20
hali urug‘doshlik buzilish bosqichida turganliklari sababli ularning hukmronligi juda o‘ziga xos bir
tarzda bo‘lgan.
Mil.avv. VIII asrda Sparta Janubiy Lakonikaning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, keyin
esa Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o‗lka Spartaning kam
sonli, to‗la huquqli fuqarolari tomonidan bo‗lib olindi. Mahalliy aholining bir qismi qirib
tashlanib, qolganlari huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi. «Ilot» nomining o‘zi hozirga qadar
ravshan emas. Ularning hayoti qullarning hayoticha ham qadrlanmagan.
Istilochilar – doriylar – o‘zlarining bosh shahri Sparta nomi
bilan spartaliklar deb atay
boshlaganlar. Sparta aholisining asosiy sinflari, tabaqalari spartaliklar, perieklar, ilotlar ana shu
tariqa vujudga kelgan.
Lakoniyaning iqtisodi juda kam rivojlangan va ibtidoiy darajada edi. Bunda asosiy
mashg‘ulot dehqonchilik edi. Qadimgi Spartada yer xususiy mulk emas edi.
Butun yer jamoaga
qarashli bo‘lib, jamoa o‘z a‘zolariga vaqtincha foydalanish uchun berilar edi. Hunarmandchilik.
Spartada hunarmandchilik juda kam rivojlangan edi. Hunarmandchilik bilan perieklar shug‘ullanar
edi. Ular eng zarur narsalarnigina tayyorlar edilar. Uylar faqat ikki asbob: bolta va arra bilan
qurilardi. qurollarni takomillashtirish va mehnatni tashkil qilish haqida hech kim o‘ylamas edi,
buning ustiga bu ish Spartpa davlati tomonidan ta‘qiqlab qo‘yilgan edi. Shunday qilib, ko‘p asrlar
davomida Sparta hunarmandchiligi taraqqiyotining muttasil past darajasida edi.
Sparta davlati har qanday tashqi savdoni ta‘qiqlab qo‘ygan edi. Boshqa mamlakatlardan
hech qanday tovar keltirilmas edi. Savdo-sotiq faqat mamlakat ichida mahalliy bozorlarda qilinardi.
Pullar temirdan bo‘lganligidan juda og‘ir edi. Oziq-ovqat va hunarmandchilik buyumlarini sotib
olish uchun juda ko‘p pul kerak edi. Pullar hozirgidek hamyonda olib yurilmas edi, balki maxsus
omborlarda saqlanar edi. Bozorga bormoqchi bo‘lgan kishi bu pullarni aravaga yuklab borar edi.
Spartada kumush pullar ham bor edi, lekin bu pullar ishlatilmas edi.
Imtiyozli sinfi bo‘lgan spartaning «tenglar jamoasi» deb atalgan. «Tenglar jamoasi» Sparta
quldorlik davlati sharoitida ilotlar va perieklarni bostirish uchun hukmron sinfning (Spartaliklar
tabaqasining) harbiylashtirilgan birlashmasi edi. Spartaliklar harbiy ish bilan shug‘ullanganlar.
Faqat ana shu harbiy ishgina spartalikka munosib mashg‘ulot hisoblangan. Spartada mustahkam
jangchilar tarbiyalab etishtirish uchun maxsus maktablar bo‘lgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqnii
Sparta
olib mahkamasi gerusiyaga, ya‘ni oqsoqollar kengashiga olib borgan. Agar chaqaloq zaif
bo‘lsa va dardchil tug‘ilgan bo‘lsa, uni qoya ustidan pastga uloqtirib yuborgan. Sog‘lom va kuchli
chaqaloqni tirik qoldirgan. Lekin u etti o‘shgacha onasi qo‘lida tarbiyalangan. So‘ngra u jamoat
maktabiga borib, to balog‘at yoshiga etguncha, ya‘ni 18 yoshgacha shu maktabda turgan. U
maktabda yashagan va o‘qigan. Maktabda tartib-qoida juda qattiq bo‘lgan. O‘g‘il bolalar yostiqsiz
qatti bo‘yraa ustida yotib, ustilariga engilgina ko‘rpa yopib uxlaganlar. Ular issiqqa ham, sovuqqa
ham bab-baravar chidamli bo‘lishlari lozim edi. Sparta o‘g‘il bolalarini chidamli bo‘lishi uchun
ochlik va tashnalikka ba‘zi kunlarda ularga sira suv ichirmagan. Har bir kichik gruppa katta gruppa
safiga kirganda kaltaklangan. Kaltaklanganda hech bir spartalik o‘g‘il bola dodlamagan va
inglamagan, chunki bu uyat hisoblangan. Maktabda ular o‘qish, yozish, hisoblash, qo‘shiq aytish,
raqs qilish, vatanparvarlik ruhidagi she‘rlarni yodlaganlar, falsafaa
va suxandonlik bilan
shug‘ullanishga ruxsat etilmagan.
O‘g‘il bolalarni mumkin qadar qisqa so‘zlashga o‘rgatilgan. Onaning o‘g‘lini urushga
kuzatayotganda aytadigan so‘zlari bunday lakonizmga misoldir. Ona o‘g‘liga qalqonni bera turib:
«qalqon bilan yoki qalqonda qayt», degan.
Spartalik qizlar o‘g‘il bolalar kabi o‘qish, yozish, hisoblashni bilganlar. Spartaliklar
balog‘atga yetib oila qurishgandan keyin ham ularni oilasi harbiylarcha o‘tan. Agar spartalik
kambag‘allashib qolsa «Tenglar jamoasi»dan haydalgan. Sparta davlatining butun faoliyati ilotlarni
itoatda tutishga qaratilgan edi. Spartaliklar ilotlarni o‘ldirishga haqli edi. Har yilda bir marta
«kriptiya» degan hunrezlik qilinar edi («kriptiya» - yunoncha «o‘ldirish»). Armiyada ilotlar
yordamchi vazifalarini bajargan. Ilotlar xususiy ho‘jayinlariga emas balki
butun Spartaga qarashli
21
edilar, chunki Lakoniya ilotlarini qullikka solish davrida spartaliklarda ijtimoiy jamoa
munosabatlari hali yo‘qolgan emas edi.
Sparta davlatining qonunchilik ishi Likurga nisbat beriladi. Uning afsonaviy shaxsliligini
Plutarx tasvirlagan. Fukidid va boshqa antik avtorlar tilga olib o‘tganlaridek, mavjud bo‘lgan shaxs
hozirga qadar ma‘lum emas. Halq yig‘ini (apella) mavjud bo‘lib, unga 30 yoshga etgan spartalik
erkaklar kirgan. Bu yig‘inda, urush va sulx masalalari hal qilingan, ammo unda ovozga qo‘yish
odati bo‘lmagan. Hamma masala qichqiriq bilan hal qilingan. Shunisi ham borki, oqsoqollardan
birortasi hozir bo‘lgan taqdirdagina yig‘in ochiq deb hisoblangan. Agarda oqsoqollar yig‘inini
chaqirishga rozi bo‘lmasalar, ular umuman yig‘inga kelmaganlar va yig‘in ochilmagan.
Spartada
ayni bir vaqtda ikki podsho bo‘lgan. Biri doriylarning Evripontid urug‘idan, ikkinchisi
Axeyaliklarni Agiad urug‘idan. Ular avliyo hisoblangan. Podsholar davlatda real hokimiyatga ega
bo‘lmagan. Spartada efor degan ya‘ni Spartadagi barcha muassasalar ustidan nazorat qilgan alohida
shaxslar bo‘lgan. Ular beshta bo‘lib, bir yil muddatga saylangan. Agar podsho efor, huzuriga
kelmasa, u zo‘rlab olib kelingan. Eng kuchli va davlatni haqiqatdan boshqaruvchi organ gerusiya
bo‘lgan. Gerusiya («geront» - «keksa»). Spartaning eng zadogon va eng mo‘tabar urug‘laridan
iborat oqsoqollar majlisidir. Gerusiyaga oltmish yoshli 28 kishi va 30 yoshga etgan ikki podsho
kirgan. Ular gerontlarni «bolalar usuli» ya‘ni qattiqroq qichqirish bilan saylangan. Sparta aslzodalar
davlati bo‘lib, unda hokimiyatga gerussiya va eforlar ega bo‘lgan.
Peloponnesning eng kuchli davlati bo‘lgan Sparta eramizdan avvalgi VI asrdayoq ikki marta
qattiq urush qilgandan keyin g‘arb tomonidagi serhosil qo‘shni mamlakat
Messeniyani zabt etgan
va uning aholisini ilotlarga aylantirgan. Janubiy Yunoniston territoriyasidagi qolgan davlatlarga
kelganda, garchi ularni Sparta zabt etolmagan bo‘lsa-da, lekin ular ham asta-sekin unga
bo‘ysunishga majbur bo‘lganlar va Pelaponnes ittifoqini tashkil qilgan. Bu itttifoqqa faqat Argos va
Axaya kirmagan, ular o‘zlariga mustaqil bo‘lib qolganlar. Ammo o‘rta Yunonistonga joylashgan
Megara Polopones ittifoqi kirgan. Sparta boshchilik qilgan Polopones ittifoq harbiy jihatdan
ustunligi butun Yunonistonda ustunligi har bir davlatga ma‘lum edi. Spartaliklar intizomli
bo‘lganlar. Bu armiya miloddan avvalgi VI-V asrlardagi Yunonistonning
eng kuchli armiyasi
bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: