1.2. Kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari
fanining vazifalari va mazmuni
Mamlakatimizda barcha sohalarda chuqur va keng ko’lamli islohotlar amalga
oshirilar ekan, unda uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirishga juda katta ahamiyat
berilmoqda.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning ta’lim sohasini tubdan isloh qilish,
uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy ishlar va sarqitlardan to’la xolos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash» kabi maqsadi ta’lim
jarayoniga boshqacha nazar bilan qarashni talab etadi. Umuman, o’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi tizimida bunday muammolar o’z dolzarbligi bilan alohida
ajralib turadi. Dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, uddaburon, o’z ishining ustasi
bo’luvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi yosh
kadrlarni tayyorlash va ularga ta’lim berish respublikamiz pedagoglari oldida
turgan muhim va mas’uliyatli vazifadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi va uni takomillashtirish yuzasidan ko’pgina olimlar
amaliy va ilmiy tadqiqot ishlari olib borayapti. Uzluksiz ta’lim tizimi va uning
asosiy tuzilishi haqida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da atroflicha bayon
etilgan. Unda belgilanishicha, «Uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim
standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish
muhitini o’z ichiga oladi».
Ushbu ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o’qitishda ularning
uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash kerak bo’ladi. Shu maqsadda fanlarni
o’qitishning kontseptsiyasini ishlab chiqish, u asosda o’quvchilarga bilimlar berish
muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim tizimi bosqichlarini quyidagi 1-sxema asosida tasniflash mumkin
16
1-sxema. Ta’lim bosqichlari tasnifi
Gap informatikani o’qitish kontseptsiyasi haqida borib, barcha ta’lim
bosqichlarida informatika yo’nalishidagi fanlarning mazmunini yaratish va ularni
o’rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Kasb-hunar ta’limida informatika umumta’lim fani sifatida qaralib, uni va
boshqa fanlarning davlat ta’lim standarti qabul qilindi. Har bir fanning dasturlari
va ularga qo’yilgan talablar Davlat ta’lim standart (DTS) ida va dasturlarning
mazmunida ko’rsatib berilgan. Bu esa ta’lim olishning "hayotiy tsikl" ga mosligini
ko’rsatadi.
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida informatika fanining
vazifalari va mazmuni haqida respublikamizning olimlari va tadqiqotchilari
izlanishlar olib bormoqdalar. Bulardan A.Abduqodirov, T.Azlarov, B.Boltaev va
Umumiy o’rta
ta’lim
O’rta maxsus kasb-
hunar ta’limi
Akademik
litseylar
Kasb-hunar
kollejlari
Oliy ta’lim
Magistratura
Bakalaviatura (4
yillik)
Oliy o’quv
yurtidan keyingi
ta’lim дастурлари
Doktorantura
(3 yillik)
Aspirantura
(3 yillik)
Malaka oshirish va
qayta tayyorlash
Maktabgacha
ta’lim
17
boshqalar maktabgacha ta’lim va umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika
fanini o’qitish va uning uzluksiz ta’lim tizimidagi o’rni masalalari bo’yicha, A.
Abduqodirov, M.Aripov, A.Sidiqov, U.Yuldashev, R.Boqiev, N.Tayloqov,
A.Ahmedov,
A.Hayitov,
Isoqov
I.,
M.Mamarajapov,
D.Abduraximov,
S.Qulmamatov, D.Toshtemirov va boshqalar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida informatika va axborot texnologiyalarni o’qitish muammolari va
ularni takomillashtirish usullari bo’yicha bir qator ilmiy-uslubiy maqolalar chop
etganlar. [14], [11] [13].
Informatika fani o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida umumta’lim
fani sifatida o’qitilar ekan, o’quv muassasasi etarli darajada moddiy-texnika bazasi
va zamon talablariga javob beradigan kompyuterlar bilan jihozlangan bo’lishi
lozim. Bu haqda «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda, «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da va olimlarimizning ilmiy ishlarida ham ta’kidlab o’tilgan. Informatika
fani kasb-hunar kollejlarida asosan 1 kurs o’quvchilariga o’qitiladi. Hozirgi kunda
o’quvchilarga fan bo’yicha o’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan Davlat ta’lim standartlariga ko’ra barcha
mutaxassisliklarda umumta’lim fani sifatida 130 soatga mo’ljallangan talablar
ishlab chiqilgan. Lekin ayrim kasb- hunar kollejlarida mutaxassisliklar bo’yicha
«mutaxassislikka kirish», «boshqaruv jarayonida informatika» va «avtomatika»
fanlari ham o’qitib kelinadi. Bu fanlarning asosiy negizi sifatida albatta, kompyuter
texnologiyalarini o’rganish va ularni o’quv amaliyotida qo’llash kabi nazariy va
amaliy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Shuning uchun hozirgi kunda informatika fani
nafaqat umumta’lim fani sifatida, balki maxsus mutaxassislikka yo’naltirilgan fan
sifatida ham chuqur o’qitilmoqda. Bu fanning mazmuniga e’tibor beradigan
bo’lsak, mavjud dasturlarda soatlar miqdori turlicha taqsimlangan. Ularni o’qitish
yuzasidan turli o’quv adabiyotlaridan foydalanilmoqda. Akademik litsey va kasb-
hunar kollejlarida informatika umumta’lim fanini o’qitish mavjud dasturlar va
darsliklar asosida olib boriladi.
18
Ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o’qitishda ularning uzluksizligi
va uzviyligini ta’minlash kerak bo’ladi. Shu maqsadda fanlarni o’qitishning
kontseptsiyasini ishlab chiqish, u asosda talabalarga bilimlar berish muhim
ahamiyatga ega. Gap informatikani o’qitish kontseptsiyasi haqida borib, barcha
ta’lim bosqichlarida informatika yo’nalishidagi fanlarning mazmunini yaratish va
ularni o’rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu mazmunda uzluksiz
ta’lim tizimi bosqichlarida quyidagilarga e’tibor berish nazarda tutilgan:
- «Kompyuter mening do’stim», «Kompyuter olamiga sayohat»- maktabgacha
tarbiya va boshlang’ich ta’lim bosqichlarida;
- «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» –umumta’lim bosqichida;
- «Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti va axborot texnologiyalari
elementlari» - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida;
- «Kasbiy faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari» - oliy ta’limning
tayanch bosqichi(bakalavriat)da ta’lim yo’nalishlari bo’yicha;
- «Kasbiy foaliyat doirasining tizimli tahlili metodologiyasi va eng yangi
axborot texnologiyalari» - oliy ta’limning yuqori bosqichi(magistratura)da ta’lim
yo’nalishlari bo’yicha;
Bu kontseptsiya asosan fanning davlat ta’lim standartlari majmui, namunaviy
o’quv rejalari va dasturlari, o’quv metodik adabiyotlar ishlab chiqishga asos bo’la
oladi.
Kasb-hunar ta’limida informatika umumta’lim fani sifatida qaralib, uni va
boshqa fanlarning davlat ta’lim standarti qabul qilindi. Har bir fanning dasturlari
va ularga qo’yilgan talablar Davlat ta’lim standart(DTS) ida va dasturlarning
mazmunida ko’rsatib berilgan. Bu esa ta’lim olishning "hayotiy tsikl" ga mosligini
ko’rsatadi. «Umrning butun ma’nosi mavhumlikni to’xtovsiz zabt etish, tobora
va hamisha ko’proq bilishga intilishdir»
Ta’lim tizimi yangi mazmun asosida qayta tahlil qilinayotganligi sababli har
bir fanning mazmuni ham ta’lim bosqichlari bo’yicha yangilanib borayapti. Kasb-
hunar kollejlarida o’qitilayotgan informatika umumta’lim fani ham bundan
19
mustasno emas. Shu sababli “Informatika va axborot texnologiyalari” umumta’lim
fanining asosiy maqsadidan kelib chiqadigan bo’lsak, o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limida tahsil olayotgan o’quvchilarga bu fanning nazariy va amaliy jihatlari
haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, amaliy
jihatdan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish,
zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumotlar berishdan iborat.
Kasb-hunar kollejlarida o’qitilayotgan “Informatika va axborot
texnologiyalari” umumta’lim fanining mazmuni namunaviy o’quv dasturida
quyidagicha qilib belgilangan: [9].
1. Axborot va jamiyat
2. Axborot texnologiyalari va tizimlari, ularning jamiyatdagi o’rni va
ahamiyati.
3. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minoti.
4. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari.
5. Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari.
6. Kompyuterda grafik ob’ektlar bilan ishlash.
7. Kaspiy faoliyatda amaliy dasturlardan foydalanish asoslari.
8. Zamonaviy dasturlash tillari.
9. Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish.
10. Axborot xavfsizligi.
11. Kompyuterlarga xizmat ko’rsatish.
12. Model va modellashtirish asoslari.
13. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari.
14. WEB dizayn asoslari.
Bu
talablardan
va
fanning
mazmunidan
kelib
chiqqan holda
kompyuterlarning dasturiy ta’minotini, ayniqsa, amaliy dasturiy ta’minotini
o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliy dasturiy ta’minot - axborot tizimi funktsional vazifalarni hal
etishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy mahsulotlar yig’indisini
20
o’zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron
jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar –
funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob’ektlar (iqtisodiy,
muhandislik, texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Yuqoridagi ta’rifdan ko’rinib turibdiki, bu ta’minotning asosini amaliy
dasturlar tashkil etadi. Amaliy dasturlarni talabalarga o’rgatish va ularda ko’nikma
va malakalar hosil qilish fanning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda
kompyuter texnologiyasini kasbiy sohalarga qiynalmasdan tadbiq qilish va uning
o’rni haqida tasavvurlarga ega bo’lishni ta’minlashdan iborat. Har bir fan
doirasidan kelib chiqqan holda bu dasturlardan foydalanishning o’ziga yarasha
o’rni mavjud. Masalan: fizika, matematika, kimyo, astronomiya, biologiya,
anatomiya va tasviriy sa’nat fanlari bo’yicha yaratilgan dasturlarni kompyuter
yordamida o’rganish uchun talabalar bu dasturlar bilan ishlash ko’nikmasiga ega
bo’lishlari kerak. Ana shunday ko’nikmalarni hosil qilish maqsadida amaliy
dasturlarni o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika umumta’lim fanida
amaliy dasturlarni o’qitish zamonaviy texnologiyalarning amaliyotga tadbiqi
nuqtai nazaridan o’rganishni ta’minlaydi.
Amaliy dasturlarning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
- qo’lda bajariladigan ish vaqtini tejaydi;
-aniq va tushunarli bo’lgan masalalar ustida ishlash imkoniyatini beradi;
- bajarish jarayonidagi kamchiliklar yoki nuqsonlarni tez bartaraf etadi;-
mutaxassislik bo’yicha atamalarning dasturdagi ma’nolarini aniqlash imkonini
yaratadi;
- fanni o’rganishda o’quvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |