Gerusiya
Герусия
(yun.geron-oqsoqol) - bir qancha
qadimgi yunon davlatlarida oqsoqollar
kengashi bo‗lib, davlat hayotida asosiy
masalalarni hal qilgan. Spartada
gerusiya - oliy siyosiy organ.
Gigant
(yun.)
—
yunon afsonalarida o‘z mohiyati
bilan xudoga yaqin, insonlarga ziyon-
zaxmat etkazuvchi maxluq - devlar.
Zevsga qarshi kurash olib borishga
uringan bahaybat mahluqlar.
Delos ittifoqi
Qadimgi
yunon
shahar-davlatlarining
Afina boshchiligidagi ittifoqi bo‘lib, er.
av. 477 y. yunon-fors urushlari (er. av.
500—449 y.) davomida tashkil
topgan. Afina iqtisodiy va harbiy jihatdan
ustun bo‘lgani uchun dengiz davlatiga
aylangan. D. i. kengashi majlislari Delos
orolida o‘tkazilgan, dastlab bu yerda
umumiy ittifoq xazinasi ham saqlangan,
er. av. 454 y. da xazina Afinaga
ko‘chirilgan. D. i. Peloponnes urushida
(er. av. 431—404 y.) Afina yengilgach, er.
av. 404 y.da tarqatib yuborilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |