«O`zbekiston jamoatchiligi
o'zining eng yaqin tarixidagi Gorbachyov, Ligachyov komandasi xalqni jilovda tutib turish,
uning o'sib kelayotgan milliy va siyosiy ongini bo'g'ish niyatida «paxta ishi», «o'zbeklar ishi»
deb atalmish tuhmatlarni to'qib chiqargan, biz o'zbeklarga turli-tuman sharmandali
tamg'alar yopishtirilgan fojiali sahifalarni hech qachon unutmaydi»
2
,
degan edi. Xullas, ona
tariximiz o'tmishining sovetlar saltanati davri, xususan 80-yilIardagi qatag'onlik yillari dardli, alam
va motamsaro voqealarga to'la xalqimizning millat sifatida qaddi bukilgan, xo'rlangan va oyoqosti
qilingan davridir. Kelajakdan umidi bo'lgan inson va millat sifatida yashayman degan avlodlarimiz
tariximizning yaqin o'tmishdagi achchiq saboqlaridan hayotiy xulosalar chiqarmoqlari ham qarz
ham farzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |