II BOB. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA INFORMATIKANING
ELEKTRON JADVALLAR MODULINI o’QITISh METODIKASI
2.1. Informatika va axborot texnologiyalari fanida elektron
jadvallar modulining mazmuni
Umumta’lim tizimining mazmuni va uning vazifalarida keltirib o’tilgan
fikrlarni davom ettirgan holda fanning asosiy mavzulari «Excel dasturi» ning
mazmunida talabalarning barcha sohalarda kompterlar orqali ish yuritish va
amaliyotda qo’llay olishi, jumladan, hisob–kitob ishlarini olib borishni
ta’minlanish va ularni taqdimot qilish bo’yicha amaliy ko’nikmalari hisobga
olindi.
O’zbek tilida yaratilayotgan o’quv qo’llanmalari yoki foydalanuvchi
didaktik vositalar juda ozchilikni tashkil qiladi. Mavjud qo’llanmalar va
darsliklarda faqatgina mavzuga kirish va ularning ayrim nazariy tushunchalari
keltirib o’tilgan bo’lib, amaliy ahamiyatiga uncha katta e’tibor berilmagan.
Kasb-hunar kollejlari uchun yaratilgan informatika fanining namunaviy
dasturda ushbu dasturlarni o’qitish mazmuni va talablari quyidagicha qilib
belgilangan. [9]
1. MS EXCEL elektron jadvalida ishlash:
MS EXCEL dasturining oynasi (gorizontal menyusi, uskunalar paneli);
oddiy jadval tayyorlash (katakchalarni formatlash, ma’lumotlarni kiritish va
tahrirlash);
formula va fuktsiyalar bilan ishlash;
diagrammalar bilan ishlash;
jadvalda hujjatlar tayyorlash, tahrir qilish va bosmaga chiqarish.
2. Elektron jadvalda modellashtirish:
EHM da masala echish bosqichlari;
30
matematik model va modellashtirish tushunchalari;
elektron jadval yordamida modellarni qurish va tadbiq etish masalalari;
kompyuter yordamida tajriba o’tkazish;
amaliy masalalarni modellashtirish.
Bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar (bilim
standarti) MS EXCEL dasturi bo’yicha quyidagicha:
2.
o’quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:
- elektron jadval tushunchasi;
- elektron jadval turlari;
- elektron jadvalni ishga tushirish va undan chiqish tartibi;
- elektron jadval yacheykalari va ular ustida amallar bajarish qoidalari;
- MS EXCEL dasturi oynasi;
- oddiy jadval tayyorlash;
- formulalar va funktsiyalar bilan ishlash;
- diagrammalar bilan ishlash;
- jadvalda hujjat tayyorlash va uni tahrir qilish;
- EHM da masala echish bosqichlari;
- matematik model va modellashtirish tushunchasi;
- elektron jadvallar yordamida modellar qurish va tajriba o’tkazish.
3. Amaliy ko’nikmalar.
- elektron jadvallarni ishga tushirish;
- jadval yacheykalari ustida amallar bajarish;
- elektron jadvalda hujjatlarni tayyorlash va uni chop etish;
- elektron jadval yordamida kasbiy yo’nalishlarga oid amaliy masalalarni
modellashtirish va kompyuter yordamida tajriba o’tkazish.
Mavzuning mazmunini yaratishda davlat ta’lim standartidagi qo’yidagi
talablar hisobga olinadi:
31
- o’quvchilarning elektron jadvallar haqidagi tasavvurlarini yanada boyitish
va ularning ishlatilish sohalari haqida tegishli darajada tushuncha berish;
- o’quvchilarning elektron jadval turlari va uning tuzilishini mukammal
bilishi, Microsoft Excel elektron jadval protsessori bilan ishlashning asosiy
elementlari haqida tushunchalarga ega bo’lishi;
- kiritilgan ma’lumotlarni turli xil ko’rinishlarga (formatlash usullariga)
keltira olishi;
- formulalar va ularni ishlatish haqida tasavvurlarga ega bo’lishi va ularning
har bir yacheyka yoki diapozondagi o’rnini aniqlashga o’rganishi, kasbiy
faoliyatida qo’llay olishi;
- funktsiyalar va ular bilan ishlashi, funktsiyalarning turlari, ularning
qo’llanilish sohalarini bilishi;
- formulalar va funktsiyalar yordamida hosil qilingan jadvallarni ishchi
kitobning boshqa ishchi varaqlariga o’tkaza olishlari haqida ko’nikmalarga ega
bo’lishi;
- turli xil amaliy masalalarga matematik modellar tuzib, ularni jadvallar
yordamida hal qilish malakalariga ega bo’lishi;
- diagrammalar va ularning turlari, jadvallarga mos diagrammalar hosil qilish,
diagrammalarni ma’lumotlar bo’yicha izoh (legenda)larini o’zgatirishi va ularni
turli ko’rinishlarga keltira olishlari kerak.
o’quvchilarga nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar quyidagi mavzular orqali
beriladi.
I.
Nazariy bilimlar.
1. Ýëåêòðîí æàäâàëëàð hàqèäà óìóìèé ìàúëóìîò. Microsoft Excel elektron
jadvali va uning asosiy elementlari.
2. Microsoft Excel elektron jadvalida matnli, sonli ma’lumotlar va formulalar
bilan ishlaø.
3. Microsoft Excel dasturida funktsiyalar bilan ishlash.
32
4. Microsoft Excel da diagramma va ularni yaratish.
5. Elektron jadvallarni modellashtirish.
Nazariy bilimlar ma’ruzalar asosida tashkil etiladi. Ma’ruza sifatida
beriladigan mazmun mavzu bo’yicha barcha nazariy bilimlar talabalarga turli xil
texnik vositalar orqali ifoda etilishi lozim.
II. Amaliy ko’nikmalar.
1. Microsoft Excel elektron jadvalining uskunalar paneli, uning elementlari
va ularni ishga tushirish.
2. Microsoft Excel da sodda jadval hujjatlarini tayyorlash usullari.
3. Microsoft Excel da formulalar va funktsiyalar bilan ish yuritish.
4. Formulalar va funktsiyalar ishtirok etgan hujjatlar tayyorlash.
5. Microsoft Excel dasturida diagrammalar yaratish va ularni chop etish
usullari.
6. Microsoft Excel dasturida amaliy masalalarga jadvallar va diagrammalar
tuzish.
Amaliy
malaka
va
ko’nikmalar
darslarning
amaliy-laboratoriya
mashg’ulotlarida hosil qilinadi va rivojlantiriladi.
III. Umumlashtiruvchi oraliq nazorat.
1. Nazariy mashg’ulotlarni umumlashtirish va talabalar bilimini baholash.
2. Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini umumlashtirish va o’quvchilarning
bilimini baholash.
Umumlashtiruvchi nazorat soatlari yuqoridagi nazariy va amaliy bilimlar
berilgandan so’ng o’tkazilishi rejalashtiriladi.
Yuqoridagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha quyidagi
uslubiy ko’rsatmalarga e’tibor berish lozim.
Nazariy darslar bo’yicha metodik ko’rsatmalar:
Ma’lumkm, nazariy darslar ma’ruza sifatida o’qitilib, har bir ma’ruzachi
darsni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda olib
33
borish davr talablaridan biridir. Shuning uchun Microsoft Excel bo’yicha nazariy
bilimlarni berishda quyidagi uslubiy ko’rsatmalarga asoslanishni tavsiya qilamiz.
1-dars mavzusi bo’yicha nazariy bilimlar asosan kompyuterning dasturiy
ta’minotidan kelib chiqqan holda olib borilishi va mavzuga oid ko’rgazmali
qurollar yoki kompyuter imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda proektorlar bilan
ta’minlangan bo’lishi kerak. Bu mavzuda asosan quyidagi tushunchalarni berish
lozim.
Elektron jadvallar va ularning vazifalari, asosiy elementlari. Microsoft Excel
dasturi va uning imkoniyatlari, asosiy tushunchalar (ishchi kitiob, ishchi varaq,
yacheyka, diapazon, diagramma) ni o’quvchilarga etkazish va âà óëàðgà
êîìïþòåðäà èøëàø ó÷óí etarli bilimlar berish.
2-darsda Microsoft Excel dasturidagi matnli va sonli belgilar ustida amallar
bajarish, ularning usullari, matnlar va sonli belgilarni jadvallarga kiritish va
yuqoridagilarni ishlash jarayoniga tayyorlash kabi nazariy bilimlar beriladi. Bu
mavzudagi asosiy tushunchalar sonli, matnli belgilar, ularni formatlash usullari va
jadval katakchalarni to’ldirish qoidalari va hokozolar hisoblanadi.
3-darsda yuqoridagi bilimlarni o’zlashtirganlaridan keyin, har bir kasbiy
sohaga mos ravishda jadvallar to’ldirilishi kerak. Bu esa turli xil formulalar va
ularning tasnifi, funktsiyalar va ularning turlari haqida nazariy bilimlarga ega
bo’lishni talab qiladi. Shuning uchun ushbu darsda turli xil formulalar va
funktsiyalar bilan ishlashning asosiy elementlarini o’qitish kerak.
4-darsda beriladigan nazariy bilimlar yuqorida o’zlashtirilgan bilimlar
asosida yaratilgan hujjatlarga mos ravshda grafik, chizma holatlarni ko’rib
chiqishni o’z ichiga oladi. Bu esa mavzuning asosini tashkil qiluvchi
diagrammalar, ularning turlarida o’z aksini topishi kenrak. o’quvchilar manashu
diagrammalarni o’zgartirish, ularni bosmaga chiqarish kabi nazariy bilimlarga ega
bo’ladilar.
5-darsda elektron jadvallar yordamida modellashtirish elementlari va turlari,
kompyuterda masalalar echish bosqichlari kabi tushunchalar bilan bir qatorda
34
amaliy ahamiyatga ega bo’lgan iqtisodiy va matematik masalalar yuzasidan
modellar tuzishga hamda shularga doir nazariy bilimlar berishga e’tibor qaratiladi.
Yuqoridagi kabi har bir darsda nazariy bilimlar berib borilgandan so’ng
amaliy-laboratoriya
mashg’ulotlarida
o’zlashtirilgan
nazariy
bilimlar
mustahkamlanadi. Shundan keyingina navbatdagi nazariy mavzuga o’tish
maqsadga muvofiq.
Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlari uchun metodik ko’rsatmalar:
ma’lumki, amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari bevosita kompyuterlar bilan
muloqot orqali amalga oshiriladi. Har bir mashg’ulotda beriladigan vazifalar
o’quvchilarning o’zlashtirish qobiliyatlariga qarab tanlanishi zarur. Bundagi
vazifalar soni hamma uchun bir xilda emas, balki o’quvchilarning mavzuni
o’zlashtirishini hisobga olgan holda bir necha xil ko’rinishda bo’lishini ta’minlash
zarur bo’ladi.
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarida topshiriq turidagi vazifalar 3-6 ta
oralig’ida bo’lib, ularni bajarilishiga qarab o’zlashtirish va sifat ko’rsatkichlarini
belgilash mumkin.
1-dars bo’yicha nazariy bilimlardan kelib chiqqan holda har bir o’quvchiga
Microsoft Excel dasturidagi uskunalar panelining vazifasini ko’rib chiqish va ular
yordamida qanday qilib hujjatlar, fayllar, ularni qidirish usullari, yangi fayllar
yaratish, o’zgartirishlar kiritishi haqidagi vazifalar beriladi. Bu vazifalar yordamida
ishchi kitob, ishchi varaq nomlarini o’zgartirish usullarini ham o’zlashtirib
oladilar. o’quvchilar vazifalarni bajarganlaridan so’ng, ularga qo’shimcha,
mustaqil ravishda bajariladigan bir oz mukammal vazifalar 2 va 3- turdagi
topshiriqlarda berib borish maqsadga muvofiq.
2-darsda o’tilgan nazariy bilimlar asosida
Ishchi maydon bilan ishlash va kasbiy sohalarga mos yoki umumiy ishchi maydon
bilan ishlash va kasbiy sohalarga mos yoki umumiy sodda jadvallarni to’ldirish,
ularni bezash kabi vazifalar berib boriladi. Shuningdek, ishchi kitobdagi ortiqcha
35
yacheykalarni olib tashlash, ularni qayta qo’yish haqidagi vazifalar ham berib
borilishi kerak.
3-darsda Microsoft Excelda formulalar bilan ishlash va ularni turli
yacheykalarda saqlash, avtoyig’indi, avtoto’ldirish markerlaridan foydalangan
holda turli xil jadvallarni to’ldirishga doir vazifalar beriladi. Shu bilan birga bu
mavzuda “Master funktsiya” bilan ishlash va ularning turlarini qo’llab turli xil
amaliy hujjatlarni to’ldirish, tahlil qilishga doir vazifalar berib borilishi nazarda
tutiladi.
4-darsda yuqoridagi ma’lumotlarga tayangan holda 2-darsda yaratilgan
hujjatlarga va 3-darsda yaratilgan formulali va funktsional jadvallarga
diagrammalar tuzish, bu diagrammalarni ishchi varaqning o’ziga yoki boshqa
ishchi
varaqqa
joylashtirishga,
ularning
ko’rinishlarini
o’zgartirishga,
diagrammadagi izoh (legenda) va o’qlarning nomlarini o’zgartirishga oid amaliy
vuazifalar berib borilishi kerak.
5-dars uchun elektron jadvalda modellashtirish elementlari va uning turlari
haqidagi masalalarni tanlash kerak bo’ladi. Ushbu masalalarga modellar tuzish va
ularni kompyuter orqali hal qilishga doir amaliy mashg’ulotlar o’tkazilishi va unga
doir vazifalarni talabalarga mustaqil hal qilishni o’rgatish ko’zda tutiladi.
6- darsda asosan amaliy ahamiyatga ega bo’lgan masalalarga va tanlagan
kasbiy sohasidagi amaliy masalalarga modellar tuzishga doir misollar va ularni
o’zgartirishga oid vazifalar berib borilishi kerak bo’ladi.
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarining nazariy qismida olgan bilimlarini dasturni
o’z kasbiy faoliyatidagi biror taqdimotni qo’llab kompyuterda ish olib boriladi.
Barcha nazariy va amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari o’rganilib bo’lingandan
so’ng, o’quvchiëàðãà darslarni qanday o’zlashtirilganliklari haqida reyting ballari
qo’yib boriladi.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |