4.
Xalq ta‟limi fan va madaniyat.
Tayanch iboralar:
Amudaryo viloyati, Orol fojeasi, Jo'qarg'i Kenges, suveren
Qoraqalpog'iston, Konstitutsiya, Davlat tamg'asi.
1. Qoraqalpog‟iston respublikasi mustaqillik arafasida.
XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1924-yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva
xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng'irot tumanlari hududida Qozog'iston ASSR tarkibida
Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda
Qoraqalpog'iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.
Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu
yili ular o'z taqdirlarini O'zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yo'lining
istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi.
SSSR tarqalib ketganidan so'ng mustaqil O'zbekiston tarkibi-dagi suveren Qoraqalpog'iston
Respublikasi maqomini oldi. Bu tabi-iy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan
o'zbek xalqi o'rtasida do'stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va
dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo'yi kengliklarida qadimiy o'zbek va
qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O'zlarining mushtarak taraqqiyot yo'llarini
bosib o'tishdi.
Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqi-qiy og'a-inichilik fazilatlarini
ko'rsatdilar, o'zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma'naviy-ruhiy yaqinligini
belgi-laydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o'zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat,
tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib kel-di. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat
namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo'lgan har ikki mil-lat uchun tarixiy
ahamiyatga ega bo'lgan an'analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy
makon vujudga keldi.
O'zbekiston tarkibida o'tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o'zgarishlar davri
bo'ldi. Madaniy va ma'naviy ravnaq, san'at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo'jaligi va sanoat
ish-lab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o'zbek xalqining beg'araz yordami, og'alarcha
ko'magi bilan dunyoga keldi.
Qardoshlik va yaqin qo'shnichilik singari yuksak insoniy fa-zilatlar asrlar sinovidan o'tib, og'ir
kunlarda eng ishonchli qurol bo'lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma'muriy-
buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug' og'a»larga xos soxta va yuzaki
«millatparvarlib» bu makon xalqlarining muno-sabatlariga rahna sololmadi.
Qoraqalpoq va o'zbek xalqi bir necha o'n yilliklar mobaynida to'planib qolgan muammolarni hal
etishda, ijtimoiy-iqtisodiy mu-nosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o'z an'analaridan unum-li
foydalanish yo'lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular,
yagona intilish birlashtirib tur-ganligini ochiq-oydin ko'rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyo-
siy o'zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do'stlik va.qardoshlik munosabatlari bunga asos bo'ldi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar,
balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug' og'a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu
shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, itti-foqdosh respublikalar xalqlarining
milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta
ham Qoraqalpog'istondan bo'lmagan, uning xalqi hayoti bilan tanishmagan, unga yaqindan yordam
bermagan edi.
- 87 -
Do'stlaringiz bilan baham: |