning  asosiy  sharti  bo’lishi  kerak»  degan 

edilar.  Faqat  shunday  kadrlar  ta’lim,  ilm-fan  va  ishlab-chiqarishning,  umuman 

iqtisodiyotning raqobatdoshligini oydinlashtiradilar, belgilaydilar. [1]. 

 

Kadrlar 



tayyorlash 

milliy 


dasturida 

belgilangan 

vazifalarni 

bosqichma-bosqich 

amalga 

oshirilayotganligi 

natijasida,  

respublikamiz 

ta’limtizimida tub islohotlar sodir bo’lib, u rivojlangan  mamlakatlar ta’lim tizimi 

bilan uyg’unlashib bormoqda. Bu jarayonda tayyorlanayotgan kadrlarning kasbiy 

mustaqil  fikrlash  qobiliyatlarini  rivojlantirish,  ularning  eng  muhim  sifat 

ko’rsatkichlaridan  biri  sifatida  e’tirof  etilmoqda.  o’zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.Karimov  ta’kidlaganidek:  «Agar  o’quvchilar  fikrlashga    o’rganmasa, 

ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. [1].  Ammo u o’z 

yo’liga. Mustaqil  fikrlash ham katta boylikdir.» Chunki, bozor iqtisodi sharoitida 

faqat  mustaqil  fikrlash  qobiliyatiga  ega  bo’lgan  shaxsgina,  ijtimoiy  hayotda 

o’zining  munosib  o’rnini  topaoladi,  jamiyat  uchun ham,  o’zi  uchun ham  foydali 

bo’ladi  va turli g’arazli oqimlar ta’siriga berilmaydi. Shuning uchun ham, so’ngi 

yillarda  malakali  mutaxassislar  tayyorlash  jarayonida    o’quvchilarning  mustaqil  

fikrlash  qobiliyatini  rivojlantiruvchi  noan’anaviy  ta’limni  tashkil  qilish,  faol 

usullarida  foydalanishga  ko’proq  e’tibor  berilmoqda.    Noan’anaviy  ta’lim 

usullarining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

 

o’qituvchi talabalarga tayyor o’quv materialini taqdim etmaydi; 



 

o’quv materiali shunday bayon etiladiki, talabalar faol bilish va mustaqil 



o’zlashtirish jarayonida yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar; 

 



faol o’qitishning negizida mustaqil fikrlashga undash yotadi. 


 

 



 

           Noan’anaviy ta’lim  -  o’quvchilarlarni  o’z  kasbiga  qiziqtiruvchi,  bilim 

doiralarini  kengaytiruvchi,  ularda  hozirjavoblik  xususiyatlarini   tarbiyalovchi,  

faollashtiruvchi  va  ularning  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini  rivojlantiruvchi  kabi 

didaktik  funktsiyalarni  bajaradi.   Tajribalarda  ta’kidlanganidek,  agar  mashg’ulot 

odatdagi  -  faqat  tinglab  o’tirishga  asoslangan  usulda  o’tkazilganda,  talabalar 

axborotning  ko’pi  bilan   20  foizini  o’zlashtirgan  bo’lsa,  innovatsion  pedagogik 

usullardan  foydalanilganda  esa,  bu  ko’rsatkich  80-90  foizgacha  oshganligi 

tasdiqlangan. 

Noan’anaviy  ta’limning  samaradorligi  yana  shundan  iboratki,  uning 

qatnashchilari  yaxlit  tizimli  bilimga  ega  bo’ladi  va  mustaqil  -  ijodiy  fikrlash 

qobiliyatlari  rivojlanishi  negizida  bo’lajak  kasbiy  faoliyatga  oid  boshlang’ich 

ko’nikmalar  shakllantirilib,  o’quv-tarbiyaviy  jarayonni   amaliyot  bilan  bevosita 

bog’lab  olib  borishni  ta’minlaydi.  Shuning  uchun  ham  u,  rivojlantiruvchi 

o’qitishning yuqori samarali usullaridan biri bo’lib hisoblanadi. 

         Kasb-hunar 

kollejlarida 

o’quvchilarga 

Informatika 

va 


axborot 

texnologiyalaridan  chuqur  va  mustahkam  bilim  berish  Informatika  va  axborot 

texnologiyalari  fanini  o’qitish  metodikasining  dolzarb  muammolaridan  biri 

hisoblanadi.  

Hozirgi  zamon  sharoitida,  yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlashda, 

o’qitishning  hozirgi  zamon  tizimlari  va  yangi  pedagogik  texnologiyalari  asosida 

amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni xislati 

shundaki, unda qo’yilgan  maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni 

rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli 

o’tishining  80-foizi  ta’lim  jarayonini  to’g’ri  loyihalashtirish,  tashkil  etish  va  uni 

amalga oshirishga bog’liqdir. [21]. 

Hozirgi  kunda  ta’lim  tizimida  yangi  bosqich  bo’lgan  kasb-hunar  ta’limini 

zarur  me’yoriy  hujjatlar,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar  bilan  ta’minlash 

borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda.  




 

 



 

Bugungi kunda kasb-hunar ta’limi yo’nalishlarining zamonaviyligi ularning 

kompyuterlashtirilganlik va texnik ta’minotlarining yuqori darajada ekanligi bilan 

o’lchanmoqda. Shu bois informatika   va  axborot texnologiyalarning jamiyatimiz 

ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga jadal sur’atlar bilan kirib kelganligi zamonamizning 

xos xususiyatlaridan biri bo’lsa, informatika  fanini o’zlashtirish davr talabidir. 

 Respublikamizda    kasb-hunar  kollejlarida  informatika  va  axborot 

texnologiyalari  fanini  o’qitish  metodikasi  yo’nalishlarida  olimlarimizdan 

A.Abduqodirov,  U.Yuldashev,  F.Zokirova,  R.Boqiev,  I.Isoqov,  A.Hayitov, 

M.Mamarajapov, 

D.Abduraximov, 

S.Allayorov, 

S.Qulmamatov, 

D.Toshtemirovlarning  ilmiy-metodik  ishlarini  keltirish  mumkin.  Bu  olimlar 

tomonidan  kasb-hunar  kollejlarida  informatika  va  axborot  texnologiyalari  fanini 

o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar respublikamiz ta’lim tizimida 

aloxida o’z o’rniga ega. 

Shuning 


uchun 

kasb-hunar 

kollejlarida 

informatika 

va 

axborot 


texnologiyalarini  o’qitish  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  ilmiy-uslubiy 

izlanishlar  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  ni  bajarishni  ta’minlash  yuzasidan 

qilinayotgan dolzarb tadqiqotlar sirasiga kiradi.  


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish