O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti ―oziq-ovqat texnologiyasi‖ kafedrasi


Mikroorganizmlarga nurli energiyaning ta‘siri



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/199
Sana13.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#446916
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   199
Bog'liq
oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

 
Mikroorganizmlarga nurli energiyaning ta‘siri 
Nurli energiyalar turli mikroorganizmlarga har xil fizikaviy, kimyoviy va biologik 
ta‘sir ko‘rsatadi. Nurli energiyaning ba‘zilari mikroorganizmlarni o‘ldiradi, shu sababdan 
bu turdagi nurli enegiya oziq-ovqatlarni aynishdan saqlash uchun ishlatiladi. Tabiatda 
doim mikroorganizmlar quyosh nuri ta‘sirida bo‘ladi. Tarqalib turayotgan kunduzgi nur 
mikroorganizm rivojlanishiga ta‘sir etmaydi, to‘gri tushayotgan quyosh nurlari esa ularni 
o‘ldiradi. Quyosh nuri faqat fotosintez qiluvchi mikroorganizmlarga kerak, fotosintez 
qobiliyatiga ega bo‘lmagan mikroorganizmlar sharoitida ham o‘saveradi. Ammo 
ko‘pchilik mog‘orlarning rivojlanishi qorong‘ida normal darajada bo‘lmaydi, ularda faqat 
mitseliy o‘sib, sporalar hosil bo‘ladi. Patogen bakteriyalar saprofitlarga nisbatan quyosh 
nuriga kamroq chidamli bo‘ladilar. Quyosh spektrining ultrabinafsha qismi eng katta 
bakterotsid ta‘siriga ega. Ultrabinafsha nurlarining biologik va kimyoviy aktivligi kattadir. 
Ultrabinafsha nurlar ba‘zi organik birikmalarning sintezini va parchalanishini yuzaga 
keltiradi, oqsillarni koagulyasiya qiladi, fermentlarning faolligini oshiradi. O‘simlik, 
hayvon va mikroorganizm hujayralarini o‘ldiradi. Ultrabinafsha nurlarining 
mikroorganizmlarga salbiy ta‘siri ularning nurlangan muhitda mikroorgaganizmlarga zarar 
keltiradigan moddalar vodorod peroksidi, ozon va boshqalar hosil bo‘lishidan kelib 
chiqadi. Ultrabinafsha nurlarining 250-260 nm li to‘lqinlari eng yuqori bakterotsid ta‘sir 
ko‘rsatadi. Ultrabinafsha nurlarining ta‘sir kuchi nurlanish dozasiga, masofaga va 
nurlanish muddatiga bog‘liq. 
Bakteriyalar sporalari vegetativ hujayralarga nisbatan ultrabinafsha nurlarga ko‘proq 
bardoshlidir.Sporalar o‘ldirish uchun 4-5 marta ko‘proq energiya kerak. Hozir sanoatda 
ultrabinafsha nurli turli bakterotsid lampalar ishlab chiqarilmokda. Ular havoni 
dezinfeksiya qilishda keng qo‘llanilmoqda: kameralarda davolash va ishlab chiqarish 
korxonalarida. Ultrabinafsha nurlar asbob-uskuna idishlarni dezinfeksiyalashda oziq-
ovqatlarni quyishda va qadoqlashda ham qo‘llaniladi. 
Ultrabinafsha nurlar o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lmagani uchun nurlanayotgan 
mahsulotlarning faqat yuzasiga ta‘sir etadi. Ultrabinafsha nurlar sovutilish usuli bilan birga 
go‘sht va go‘sht mahsulotlarining saqlash muddatini 2-3 marta uzaytiradi. 
Rentgen nurlarining to‘lqinlari kichikdir. Ular o‘tish qobiliyatiga ega. Rentgen 


64 
nurlarining mikroorganizmlarga ta‘sir kuchi nurlanish dozasiga bog‘liq. Oz miqdorda 
rentgen nurlari miroorganizmlarni rivojlantiradi, ko‘prog‘i esa ularning osishi va 
ko‘payishini to‘xtatadi, ko‘p miqdordagi mikroorganizmlarni o‘ldiradi. O‘simlik va 
hayvonlarga nisbatan mikroorganizmlar rentgen nurlariga chidamliroq bo‘ladilar. 
Mikroorganizmlarga bu nurlar har xil ta‘sir ko‘rsatadi. Ma‘lum miqdordagi rentgen nurlari 
ba‘zi mikroorganizmlarni darhol o‘ldiradi, boshqalarga esa ta‘sir etmaydi. Mog‘or va 
achitqilar bakteriyalarga nisbatan rentgen nurlariga chidamliroq. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish