O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


  Nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  ijtimoiy  himoya  va  manzilli  ijtimoiy  yordamni



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

3.  Nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  ijtimoiy  himoya  va  manzilli  ijtimoiy  yordamni 
amalga oshirishdagi ishtiroki. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  huzuridagi  Nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  va 
fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo‘llab-quvvatlash  jamoat  fondi  mablag‘larini 
boshqarish  bo‘yicha  parlament  komissiyasi  raisi  A.Saidov,  Fuqarolik  jamiyati  shakllanishini 
monitoring qilish mustaqil instituti direktori E.Solihov va boshqalar NNTlarni rivojlantirish, davlat 
va jamiyatni boshqarish, mamlakatimizni demokratik yangilashda ularning o‘rni hamda ahamiyatini 
izchillik bilan oshirish borasida O‘zbekistonda to‘plangan boy tajriba haqida so‘z yuritdi. 
Aholi keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan  va xalqimiz tarixidan keng o‘rin 
olgan  mustaqil  hamda  barqaror  fuqarolik  institutlari  demokratik  qadriyatlar,  inson  huquqlari, 
erkinligi  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilishda  muhim  omil  bo‘layotgani,  fuqarolarning  o‘z 
salohiyatini  ro‘yobga  chiqarishi,  ijtimoiy,  sotsial-iqtisodiy  faolligi  va  huquqiy  madaniyatini 
yuksaltirishga  xizmat  qilayotgani  ta’kidlandi.  Bunda  Birinchi  Prezidentimiz    Islom  Karimov 
tomonidan  ilgari  surilgan  “Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari”  tamoyilining  izchil 
amalga  oshirilishi  muhim  omil  bo‘lmoqda.  Mazkur  tamoyilga  binoan  nodavlat  notijorat 
tashkilotlari,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari,  kasaba  uyushmalari,  jamoat 
birlashmalari,  jamg‘armalar  va  mustaqil  ommaviy  axborot  vositalarini  shakllantirish  hamda 
rivojlantirishning mustahkam qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazasi yaratilgan. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasiga  muvofiq  mamlakatimizda  ijtimoiy  hayotni 
faollashtirishga  doir  keng  ko‘lamli  ishlar  amalga  oshirilmoqda,  fuqarolarga  davlat  va  jamiyatni 
boshqarishda  ishtirok  etish  huquqi  berilgan,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  faoliyati 
muvofiqlashtirilmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda. Bu, o‘z navbatida, 
NNTlarni jadal rivojlantirish, ularning demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishida muhim omil bo‘lmoqda. 
Konstitutsiyamizning  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirishga  oid  qoidalariga  amal 
qilgan  holda,  “Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari”  tamoyilini  izchil  amalga 
oshirishning  huquqiy,  tashkiliy  asosi  bo‘lgan  ikki  yuzdan  ziyod  qonun,  davlat  dasturlari  qabul 
qilindi.  “O‘zbekiston  Respublikasida  jamoat  birlashmalari  to‘g‘risida”,  “O‘zbekiston 
Respublikasida jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat 
notijorat  tashkilotlari  faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida”,  “Homiylik  to‘g‘risida”gi  va  boshqa 
qonunlar shular jumlasidandir. 
Davlatimiz rahbarining 2005-yil 23-iyunda qabul qilingan «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati 
institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mustaqil 
NNTlarni tashkil qilish, ijtimoiy va gumanitar masalalarni hal etishda ularning rolini kuchaytirishda 
muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur hujjatda vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari 
zimmasiga  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  fuqarolar  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish, 
ularning  farovonligini  yuksaltirish,  mamlakatimizni  yanada  sotsial-iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy 
rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklatilgan. 
2008-yilda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senati 
Kengashlarining  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlarini,  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini 
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining qabul qilinishi 
natijasida  bu  jarayon  yanada  jadallashdi.  Ushbu  hujjatga  muvofiq  mamlakatimizning  qonun 
chiqaruvchi oliy organi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda ushbu fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha 
Parlament komissiyasi tashkil etildi. 
Bularning  barchasi  davlat  byudjetidan  “uchinchi  sektor”ni  qo‘llab-quvvatlash  uchun 
yo‘naltirilayotgan  moliyaviy  mablag‘larni  ochiq-oshkora,  manzilli  va,  eng  muhimi,  demokratik 
taqsimlashni  ta’minlashga  xizmat  qilmoqda,  NNTlar  faoliyatining  tashkiliy-texnik  va  iqtisodiy 
asosini  mustahkamlab,  ularning  barqaror  hamda  mustaqil  tuzilma  sifatida  yanada  rivojlanishiga 
ko‘maklashmoqda.  Masalan,  2008-2013-yillarda  grant  tanlovlarini  o‘tkazish,  subsidiyalar  ajratish 
va  ijtimoiy  buyurtmalarni  joylashtirish  orqali  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  turli  loyihalarini 
moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 28,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. 


- 60 - 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yilda  qabul  qilingan  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari 
faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  qonuni  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  ustavda 
belgilangan  faoliyatni  amalga  oshirish  maqsadida  zarur  axborotni  olish  uchun  davlat  organlariga 
so‘rov  bilan  murojaat  qilish  huquqi,  davlat organlarining  g‘ayriqonuniy  qarorlari,  ular  mansabdor 
shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoyalanish huquqini, jamiyatdagi 
NNTlar maqomini yanada mustahkamladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish