36
yunon polislarida xo‘jalikni keng va chuqur rivojlantirishga sharoitlarni cheklagan edi. Ichki polis
bozori hamisha cheklangan edi. Erkin aholi keng qatlamlarining xonavayron bo‘lishi ularning xarid
qobiliyatini pasaytiradi. qullar
hech narsa sotib olmagan, boy er egalari ham o‘zini xo‘jaligida
chiqarilgan buyumlar va mahsulot bilan foydalanib, mahalliy tovarlarni sotib olmaganlar.
Polislarning tor chegaralari quldorlik jamiyatining iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirishni
qiyinlashtirgan. O‘sib ketgan qullik hunarmandchiligi ishlab chiqargan buyumlarni sotishga muxtoj
bo‘lgan. Polislar etarli darajada kuchli bo‘lmagan. Ijtimoiy krizis ustiga polis davlat idoralarini
siyosiy krizisi kelib qo‘shildi.
Miloddan avvalgi IV asrning birinchi yarmida umumyunon sharoiti ana shundan iborat
bo‘lib, bu sharoitni shahar-davlat (polis) doirasidagi yunon quldorligi
jamiyatining ijtimoiy-
iqtisodiy krizisi deb tavsiflash mumkin. Bu yahlit holdagi quldorlik tizimining krizisi emas edi.
Inqirozni bartaraf, qilish yo‘llarini qidirish maqschadida siyosiy arboblar, faylasuflar,
notiqlar band bo‘ldilar. Siyosiy arbob Isokrat tantanali nutq tarzida yozilgan «Panegiriki» siyosiy
traktatida yunonlarni Kichik
Osiyoni istilo qilish, talash va shu tariqa o‘z ishlarini to‘g‘irlab olish
uchun birlashishga da‘vat etgan. Yunonlarning o‘z kuchlari bilan birlashish imkoni bo‘lmaganligi
tufayli yunon polislarini Filipp II-ga bo‘ysundirish tarafdori bo‘ladi va uning rahbarligi ostida
Kichik Osiyoni zabt etish fikrini ilgari suradi. U yunon aholisining boy tabaqalari manfaatini aks
ettirgan. Miloddan avvalgi V asrning oxiridagi voqealar Eron istibdodi juda zaiflashib qolganligini
yunonlarga yaqqol ko‘rsatgan edi (Shaxzoda Kir yollagan 10 ming yunonlarning yurishi, taxtga
kurash).
Peloponnes urushidan keyin Afina mag‘lub qilingach Sparta Yunonistonda gegemon bo‘lib
qoldi. Lekin ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq bo‘lgan
Sparta miloddan avvalgi IV
asrning boshlarida gegemoni bo‘lish kabi o‘z oldida turgan murakkab vazifalarni uddalay olmadi.
Sparta davlati va jamiyati shu davrda chuqur inqirozni boshidan kechiradi. 10 ming yunonlarning
yurishidan keyin Eron va Sparta orasida urush boshlanadi (miloddan avvalgi 399-394 yillar). Har
ikkala tomondan sustkashlik bilan urush olib borildi. Lekin Sparta podshosi Agesilay harakatga
tushganda, Eron elchilari Spartaga qarshi kuchlarni yig‘adi. Fiva, Afina, Korinf va Argos pul bilan
ta‘minlanishadi. Baquvvat koalitsiya tashkil topib, miloddan avvalgi 395 yilda Spartaga qarshi
yurishni boshlaydi. (Korinf urushi) Bu urush miloddan avvalgi 395 – 387 yilgacha davom etadi va
koalitsiya uchun muvaffaqiyatli o‘tadi. Ammo Spartani mag‘lubiyati va Spartaga qarshi
koalitsiyaning kuchayishi Eronning mo‘ljaliga kirmagan. Eronning taziyqi
ostida Korinf urushi
to‘xtatilgan va miloddan avvalgi 387 yilda Suzada sulh tuzilgan (Antalkid sulhi – Antalkid Sparta
elchilarining boshlig‘i). Bu sulh yana shoh sulhi degan g‘alati nom olgan, chunki Eron shohi taklifi
bilan uning shart-sharoitlari qabul qilingan.
Umumyunon gegemoni sifatida Sparta barcha yunonlar nomidan Yunon-Fors urushlari
istilolarining ko‘p qismidan voz kechgan. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari yana Eron hokimiyati
ostiga o‘tgan. Eron harbiy-dengiz floti amaldagina emas, balki rasmiy jihatdan ham Egey dengiziga
kirish huquqini olgan. Yunonistonda Peloponnes ittifoqidan boshqa hech qanday ittifoqlar
bo‘lmasligi shart edi. Sparta «shoh» sulhi moddalariga tayangan holda Bolqon Yunonistonda birdan
bir kattaroq davlat bo‘lib qolish uchun barcha, hatto mayda ittifoqlarni ham tugatish siyosatini
yurg‘izishga uringan. Avval boshda spartaliklar bunga muvaffaq bo‘lganlar. Miloddan avvalgi 382
yilda Fivani istilo qilish Sparta xujumchilik siyosatining so‘nggi
vaqtinchalik muvaffaqiyati
bo‘lgan. Lekin Spartaning kuchayishi Afinaning qarshilik ko‘rsatishiga sabab bo‘lgan. Binobarin,
Afina Fivadan qochgan demokratlarga Fivada to‘ntarish qilishga tayyorlanishda yordam ko‘rsatgan.
Fitnachilar kechasi Fivaga kirib olib oligarxlarni o‘ldirganlar, Sparta garnizonini esa taslim
bo‘lishga majbur etganlar. Miloddan avvalgi 379 yilda Fivada demokratiya ta‘sis etilgan va Beotiya
polislarining ittifoqi qayta tiklangan.
Afina miloddan avvalgi 378 yilda Antalkid sulhini buzib, 2-Afina dengiz ittifoqini tuzishga
muvaffaq bo‘lgan. Bu ittifoq 1-Afina dengiz ittifoqiga qaraganda ancha kam a‘zoli bo‘lgan.
Rivojlanib borayotgan quldorlik xo‘jaliklarining manfaatlari shunday birlashuvni talab qilgan.
Miloddan avvalgi 374 yilda Sparta 2-Afina dengiz ittifoqi mavjudligini tan olishga majbur bo‘lgan.
37
Fiva o‘z gegemoniyasini o‘rnatishga harakat qilgan. Miloddan avvalgi 371 yilda Fiva harbiy
qo‘shinlari Sparta ustidan g‘alaba qozongan yangi taktik usuldan foydalanib, bu taktikadagi
yangilik shundan iboratki, kuchlar bir tomonda to‘planib, ayni shu joyda dushman yon tomonlarini
yorib o‘tish uchun qat‘iy ustunlik hosil qilish kerak bo‘lgan. Bu usulni nomi «qiya pona». Fiva
gegemon bo‘lishga uringan, lekin bu maqsadiga to‘la erisha olmagan, chunki uni moddiy va harbiy
resurslari cheklangan edi.
Shu davrda 2-Afina dengiz ittifoqi hamon kattagina birlashma bo‘lishga harakat qildi. Afina
1-Afina dengiz ittifoqida qo‘llagan amaliyotini qaytadan qo‘llanishiga, ya‘ni kilruxiyalarni
ko‘chirib borishga va ittifoqchilardan ularning manfaatlari bilan
hisoblashmasdan muntazam
suratda xirojlarni undirib olishga uringan. Bu siyosat 2-Afina ittifoqining buzilishiga sabab bo‘lgan.
«Ittifoqchilar urushi» degan urush kelib chiqqan (Miloddan avvalgi 357-355 yillar). Afina floti
mag‘lubiyatga uchraydi. 2-Afina dengiz ittifoqi tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: