O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


«Xalqlarning ozodlik, Mustaqillik



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

«Xalqlarning ozodlik, Mustaqillik, 
baxt-saodatga azaliy intilishi, o‟z taqdirini o‟zi belgi-lashga azm-u qarori hayotdagi chuqur 
o‟zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir», 
- degan edi Islom Abdug‘aniyevich Karimov. 
XX asr 90-yillarining boshlariga kelib O‘zbekistonda xalqning ana shu azaliy orzusini amalga 
oshirish kun tartibidagi bosh masala bo‘lib qoldi. 
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan: zo‘ravonlikka asoslangan, 
ma‘muriy buyruqbozlikka xos bo‘lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik 
jarayon-lar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti ta‘minlanadimi? - degan 
masala dolzarb bo‘lib qoldi. Ikkinchi tomondan, o‘sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat 
ichkarisidagi vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga 
intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi. 
SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning 
yo‘lini topa olmay qoldi. Xullas, 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh 
jumhuriyat-lar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro‘yi pasayib 
ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo‘jalik hayoti boshqa-rilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha 
sohalaridagi salbiy ah-voldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomon-lasha 
boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hoi tabiiy ravishda xalqning ko‘zini 
ochdi, endi u eskicha buyruq-bozlik usulini qabul qila olmay qoldi. 
Qisqa qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenite-tini va inson huquqlarini 
poymol qilgan totalitar buyruqbozlik bosh-qaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsata 
boshladi. 
Buni birgina sobiq SSSRda xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazish hamda Yangi 
Ittifoq Shartnomasi tayyorlash borasidagi na-tijasiz qadamlarda ham ko‘rsa bo‘ladi. 
Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo‘jaligini bozor iqti-sodiga o‘tkazish masalasi 
1987-yili xalq deputatlari II syezdi qarori va iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishga qaratilgan Hukumat 
Dasturida tilga olingan, u 1990-yil may oyida Oliy Sovet III sessiyasida muho-kama qilingan edi. 
Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar, bozor iqtisodiga o‘tish obyektiv 
zaruriyat, bundan boshqa yo‘l yo‘q, degan xulosaga keldilar. SSSR Oliy Soveti III sessiyasining 
«Bosh-qariladigan bozor iqtisodiga o‘tish haqida»gi qarorida bozor iqtisodiyotiga o‘tish iqtisodiy 
islohotlarning asosiy mazmunini tashkil qiladi, deb qayd etildi. Shu bois bu boradagi Hukumat 
konsepsiyasini deputatlar fikr-mulohazalari asosida qayta ishlash va 1990-yil 1-sentabriga 
tayyorlash belgilandi. 


- 25 - 
SSSR Rahbariyatida shu yo‘nalishdagi amaliy ishlar qizg‘in tus oldi. 1990-yil 25-iyulda 
SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh Ministrning mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o‘tkazish 
yuzasidan qo‘shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990-yil 27-iyuli va 30-avgustida SSSR 
Prezidentining olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan iqtisodiy islohotlar 
mavzuidagi uchrashuvi bo‘ldi. 
1990-yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida N.Rijkov «Boshqariladigan 
bozor iqtisodiga o‘tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo‘jaligida barqarorlikni vujudga keltirish 
haqida» ma‘ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab 
chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda 
Hukumatga nis-batan ishonch yo‘qola borgan edi. Ayni chog‘da Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni 
saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo‘ldan rivojlantirishni ko‘zda tutar edi. 
1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S. Shatalinning «500 kun» 
Programmasini qabul qildi. Unda quyidagi masalalar ko‘tarilgan edi: 
Fuqarolarni mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste‘mol bozori va unda 
erkin narx; 
korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi; 
ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti; 
aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko‘zda tutar edi. 
SSSR Oliy Sovetining 21-sentabrda bo‘lib o‘tgan IV sessiyasida bu Dastur ham qabul 
qilinmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xo‘jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib 
bo‘lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat 
Yagona Dastur ishlab chiqishga qaror qildi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga 
o‘tish jahon amali-yotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo‘nalishiga 
ziyon yetkazmaydi», - deb xulosa berdi. 
Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga 
o‘tkazishni hayotning o‘zi kun tartibiga qo‘ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaru-
ratga aylantirdi. Shunday bo‘lsa-da, 1990-1991-yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va 
xalqning turmush tarzi, sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga 
yuz tuta boshladi. 
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta 
yo‘nalishdagi kuchlar manfaatlari to‘qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan: 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish