O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


«Наг qanday qal'a ichidan olinadi. Demak, biz



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

«Наг qanday qal'a ichidan olinadi. Demak, biz 
ichka-rini mustahkam qilishimiz kerak. Buning uchun yoshlar qalbi-ga yurtga sadoqat, 
kattalarga hurmat, tarixga mehr, kelajakka umid tuyg'ulari urug'ini sochishimiz lozim», 

deb ta'kidlaydi. 
Bunday dolzarb vazifaning kun tartibiga qo'yilishi bejiz emas edi. Mustaqillikning dastlabki 
yillarida ham yoshlar dunyoqara-shida eskicha tafakkur, jahon taraqqiyotidan orqada qolgan 
bilimlar, o'z qiymatini yo'qotgan qarashlar saqlanib qolmoqda edi. Masalan, yaqin-yaqinlargacha 
oliy ta'limning vazifasi muayyan miqdorda ilmiy texnikaviy bilimlarga ega bo'lgan, ongiga 
mafkuraviy yo'l-yo'riqlarni singdirgan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat qilib qo'yilgan edi. 
Sir emas, KPSS tarixi, ilmiy kommunizm, dialektik va tarixiy materializm, siyosiy iqtisod, 
tarix, huquq, adabiyot va boshqa fanlar mafkuraviy jihatdan juda ham jilovlab qo'yilgan bo'lib, ular 
yoshlarda yuzaki, maddohlik yo'nalishida flkrlashga o'rgatar edi. 
Tabiiyki, bunday hoi yoshlarda yangi zamonga munosib bar-kamol ma'naviyatni 
shakllantirishni taqozo qilardi. Bu borada respublikada ko'rilgan chora-tadbirlarning asosiy 
yo'nalishi ta'limni gumanitarlashtirish bo'ldi. Bu borada mamlakatda 1991-yil 17-sentabrda e'lon 
qilingan mamlakat Prezidentining «Respublika davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini, hamda, 
xalq ta'limi siste-masini partiyadan xoli etish to'g'risida»gi Farmoni muhim qadam bo'ldi. Ushbu 
Farmonda: «Belgilab qo'yilsinki, respublika davlat apparati idoralarida va xalq ta'limi sistemasida 
siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga bundan buyon yo'l 
qo'yilmaydi», - deb alohida ta'kidlandi. Farmonning ana shunday talabidan kelib chiqadigan xulosa 
shunda ediki, maorif va xalq ta'limini jahon amaliyotiga yaqinlashtirish ma'nosida uni yakka 
hukmron partiya g'oyalari yo'lini asoslashga xizmat qiluvchi mafkura ta'siridan xoli qilish edi. 
Darhaqiqat, respublikada avvalgi kommunistik partiya mafkurasi uchun nazariy, ilmiy bilimlar 
man-bayi hisoblanmish ijtimoiy fanlarning oliy ta'lim tizimidagi roli va o'rniga yangicha munosabat 
vujudga keldi. Masalan, O'zbekiston respublikasining «Ta'lim haqida»gi Qonunini amalga oshirish 
uchun respublika Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi «OHy ta'lim isloho-tj» Dasturini ishlab 
chiqdi. Ushbu Dasturning muhim qoidasi oliy ta'limni gumanitarlashtirishdan iborat edi. Jumladan, 
ushbu Das-turda «gumanitar ta'lim berish ixtisosliklari bo'yicha mutaxassislar tayyorlashning 
ajralmas qismidir va u o'zbek xalqining ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, 
umuminsoniy qadriyat-larga sodiqlik, fuqarolik va vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalash, o'zbek 
xalqi milliy ruhining asosi bo'lmish insonparvarlikni tarbiya-lashga asoslanadi» - deb alohida qayd 
qilindi. 
Ta'limni gumanitarlashtirish, uni partiyaviy mafkuradan xoli qilish borasidagi muhim 
qoidalardan biri yurt tarixini o'rganishga katta e'tibor berilishi bo'ldi. 
Bu boradagi muhim amaliy qadam shunda ediki, oliy o'quv yurtlarida sobiq KPSS tarixi 
kafedralari o'rnida O'zbekiston xalqlari tarixi kafedralari tashkil etildi. Umumta'lim maktablarda 
O'zbekiston tarixi avvalgi yillarga nisbatan 3 barobar chuqurroq o'qitila boshlandi. Demak, yurt 
tarixini o'rganish keng qamrov olib, o'zining amaliy samarasini bera boshladi. 


- 81 - 
Tarixiy bilimlar yoshlarni ko'p narsaga ongli ravishda qarashga undadi. Ularning har biri 
qalbida Vatanga mehr tuyg'ularini, bugungi kun qadriga yetish hissini shakllantira boshladi. 
Masalan, Namangan Davlat Universiteti biologiya fakultetining ikkinchi kurs talabalariga «Hozirgi 
yoshlarning mas'uliyati nimadan iborat?», deb berilgan sa-volga ko'pchilik talabalar «O`zbekiston 
mustaqilligini mustahkamlash uchun yetuk mutaxassis bo'lib yetishishi mas'uliyati», - deb javob 
berdilar. Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, yoshlarda Vatanga mehr hissini tarbiyalashda, ularda 
vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishda O'zbekiston Madhiyasi va O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ni xalq ta'limi tizimida o'rganish ham, shu mavzularga bag'ishlab 
maxsus murabbiylik soatlarining o'tkazilishi ham katta ahamiyatga ega bo'la boshladi. Shu bilan bir-
ga «mustaqillik kunlari»ning bayram qilinishi ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim. 
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Oliy Soveti o'n birinchi sessiyasida Mustaqillik kuniga 
tayyorgarlik ko'rish haqida qaror qabul qilingan edi. 
1992-yil 22-avgustda «O`zbekiston o'quv yurtlarida har yili 1-sentabrda «Mustaqillik kuni»ni 
o'tkazish to'g'risida» Prezident Farmoni e'lon qilindi. Unda davlatimiz tarixida yangi sahifa ochgan 
O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bayram qilinishi mu-nosabati bilan va uning 
yoshlarni ma'naviy kamol toptirishda juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini nazarda tutib, 
o'quv yurtlari jamoalarining istaklarini hisobga olib: 
1.
Har yili 1-sentabrda barcha maktablarda, hunar texnika bilim yurtlarida, o'rta maxsus va oliy 
o'quv yurtlarida «Mustaqillik kuni» mavzuida maxsus mashg'ulotlar, darslar, ma'ruzalar, tantanali 
yig'ilishlar va uchrashuvlar o'tkazish: 
2.
Qaramog'ida o'quv yurtlari bo'lgan vazirliklar va idoralar, hokimliklar: 
turli shakllardagi, ijodiy izlanish va bayram vaziyati ruhidagi mashg'ulotlar va tadbirlarni 
o'tkazishga oid zarur tashkiliy choralar-ni ko'rsinlar: 
Respublika hayotining barcha sohalarida ro'y berayotgan tub o'zgarishlardan o'quvchilar va 
talabalarni keng xabardor qilinishini ta'minlasinlar, uni erkin va yuksak vatanparvarlik va Vatanga 
sado-qat ruhida tarbiyalasinlar: 
o'quv yurtlarida mustaqillik kunini bayram qilishda yoshlar-ning ijodiy qobiliyatlarini 
ochishga ko'maklashuvi hamda bir xillik va rasmiyatchilikni istisno etuvchi tanlovlar, ijodiy 
bellashuvlar, ommaviy va boshqa tadbirlar o'tkazsinlar; 
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari 
o'quv yurtlarida Mustaqillik kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chog'ida respublika 
oqsoqollari, deputatlar, fan, madaniyat va san'at arboblarini, ijodiy va boshqa jamoat 
tashkilotlarining vakillarini, korxonalar va mu-assasalarning rahbarlarini qatnashishga keng jalb 
qilishlari» kabi muhim vazifalar belgilandiki, bu farmonning joylarda bajarilishi xalqimizga 
mustaqillik tushunchasini yetkazishda, ularni istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashda katta 
ahamiyatga ega bo'ldi. Bu borada Toshkent, Farg'ona, Samarqand viloyatlarida ibratli ishlar amalga 
oshirildi. 
Ayniqsa, 1992-yil 1-sentabrdan O'zbekiston aholisi tomonidan birinchi marta mamlakat 
mustaqilligining bir yilligini keng bayram qilinishini aytish mumkinki, xalqni milliy istiqlol ruhida 
tarbiyalash va unga e'tiqod tuyg'ularini kuchaytirishda muhim qadam bo'ldi. Shu yilning 30-
avgustida Toshkentda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining ikki yilligiga bag'ishlangan 
tantanali majlis bo'ldi. Unda Prezident I. Karimov tabrik nutqi so'zlab butun aholini milliy bayram 
bilan qizg'in tabrikladi. Tantanalar mamlakatning barcha vi-loyat, shahar, tuman va qishloqlarida, 
tashkilot, muassasa, korxona, jamoalarda va mahallalarda bo'lib o'tdi. Butun xalq O'zbekistonning 
kelajagi qo'lga kiritilgan mustaqillik tufayli amalga oshirilishini chuqur his qila boshladi. Bir so'z 
bilan aytganda, dastlab istiqlol e'lon qilingan kunlarda kishilardagi sarosimalik o'rnini, endi 
mustaqillik-ka ishonch va e'tiqod egallay boshladi. 
Prezident Farmoni asosida O'zbekistondagi barcha o'quv yurtlarida 1-sentabrda «Mustaqillik 
kuni» keng nishonlandi. Masalan, Toshkent Davlat Texnika Universitetida shu kuni tantanali 
miting-dan so'ng birinchi darslar «Mustaqillik darslari» sifatida o'tkazildi. Bunda professor-
o'qituvchilar, faxriylar, xalq deputatlari qo'lga kiritilgan mustaqillikning ahamiyati va afzalliklari 
haqida talabalarga keng mshuntirish berdilar. 


- 82 - 
O'zbekiston mustaqilligiga bag'ishlangan bunday tadbirlar faqat Oliy o'quv yurtlaridagina emas, 
balki barcha o'rta maxsus o'quv yurtlari va umumiy ta'lim maktablarida ham katta tayyorgarliklar 
bilan muntazam ravishda o'tkazilib turibdi. 
Prezident I.A. Karimovning 2006-yili e'lon qilingan mamla-katda ma'naviy-ma'rifiy, targ'ibot 
ishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan farmoniga muvofiq respublika ma'naviyat va ma'rifat 
markazi Ma'naviyat targ'ibot markaziga aylantirildi. Uning faoliyat mezonlari yanada kengaytirilib, 
yo'nalishlari aniq belgilab berildi. 
Yosh iste'dodlar o'z ijodlari bilan o'zbek san'atini dunyoga namoyish etmoqdalar. Yaqinda 
toshkentlik litsey o'quvchisi, yosh ras-som Oybek Islomov o'z asarlari bilan Hindistondagi 
Butunjahon bolalar san'ati qo'mitasi o'tkazgan «Shankar» ko'rgazmasida ishtirok etib, Javoharla'l 
Neru nomidagi oltin medal bilan taqdirlandi. 
Sakkiz yoshli toshkentlik o'quvchi Diyora Hasanova «Bolalar san'ati - 2000» xalqaro 
festivalining eng yosh qatnashchisi bo'lishiga qaramasdan, bu festivalning Amerika Qo'shma 
Shtatlari-da o'tkazilgan final bosqichida o'zining yuksak rassomlik iste'dodini namoyon qila oldi. 50 
ga yaqin mamlakat bolalari rasmlari orasidan u ishlagan «Yer sharida festivalga boramiz» nomli 
rasmning xalqaro festival emblemasi sifatida tanlab olinishi va unga Bosh sovrin-ning berilishi ham 
farzandlarimizning qanchalik yuksak iqtidor egasi ekanligini ko'rsatib turibdi. 
Yosh iste'dodlarni izlab topish va tarbiyalash, professional ras-somlarning boshini qovushtirish, 
ularning samarali ijod qilishla-ri uchun qulay sharoit yaratish, milliy tasviriy, amaliy, miniatura 
san'atimizning noyob an'analarini boyitish, dunyoga tanitish maqsadida tashkil etilgan O'zbekiston 
Badiiy Akademiyasi uch yildan bu-yon jiddiy faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Mamlakatimizda 
iste'dodli rassomlarning ko'plab ko'rgazmalarini tashkil etdi. O'zbek rassomchilik maktabining 
bugungi rivoj ini dunyoga ko'rsatish maqsadida 2000-2006-yillar mobaynida Yaponiya, Fransiya, 
Janubiy Koreya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Germaniya kabi ko'plab mamlakatlarda o'zbek 
rassomlarining ko'rgazmalarini o'tkazdi. 
Badiiy Akademiyaning a'zolari tomonidan katta mahorat bilan ishlangan Sohibqiron Amir 
Temur, Farg'oniy, Jaloliddin Manguberdi, Alpomish haykallari, Mustaqillik maydonidagi majmua 
kabi haykaltaroshlik san'atining go'zal namunalari xalqimiz milliy g'ururi va iftixorini yuksaltirishga 
xizmat qilmoqda. 
Turkiston miniatura maktabining asoschisi, buyuk musavvir Kamoliddin Behzodning bu yil 
nishonlanadigan 550 yilligiga qizg'in tayyorgarlik olib borilmoqda. Kamoliddin Behzod memorial 
bog'ini barpo etish ishlari boshlab yuborilgan. 
Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash dolzarb bo'lib qolayotgan bir 
paytda yoshlar bilan yakka tartib-da ishni yo'lga qo'yish, ularda axloqiylik fazilatlarini shakllantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki azaldan odoblilik, axloq inson uchun eng zarur ziy-natlardan hisoblangan. Odamzodni 
yuksaklarga ko'taradigan ham, uning qadr-qimmatini oshiradigan ham ana shu axloqiy barkamol-
likdir. Shu o'rinda qadimgi Rim faylasuflaridan Epikratning «bar-cha kashfiyotlar ichida go'zali 
yaxshi tarbiya olgan insondir», degan o'gitini hamisha yodda tutish o'rinlidir. Yoshlarda ana 
shunday fazilatlarni tarbiyalashda joylarda, maktab va o'quv yurtlarida olib bori-ladigan ishga 
e'tibor berilmoqda. Maktabgacha tarbiya muassasala-rida, boshqa o'quv yurtlarida, mehnat 
jamoalarida va turarjoylarda niax'sus «Odobnoma» soatlari joriy etildi. Bundan tashqari, mamlakat 
televideniyesi va radiosi orqali, jumhuriyat gazetalari sahifalari-da esa maxsus «Odobnoma» 
ko'rsatuv va eshittirishlar beriladigan, sahifalar chiqadigan bo'ldi. Bu ish mehnat va pedagogika 
jamoalari hamda ota-onalar kengashlarining amaliy hamkorligi asosida ham tashkil etiladi. 
O'zbekiston hukumati aholi aqliy imkoniyatlarini kengayti-rish va ma'naviy yetukligini 
ta'minlash asosida mustaqillikning sof insonparvarlik mazmunini chuqurlashtirish hamda uning 
jamiyatning mustahkam poydevori bo'lib xizmat qilishiga katta umid bog'lagan. Shu bois amalga 
oshirilgan tadbirlarga tanqidiy nazar bilan qaraydi. Boy berilgan imkoniyatlar yo'l-yo'lakay 
o'rganib, tuzatib boriladi. Ijodiy va ilmiy kuchlarga ko'maklashuvchi qator jamoat tashkilotlari 
faoliyatiga ana shu nuqtayi nazardan baho berildi. Natijada uning kuch va imkoniyatlarini 
birlashtirish maqsadida 1996-yil 17-aprelda yosh ijodkorlarga, olimlarga va tadqiqotchilarga 


- 83 - 
ko'maklashuvchi, umuman yoshlar muammolari bilan shug'ullanuvchi «Kamolot» jamg'armasi ta'sis 
etildi. «O`zbekiston yoshlarining «Kamolot» jamg'armasi yosh avlodning har tomonlama kamol 
topishi, chuqur bilim, kasb egallashi, o'zlarida yuksak ma'naviyat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik 
fazilatlari hosil qilishi, ularning istiqlol ishining davomchilari bo'liby yetishishlarida ko'p qirrali 
yordam ko'rsatishni o'zining dasturiy vazifasi qilib belgiladi va bu borada bir qator ishlarni amalga 
oshirdi. Keyinchalik jamg'arma «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirildi. Uning 
faoliyatini yanada tako-millashtirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-
oktabrda qabul qilgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini qo'llab-quvvatlash va uning faoliyat 
samaradorligini yanada oshirish to'g'risida»gi Qarori katta ahamiyatga ega bo'ldi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish