O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni 
amalga oshirishdagi ishtiroki. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‗llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‗larini 
boshqarish bo‗yicha parlament komissiyasi raisi A.Saidov, Fuqarolik jamiyati shakllanishini 
monitoring qilish mustaqil instituti direktori E.Solihov va boshqalar NNTlarni rivojlantirish, davlat 
va jamiyatni boshqarish, mamlakatimizni demokratik yangilashda ularning o‗rni hamda ahamiyatini 
izchillik bilan oshirish borasida O‗zbekistonda to‗plangan boy tajriba haqida so‗z yuritdi. 
Aholi keng qatlamlari tomonidan qo‗llab-quvvatlanayotgan va xalqimiz tarixidan keng o‗rin 
olgan mustaqil hamda barqaror fuqarolik institutlari demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, 
erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim omil bo‗layotgani, fuqarolarning o‗z 
salohiyatini ro‗yobga chiqarishi, ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta‘kidlandi. Bunda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
tomonidan ilgari surilgan ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyilining izchil 
amalga oshirilishi muhim omil bo‗lmoqda. Mazkur tamoyilga binoan nodavlat notijorat 
tashkilotlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, jamoat 
birlashmalari, jamg‗armalar va mustaqil ommaviy axborot vositalarini shakllantirish hamda 
rivojlantirishning mustahkam qonunchilik va me‘yoriy-huquqiy bazasi yaratilgan. 
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatimizda ijtimoiy hayotni 
faollashtirishga doir keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda, fuqarolarga davlat va jamiyatni 
boshqarishda ishtirok etish huquqi berilgan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati 
muvofiqlashtirilmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlari ta‘minlanmoqda. Bu, o‗z navbatida, 
NNTlarni jadal rivojlantirish, ularning demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishida muhim omil bo‗lmoqda. 
Konstitutsiyamizning fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid qoidalariga amal 
qilgan holda, ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyilini izchil amalga 
oshirishning huquqiy, tashkiliy asosi bo‗lgan ikki yuzdan ziyod qonun, davlat dasturlari qabul 
qilindi. ―O‗zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‗g‗risida‖, ―O‗zbekiston 
Respublikasida jamoat fondlari to‗g‗risida‖, ―Nodavlat notijorat tashkilotlari to‗g‗risida‖, ―Nodavlat 
notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‗g‗risida‖, ―Homiylik to‗g‗risida‖gi va boshqa 
qonunlar shular jumlasidandir. 
Davlatimiz rahbarining 2005-yil 23-iyunda qabul qilingan «O‗zbekistonda fuqarolik jamiyati 
institutlarini rivojlantirishga ko‗maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi qarori mustaqil 
NNTlarni tashkil qilish, ijtimoiy va gumanitar masalalarni hal etishda ularning rolini kuchaytirishda 
muhim omil bo‗lmoqda. Mazkur hujjatda vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari 
zimmasiga fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish, 
ularning farovonligini yuksaltirish, mamlakatimizni yanada sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy 
rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash vazifasi yuklatilgan. 
2008-yilda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati 
Kengashlarining ―Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini 
qo‗llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qo‗shma qarorining qabul qilinishi 
natijasida bu jarayon yanada jadallashdi. Ushbu hujjatga muvofiq mamlakatimizning qonun 
chiqaruvchi oliy organi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini qo‗llab-quvvatlash jamoat fondi hamda ushbu fond mablag‗larini boshqarish bo‗yicha 
Parlament komissiyasi tashkil etildi. 
Bularning barchasi davlat byudjetidan ―uchinchi sektor‖ni qo‗llab-quvvatlash uchun 
yo‗naltirilayotgan moliyaviy mablag‗larni ochiq-oshkora, manzilli va, eng muhimi, demokratik 
taqsimlashni ta‘minlashga xizmat qilmoqda, NNTlar faoliyatining tashkiliy-texnik va iqtisodiy 
asosini mustahkamlab, ularning barqaror hamda mustaqil tuzilma sifatida yanada rivojlanishiga 
ko‗maklashmoqda. Masalan, 2008-2013-yillarda grant tanlovlarini o‗tkazish, subsidiyalar ajratish 
va ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirish orqali fuqarolik jamiyati institutlarining turli loyihalarini 
moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 28,8 milliard so‗mdan ortiq mablag‗ ajratildi. 


- 60 - 
O‗zbekiston Respublikasining 2007-yilda qabul qilingan ―Nodavlat notijorat tashkilotlari 
faoliyatining kafolatlari to‗g‗risida‖gi qonuni nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavda 
belgilangan faoliyatni amalga oshirish maqsadida zarur axborotni olish uchun davlat organlariga 
so‗rov bilan murojaat qilish huquqi, davlat organlarining g‗ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor 
shaxslarining g‗ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoyalanish huquqini, jamiyatdagi 
NNTlar maqomini yanada mustahkamladi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish