O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


Yozma  manbalar esa eng qadimgi yozuvlar, bitiklar, kitoblardan iboratdir. Moddiy va  yozma



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

Yozma 
manbalar esa eng qadimgi yozuvlar, bitiklar, kitoblardan iboratdir. Moddiy va 
yozma 
manbalar ma‘lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyatkasb etadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish joizki, tarix- ―tadqiq etish‖, 
―tekshirish‖, ―voqealar haqida aniq hikoya qilish‖ ma‘nolarini anglatib, insonlar haqida, ularning 
uzoq o‗tmish davrlardan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir. 
Vatanimiz tarixi ajdodlarimizning qadimgi davrlardan buyon bosib o‗tgan taraqqiyot yo‗lini, 
ilk davlat shakllarining vujudga kelishi, xalqimizning millat sifatida shakllanishi, ma‘lum davrlarda 
boshqa davlatlarga qaram bo‗lib qolganligini, uning ayanchli mashaqqatlarini, ajnabiy 
bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashi, jasorat ko‗rsatgan qahramonlarini, 
xalqimizning ma‘naviyati va ma‘rifatini ko‗tarishda jon fido qilgan o‗g‗lonlarini, qatag‗on davri 
qurbonlari, nihoyat pirovardida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‗liga kirishi, mustaqillik 
sharoitida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor 
iqtisodiyotini yaratishi sohalarida faoliyatini va nihoyat O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga 
qo‗shilish tomon borganligini o‗rgatadi. 
O‗zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi ko‗zgu, ijtimoiy, siyosiy, 
tarbiyaviy, ma‘naviy saboqlar yig‗indisi hisoblanadi. 
O‗zbekiston tarixini yoritishda ilmiy nazariy-metodologik asoslarni o‗rganish katta 
ahamiyatga egadir. Ular asosan quyidagilardan iborat: 
1. Tarixiy voqea, hodisalarni o‗rganish, tahlil qilish, yoritishda ularga holisona, haqqoniy, 
ilmiy yondoshuv asosiy metodologik tamoyildir. Bunda tahlil qilinayotgan har xil tarixiy voqea-
hodisalami holis, haqqoniy voqea-hodisalar qanday sodir bo‗lgan bo‗lsa, shundayligicha yoritish 
ko‗zda tutiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o‗zaro aloqada, deb o‗rganish lozim. Holislik 
talab qiladigan qoidalar shundan iboratki, turli tarixiy davrlarda tarixiy-madaniy taraqqiyotni 
o‗rganish jarayonida bo‗lib o‗tgan, yoki shu taraqqiyot bilan bog‗liq bo‗lgan barcha voqea-
hodisalarni hech bir o‗zgartirishlarsiz, qanday bo‗lsa, o‗sha holatda talqin va tahlil etish, tekshirish 
va xulosa chiqarib, yaxlit holga keltirish muhimdir. 
Mustaqillik tarixni holisona yoritish imkoniyatini yaratdi. ―O‗zbek olimlarining kuch-g‗ayrati 


- 6 - 
bilan, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov:- tariximizning ko‗pdan ko"p g‗oyat 
muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf 
etiladi. Shuni esda tutish muhimki, o‗tmishimizni ―oqlash‖ vazifasi umuman olganda bajarib 
boiindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan 
iboratdir‖. 
O‗zbekiston tarixini o‗rganishning ikkinchi uslubiy tamoyili-bu voqea va hodisalarni dialektik 
asosda o‗rganishdir. 
Dialektika-olam yagona va yaxlit, unda sodir bo‗ladigan hodisalar, voqealar umumiy va 
o‗zaro bog‗lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‗ladi, deb ta‘lim beradi. Har bir 
voqea-hodisani, boshqa voqealar, hodisalar bilan bog‗lab o‗rganishdangina mazkur voqea-
hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o‗rnini to‗g‗ri aniqlash, belgilash mumkin bo‗ladi. Har bir 
voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi deb qaramoq kerak.Chunki mavjud bo‗lgan 
har bir xalq, millat yoki elat tarixi faqat o‗ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tursada, butun 
insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan umumiy aloqadorlikdadir. 
Tarixiy ma‘lumotlarga ko‗ra haqiqatdan ham o‗zbek xalqining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va 
madaniy rivojlanishi jahon tarixi taraqqiyotining bir o‗zagi- qismidir. Eng qadimgi davrlardan 
boshlab yaqin o‗tmishga qadar Okrta Osiyo, 
Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Eron, Afg‗oniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar orasida 
yagona iqtisodiy, madaniy makon mavjud edi. 
Uchinchi asosiy tamoyil tarixiylik bo‗lib, har bir voqea-hodisa qanday tarixiy muhitda, nima 
uchun aynan shu paytda, shu ko‗rinishda sodir bo‗lganligini, bu voqea-hodisa o‗z taraqqiyotida 
qanday asosiy bosqichiarni bosib o‗tganligini, keyinchalik u qanday holatga tushganligini bilish 
tarixiylik tamoyilining asosiy talabidir. Masalan, biron davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan 
turib baho bermoqchi bo‗lsak, birinchidan u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‗ldi, 
ikkinchidan, u o‗z taraqqiyotida qanday bosqichiarni bosib o‗tdi, uchinchidan, uning tarixiy o‗mi, 
mavqei qanday degan savollarga aniq javob berish zarur. 
Tarixiylik uslubi xalqning o‗tmishiga, hozirgi zamoni va kelajagiga yagona tarixiy jarayon 
sifatida o‗tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot 
qonuni asosida qarashni talab etadi. O‗tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik mukammal 
o‗rgansak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni aniq 
tasavvur etamiz. 
To‗rtinchi tamoyil ijtimoiy yondoshuv tarixiy jarayonlami aholi barcha tabaqalarining 
manfaatlarini hisobga olgan holda o‗rganishni taqozo etadi. Voqealami alohidja bir ijtimoiy tabaqa-
kambag‗allar, yo‗qsillar yoki mulkdor boylar nuqtai-nazaridan turib tahlil etish, yoritish, bir 
tomonlama yondoshuv bo‗lib, bu tarixni soxtalashtiradi, noto‗g‗ri xulosalarga olib keladi. 
Ijtimoiy yondoshuv tamoyili davlat arboblarining siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, 
ular yo‗lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‗rsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, 
jamiyatning u yoki bu yo‗ldan rivojlantirishdagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga molikdir. 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimiz tarixini o‗rganishda Vatan manfaati, milliy 
qadriyatlar, an‘analar, urf-odatlar, din, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini yoritishda 
sivilizasion nuqtai-nazardan yondashmoq kerak. 
Vatanimiz tarixini yaratishda, yuqorida zikr etilgan metodologik tamoyillardan tashqari 
faktlami taqqoslash, davrlashtirish va boshqa usullardan ham zarur. 
Vatanimiz tarixini mukammal o‗rganish, tadqiq qilishda uni to‘g‗ri davrlashtirish muhim 
ahamiyatga egadir. 
Sovetlar hukmronligi davrida SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan 
vatanimiz tarixini besh davrga bo‘ldilar. 
1.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri. 
2.
Quldorlik tuzumi davri. 
3.
Feodalizm tuzumi davri. 
4.
Kapitalizm tuzumi davri. 
5.
Sotsializm va Kommunizm davriga bo‗lindi. 


- 7 - 
Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta ―Kommunizm‖ ga 
olib boradi degan g‗oyani ilgari surush va o‗tkazishdan iborat edi. Shu tufayli XX asrning oxiriga 
kelib insoniyat bu g‗oyani yelkasidan uloqtirib tashladi. Natijada butun dunyoda ―sinfiy qadriyatlar‖ 
dan ―milliy va umuminsoniy qadriyatlar‖ ning ustunligi e‘tirof etildi. 
Vatanimizning, o‗zbek xalqining boy, serko‗lam, betakror tarixi, uning o‗ziga xos va mos 
tarixiy taraqqiyot davri mavjud bo‘lib, uni tarixnavis olimlarimiz fikriga ko‗ra quyidagi davrlarga 
bo‗lish joizdir. 
1.
Ibtidoiy jamiyat, Qadimgi davr noto‗g‗riligini XX asrda ko‗plab xalqlar taqdirida sinab 
ko‘rildi. Pirovardida bu fojeali oqibatlarga olib keldi 
2.
O‗rta asrlar davri. 
3.
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri. 
4.
Sovetlar istibdodi davri. 
5.
Milliy istiqlol davri. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish