Me‟morchilik va haykaltaroshlik.
Rim me‘morchiligi va haykaltaroshligi yunon va
etrusklarning kuchli ta‘siri ostida rivojlandi. Rimliklar etrusklardan qurilish texnikasining ba‘zi
usullarini o‗zlashtirib oldilar. Mil.avv. 312-yilda senzor Appiy Klavdiy Seka davrida, rimliklar
ilk bor tosh to‗shalgan Appiy yo‗lini qurdilar. Odatda, rimliklar yo‗llarni 5 qatlamli tuzilma
bilan qurar edilar. O‗sha 312-yilda rimlik muhandislar Rim- ning suv ta‘minotini yaxshilash
uchun arkli suv quvurlari - akveduklarni qura boshladilar.
Mil.avv. II asrda beton kashf qilindi. Binolar qurilishida g‗isht, tuf, travertin va marmar
ishlatila boshlandi. Rim qurilish san‘atining ko‗p asrlik tajribasi Mark Vitruviy Pollionning 10
jildlik «Arxitektura to‗g‗risida» (mil.avv. I asrda) asarida umum- lashtirildi. Bu vaqtda Rimda
129
ko‗p qavatli uylar, ko‗priklar, ter malar, zafar arklari qurildi. Mil.avv. 55-yilda Mars
maydonida toshdan qurilgan birinchi amfiteatr - «Pompeya» qurildi.
Respublika davrida Rimning jamoatchilik markazi forum bo‗ldi. Bu yerda davlat xazinasi va
arxivi (Tabulyariy), notiqlar minbari (Rostra), senat majlislari o‗rni (Kuriya), davlat qamoq -
xonasi (Tullianium) binolari qurilgan edi. Ellin davrida Rim yunon haykallari va boshqa san‘at
asarlari bilan bezatila boshlandi. Imperiya davrida forum, ibodatxona, bazilika, portik, za- far
arklari, me‘morial kolonnalar va otliqlar haykallari bilan be- zatildi. Ularning ichida hashamatli
Trayan kolonnasi va forumi ajralib turadi. Imperator Adrian barcha xudolar ibodatxonasi
Panteonni bunyod qildi. Ulkan gumbaz diametri 9 metr bo‗lgan aylana teshigi bilan tugaydi. Bu
teshik orqali quyosh nurlari pastga g‗aram bo‗lib tushib, marmar polda sinib, atrofga mayin va
bir tekis yorug‗likda taraladi.
Rim hammomlari (Terma) Rim davlatining ilk davrida gigi- yenik maqsadlarda qurilgan,
keyinchalik katta hajmdagi ajo- yib inshootlarga aylangan. Inshoot sovuq, iliq va qaynoq, bug‗
hammomlari, gimnastika zali, gimnasion, kutubxona, sayr uchun xiyobonlar va hatto rasm
galereyasidan iborat bo‗lgan. Imperator Karakalla hammomi (terma)da bir vaqtning o‗zida
2500 kishi yuvinishi mumkin bo‗lgan. Konstantin davrida bunday hammomlar Rim shahrida 10
ta bo‗lgan, kirish uchun oz haq to‗langan.
Rimliklar jamoa binolarini qurishdan oldin, ulkan tosh akveduk - vodoprovodlarni qurdilar.
Mil.avv. IV asr oxirida Ap- pey Klavdiy o‗sha vaqtda mashhur bo‗lgan vodoprovodni o‗tka-
zib, birinchi sun‘iy yo‗lni bunyod qildi. Imperiyada 372 yo‗l bo‗lgan, yo‗lning kengligi 8 metr
bo‗lib, tosh parapet har bir chaqirimda ustunlar qo‗yilgan. Rimda 9 ta tosh ko‗prik qurilgan.
Ispaniyada imperator Trayan qurgan uzunligi 180 metr bo‗lgan ko‗prik hozirgacha saqlanib
qolgan.
Imperator Vespasian Rim shahrida milodiy 70-yilda sun‘iy ko‗l o‗rnida ulkan amfiteatrni
(keyinchalik u Kolizey deb ataldi) qurishni boshladi. Qurilishda Rim aholisining 25 % ishtirok
etdi. 690-yilda qo‗zg‗olon ko‗targan Yahudiya qo‗zg‗oloni bostirilib, Ierusalimning xazinasi
Rimga olib ke- lindi. Asir olingan 30 ming yahudiy qullikka sotildi. Imperator hunarmandlar
uyushmasi ko‗magida yuqori malakali hu- narmandlarni qurilishga jalb qildi. Xomashyo
sifatida tosh, tuf ishlatildi. Qurilishning beshinchi yilida vulqon qumi va ohak qo‗shib, sement
hosil qilindi, u toshdan yengil bo‗lib, Kolizeyning arklari ham juda yengil qurildi. Arklarning
birinchi qavati toshdan bo‗lib, keyingi qavatlar ohaktosh va sementdan k‘otarildi. Qizil rangli
g‗isht kashf qilindi. 200 ming tonna ohak tashib kelindi, I mln dona g‗isht ishlatildi. G‗isht
zavodlari qurilib, ular tinimsiz konveyer usulida ishlatildi. Qurilishning o‗ninchi yili imperator
Vespasian vafot etdi. Uning vorisi imperator Tit qurilishni ikki yil muddat - da tugatdi.
Ulug‗vor inshootning balandligi 50 metr bo‗lib, 80 minggacha tomoshabin kirishi mumkin edi.
Amfiteatrda tomoshabin senatorlar, suvoriylar o‗tiradigan lojalar, keyin oddiy fuqaro uchun
oxirgi yog‗och o‗rinlarda eng kambag‗al- lar o‗tirar edi. Amfiteatrda beshta kirish yo‗li bo‗lib,
har bir kirish ma‘lum bir ijtimoiy qatlamga mo‗ljallangan. Kirib joy- lashuv yarim soat vaqtga
mo‗ljallangan bo‗lib, kirish uchun bir necha yo‗laklar qilingan edi.
Rimliklar mohir kemasozlar bo‗lganlar. Karfagenning den- gizdagi cheksiz hukmronligi,
etrusklarning dengiz raqobati- da yengilishi rimda kemasozlikning jadal rivojlanishiga turtki
bo‗ldi. Rim shahrining o‗zida ko‗p qirrali Ostiya dengiz porti qurildi. Ostiya porti verflar (kema
quriladigan, ta‘mirlanadigan), doklar (port xojaligi), omborlarga ega edi. Imperiya davrida
dengiz bo‗yidagi har bir shaharning o‗z flotiliyasi bor edi. Den- giz portlari, gavanlar yaxshi
jihozlangan edi. Fortifikatsiya in- shootlari ham mustahkam bunyod qilinib, muntazam
ta‘mirlab turilgan.
Boy rimliklarning hashamatli saroylari marmar kolonnalar, san‘at asarlari, mozaika,
haykallar bilan bezatilgan va isit- gichlarga ega edi. Kambag‗al fuqarolar esa ko‗p qavatli, hech
qanday qulayliklarga ega bo‗lmagan, rejasiz qurilgan uylarda yashar edilar.
130
Rim san‘atining eng katta yutuqlaridan biri haykal-portret- lar edi. Yunon haykallari
barkamol fuqaro obrazini yaratgan bo‗lsa, Rim haykalida odamning o‗zi aynan ko‗rinishida
bunyod qilingan edi.
Qadimgi odatga ko‗ra, rimliklar uylarida ajdodlarining mum niqoblarini saqlar edilar. Ilk
davrda etrusklar jez haykallarni yaratdilar. Mil.avv. I asrdan jezning o‗rniga marmar ishlatila
boshlandi. Rim haykaltaroshligining so‗nggi respublika asar- laridan «Orator», «Togatus»,
«Brut» haykallari, Mariy, Pompey, Sitseron, Kichik Katon va Sezarning byustlarini ko‗rsatish
mumkin. Bundan tashqari, ko‗pgina imperator va malikalar, amaldor, sarkarda, shoir va
faylasuflarning marmar byustlari saqlanib qolgan.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |