O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


 Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

 
5. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari. 
Mustaqillik  yillarida  iqtisodiy  islohotlar  haqida  gapirar  ekanmiz,  yuz  bergan  institutsional 
o'zgarishlar haqida ham qisqacha to'xtash o'rinlidir. 
1991-1996-yillar  mobaynida  iqtisodiy  islohotlarning  barcha  yo'nalishlarida  salmoqli 
institutsional  o'zgarishlar  sodir  bo'ldi.  Xu-susan  turarjoylar,  savdo,  xizmat  ko'rsatish  sohasi, 
matlubot  jamiyati  obyektlari  va  turli  tarmoqlarning  mayda  korxonalarini  xususiylashtirish  amalda 
tugallandi.  O'rta  va  yirik  korxonalarni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  jarayoni 
faol boshlab yuborildi. 
1996-yil 12-martda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo'llab-quvvatlash maqsadida, shu jumladan, 
individual  mehnat  faoliyati  bilan  band  bo'lgan  jismoniy  shaxslarni  ham  hisobga  olib  borish,  ular-
ning  manfaatlarini  himoya  qilish,  ishlarini  tashkil  etishda  yordam  ko'rsatish  vazifasini  o'z 
zimmasiga olgan tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning Respublika Palatasi tashkil qilindi. 
Hozirda joy-larda uning hududiy bo'limlari ham faoliyat ko'rsatmoqda. 
O'zbekistonda  tadbirkorlikni  qo'llab-quvvatlashning  noyob,  o'ziga  xos  tizimi  ish  olib 
bormoqda.  Unga  davlatning  o'zi  rahnamo-lik  qilmoqda.  Bu  tizimga  muvofiq  xususiylashtirishdan 
tushgan  deyarli  barcha  mablag'lardan  iqtisodiyotning  nodavlat  sektorini  shakl-lantirish  va 
mustahkamlash uchun foydalanilmoqda. 
Mamlakat  tovar-xomashyo  birjasi  o'z  faoliyatini  ancha  kengay-tirdi,  undagi  bitimlar  hajmi 
1995-yilda 7,7 mlrd. so'mga yetdi. 1995-yilda 8481 obyektni 859,8 mln. so'mga sotgan Respublika 
ko'chmas mulk birjasi ham milliard dovonidan oshish arafasida turibdi. 
To'plangan  tajriba  katta-katta  sanoat  korxonalarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  imkonini 
berdi.  Chkalov  nomidagi  Toshkent  aviatsiya-ishlab  chiqarish  birlashmasi  ochiq  turdagi  davlat-
aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 
Qishloq  xo'jaligi  mashinasozligining  15  ta  korxonasi  yuqori  investitsiya  salohiyatiga  ega 
bo'lgan  xo'jalik  tuzilmasi  -  «O`zqish-loqxo'jalikmashxolding»ni  tashkil  etdi.  Uning  tarkibiga 
Toshkent traktor zavodi ishlab chiqarish birlashmasi, «Toshqishmash» ishlab chiqarish birlashmasi, 
Toshkent  agregat  zavodi,  «Chirchiqqishmash»  «O`zbekqishmash»  singari  aksionerlik  jamiyatlari 
kirdi. 
Bir so'z bilan aytganda, mustaqillik yillarida xususiylashtirish jarayoni O'zbekistonda izchillik 
bilan bosqichma-bosqich amalga oshirila bordi. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar o'ziga xos tarzda 
amalga oshirilar ekan, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga katta 
e'tibor  berildi.  Bu  o'rinda  Prezident  I.  Karimov  jahon  amaliyotini  chuqur  o'rgandi,  tadbirkorning 
jamiyat  ijtimoiy  hayotida  muhim  o'ringa  egaligi,  aniqrog'i  u  «zamonasining  yangi  qahramoni» 
ekanligini chuqur his qildi. 
Shu  bois  Prezident  1994-yil  21-yanvarda  «Iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish, 
xususiy  mulk  muhofazasini  ta'minlash  va  tadbirkorlikni  qo'llab-quvvatlash  tadbirlari  to'g'risida»gi 
Farmoni  bilan  xususiy  mulkchilik  asosidagi  tadbirkorlikning  yuzaga  kelishi  uchun  zarur  shart-
sharoitlarni yaratib berdi. Mamlakatda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash tizimi yaratildi. 
U Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror-larini o'z ichiga oluvchi tegishli 
me'yoriy-huquqiy  hujjatlarga  asos-lanadi.  Xalqaro  tashkilotlar  (Jahon  Banki,  BMT,  YuNIF) 
tomonidan  qayd  qilinishicha,  korxonalar  va  tadbirkorlar  faoliyatini  xususiylash-tirishdan  keyingi 
qo'llab-quvvatlashning O'zbekistonda amal qila-yotgan tizimi, MDH mamlakatlari orasida o'xshashi 
yo'q ekanligini xalqaro ijtimoiy tashkilotlar mutaxassislari ham tan ola boshladilar. 
Bozor  iqtisodiyotiga  o'tishda  O'zbekiston  hukumati  tadbirkorlikni  qo'llab-quvvatlashning 
samarali  yo'llarini  qidirib  topa  bosh-ladi.  Xususiylashtirish  va  davlat  tasarrufidan  chiqarishning 
davlat  Dasturidan  tashqari  O'zbekistonda  xalq  xo'jaligining  barcha  tarmoq-larida,  shu  jumladan, 
qishloq xo'jaligida alohida tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari qabul qilindi. 
1994-yili  Qoraqalpog'iston  Respublikasi,  barcha  viloyatlar  va  Toshkent  shahrini  qamrab 
oluvchi mintaqaviy dasturlar ishlab chi-qildi va amalga oshirila boshlandi. 


- 53 - 
 
I.  Karimov  1995-yil  4-iyulda  bo'lib  o'tgan  idoralararo  Kengash-da  tadbirkorlikni  davlat 
tomonidan qo'llab-quvvatlash xususida qo-nun qabul qilish kerakligini uqtirdi. 
Shunday Qonun Oliy  Majlisning  iqtisodiy  islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo'mitasi 
tomonidan tayyorlandi va 1995-yil 21-dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida qabul qilindi. 
Ushbu  Qonun  kichik  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishni  rag'batlantirishning  huquqiy, 
tashkiliy  va  iqtisodiy  asoslarini  belgilab  berdi,  fuqarolarning  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga 
oshirishdagi huquqlarini ro'yobga chiqarishga qaratildi. 
Qishloqda haqiqiy mulkdorlarning shakllanishida fermer va dehqon xo'jaliklarining yana ham 
rivojlantirilishi alohida ahamiyatga egadir. Respublikada fermer xo'jaliklarining umumiy soni 1992-
yildagi 6  mingdan 1998-yilda 23  minggacha oshdi, ushbu xo'jaliklardagi qoramollar soni 42  ming 
boshdan  168  ming  boshga-cha  oshdi.  Fermer  va  dehqon  xo'jaliklariga  ajratilgan  qishloq  xo'jalik 
yerlari  maydoni  oshmoqda.  Agar  1995-yilda  fermer  xo'jaliklari  308  ming  gektar  yerga  ega  bo'lsa, 
1998-yilda  ularga  447  ming  gektar  yer  tegishli  bo'lgan,  dehqon  xo'jaliklari  maydoni  esa  shu 
davrning ichi-da 534 ming gektardan 573 ming gektargacha oshgan. 
Bu  boradagi  islohotlar  izchil  amalga  oshirilishi  tufayli  hozirgi  paytda  respublikamizda  190 
mingga  yaqin  fermer  xo'jaligi  faoliyat  ko'rsatmoqda  va  ularda  salkam  1,4  million  kishi  mehnat 
qilmoqda. 
Agar  2000-yilda  yetishtirilgan  paxta  hosilining  21  foizi  fermer  xo'jaliklari  hissasiga  to'g'ri 
kelgan  bo'lsa,  2006-yilda  bu  ko'rsatkich  85  foizdan  oshib  ketdi,  boshoqli  don  ekinlari  yetishtirish 
bo'yicha esa 2000-yilda 15 foizni tashkil etgan bo'lsa, o'tgan yili 75 foizdan iborat bo'ldi. 
Birgina 2006-yilning  o'zida 666 ta shirkat xo'jaligini qayta tashkil etish hisobidan 74  mingta 
fermer xo'jaligi tuzildi, ularning yar-midan ko'pi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganini ta'kidlash 
lo-zim. 
Mamlakatimizda  keyingi  yillarda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishda  xususiylashtirish 
jarayoniga katta e'tibor berilganini birgina 2005-yil yakunlari asosida ham yaqqol ko'rish mumkin. 
Masalan,  2005-yilda  moddiy  resurslar  va  tayyor  mahsulotlarni  realizatsiya  qilish  va  ulardan 
foydalanish tizimini liberallashtirish yo'lida hal qiluvchi qadam qo'yildi. 
Bugun  to'la  ishonch  bilan  aytish  mumkinki,  tadbirkorlarga,  av-valo,  kichik  biznes 
subyektlariga  asosiy,  shu  jumladan,  talab  katta  bo'lgan  moddiy  resurslardan  foydalanish  imkonini 
beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. 
Aynan  ana  shunday  odamlar  jamiyatimizning  tayanchi  bo'lib,  uning  ijtimoiy  asosini  tashkil 
etadi. Chunki aynan shular demokratik va bozor islohotlarini davom ettirish va chuqurlashtirishdan, 
mamla-katni barqaror va izchil rivojlantirishdan ko'proq manfaatdor ekanini ta'kidlash zarur. 
Shunday  qilib,  mamlakatimizning  2008-yildagi  iqtisodiy  rivoj-lanish  natijalari  o'tgan  davr 
mobaynida  demokratik  yangilanish,  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  iqtisodiyotni 
erkinlashtirish yo'lida ulkan qadamlar qo'yilganini ko'rsatadi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish