O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

ahamiyati.  
 
1.
 
2017-2021  yillarda  O’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 
yo’nalishi  bo’yicha  Harakatlarstrategiyasining  ishlab  chiqilishi,  hayotga  joriy  etilishi  va  uning 
ahamiyati.  
2017-2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini 
belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. 
2017-yilda  Harakatlar  strategiyasini  amalga  oshirishda  alohida  e’tibor  “Inson  manfaatlari  – 
hamma  narsadan  ustun”  degan  tamoyil  va  “Xalq  davlat  idoralariga  emas,  davlat  idoralari 
xalqimizga  xizmat  qilishi  kerak”  degan  ezgu  g‘oyaning,  eng  avvalo,  xalq  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya 
qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi. 
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga 
oid  Davlat  dasturi  doirasida  30  dan  ortiq  qonunlar  hamda  900  dan  ortiq  qonunosti  hujjatlarining 


- 114 - 
 
qabul  qilinishi  keng  ko‘lamli  islohotlar,  iqtisodiyot  va  ijtimoiy  sohani  jadal  rivojlantirish,  xalq 
farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Virtual  qabulxonasi  va  Xalq  qabulxonalari, 
shuningdek, har bir davlat organida tashkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha 
maxsus  bo‘linmalar  aholi  bilan  ishlashning  sifat  jihatidan  yangi  samarali  tizimini  shakllantirishga 
xizmat qildi. 
O‘zbekiston  Respublikasida  Ma’muriy  islohotlar  konsepsiyasi  davlat  boshqaruv  tizimini 
tubdan  isloh  qilish,  “Elektron  hukumat”  va  davlat  xizmatlari  ko‘rsatish  tizimini  rivojlantirish, 
iqtisodiyotga  ma’muriy  ta’sirni  qisqartirish  hamda  boshqaruvning  bozor  mexanizmlarini 
kengaytirish,  sog‘lom  raqobat  muhiti  va  qulay  investitsiya  iqlimini  yaratish  bo‘yicha  aniq  chora-
tadbirlarni belgilab berdi. 
Sud-huquq  tizimida  sudlarning  haqqoniy  mustaqilligini  ta’minlash,  sud  kadrlarini  tanlab 
olishning  demokratik  va  shaffof  mexanizmini  shakllantirish  bo‘yicha  kompleks  chora-tadbirlar 
amalga  oshirildi.  Joylarda  ma’muriy  va  iqtisodiy  sudlarning  tashkil  etilganligi  odil  sudlovga 
erishish darajasini oshirish imkonini berdi. 
Huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  tizimini  isloh  qilish,  huquqbuzarliklarni  barvaqt 
profilaktika qilish  va  jinoyatchilikka qarshi kurashish  bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 
mamlakatda  jinoyatchilikning  umumiy  ko‘rsatkichi  15,7  foizga  kamayishiga  erishildi,  1,2  ming 
mahallalarda birorta jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. 
Ilgari,  asosan  xavfsizlikka  xavf-xatar  va  tahdidlar  oqibatlariga  qarshi  kurashish  bilan 
cheklangan  terrorizm  va  ekstremizmga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  chora-tadbirlarni  amalga 
oshirishga  yondashuvlar  konseptual  qayta  ko‘rib  chiqildi.  Mazkur  muammolarni  hal  qilishda, 
birinchi  navbatda,  yoshlarning  huquqiy  madaniyati  va  ma’naviyatini  yuksaltirish  orqali 
odamlarning ongi uchun kurashish ustuvor vazifa etib belgilandi. 
O‘z  taqdirini  O‘zbekiston  bilan  bog‘lagan,  mamlakatimiz  farovonligi  yo‘lida  halol  va 
vijdonan  mehnat  qilayotgan,  o‘zlariga  bog‘liq  bo‘lmagan  holatlarga  ko‘ra  fuqaroligi  bo‘lmagan 
shaxsga  aylanib  qolgan  fuqarolarning  hayotiy  muhim  masalalarini  hal  etishga  alohida  e’tibor 
qaratildi. O‘tgan davrda 1 243 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. 
Iqtisodiy sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi, eng avvalo, O‘zbekistonning o‘z 
majburiyatlarini bajarish va chet el hamkorlarining daromadlarini repatriatsiya qilish, mamlakatning 
investitsiyaviy  jozibadorligini  oshirish  uchun  shart-sharoitlarni  ta’minlovchi  milliy  valyuta  erkin 
konvertatsiyasining joriy etilganligi bu borada muhim qadam bo‘ldi. 
Davlat  byudjetini  shakllantirishning  tamomila  yangi  prinsiplari  va  mexanizmlari  joriy  etildi, 
uning  daromad  va  xarajatlari  shaffofligini  ta’minlash  bo‘yicha  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi. 
Davlat  aktivlarini  boshqarishning  samaradorligini  oshirish  va  byudjetning  daromad  qismini 
ko‘paytirishga qaratilgan ishga solinmagan zaxiralardan foydalanish choralari ko‘rildi. 
Birinchi bosqichda – uzoq muddatli (10-15 yilga mo‘ljallangan) tarmoq, hududiy va maqsadli 
rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ikkinchi bosqichda  – tarmoq, hududiy 
va  maqsadli  loyihalar  portfellarini  tuzish,  uchinchi  bosqichda  –  rivojlanish  davlat  dasturlarini 
shakllantirishni  nazarda  tutuvchi  O‘zbekiston  Respublikasining  rivojlanish  davlat  dasturlarini 
shakllantirishning mutlaqo yangi tartibi tasdiqlandi. 
Ijtimoiy  sohani  rivojlantirish  bo‘yicha  kompleks  tadbirlar,  birinchi  navbatda,  fuqarolarni 
ijtimoiy  himoya qilish  va sog‘lig‘ini  saqlashni kuchaytirish, aholini  arzon va sifatli dori  vositalari 
bilan  ta’minlash,  fuqarolarning  bandligi  va  real  daromadlarini  oshirish,  arzon  ijtimoiy  uy-joylar 
qurilishini  kengaytirish,  nogironligi  bo‘lgan  shaxslarni  har  tomonlama  qo‘llab-quvvatlashga 
qaratildi. 
Shaharlar  va  qishloqlarda  umumiy  turar  joy  maydoni  3,5  million  kvadrat  metrdan  ortiq 
bo‘lgan  namunaviy  va  ko‘p  qavatli  uylar  qurildi.  Turar  joy  qurilishi  hajmlari  2010-yilga  nisbatan 
3,5 baravarga oshdi. 
Xalq  bilan  muloqot  natijalari  bo‘yicha  11  yillik  umumiy  o‘rta ta’limni  qayta  tiklash  haqida 
qaror qabul qilindi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning shaffof mexanizmlari joriy etildi 


- 115 - 
 
va  kvotalar  jiddiy  ravishda  oshirildi.  Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  tizimi  xalqaro 
standartlarga muvofiqlashtirildi. 
Millatlararo tinchlik va totuvlikni, puxta o‘ylangan va o‘zaro manfaatli tashqi siyosat amalga 
oshirilishini  ta’minlash  bo‘yicha  chora-tadbirlarko‘rilganligi  natijasida  qo‘shni  davlatlar  bilan 
ishonchli  munosabatlar  yo‘lga  qo‘yildi,  Markaziy  Osiyo  hududida  savdo-iqtisodiy,  madaniy-
gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi. 
Faqat  o‘tgan  yilda  21  ta  oliy  darajadagi  tashrif  amalga  oshirildi,  60  ta  davlat  va  xalqaro 
tashkilotlar  rahbarlari  bilan  uchrashuvlar  o‘tkazildi,  400  dan  ortiq  kelishuvlarga  erishildi,  60 
milliard AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi bitimlar imzolandi. 
Shu  bilan  birga,  xalq  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqot  yakunlari  hamda  davlat  va  jamiyat 
hayotining  barcha  sohalarida  o‘tkazilgan  ishlarning  tanqidiy  tahlili  aholi  farovonligining  real 
o‘sishiga  va  joylarda  ishlar  holatining  tubdan  yaxshilanishiga  to‘sqinlik  qiluvchi  qator 
muammolarni ko‘rsatib berdi. 
Harakatlar  strategiyasi  ijrosini  ta’minlash  yuzasidan,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  2017-yil  22-dekabrdagi  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida  belgilangan  vazifalarni 
amalga oshirish maqsadida: 
1.  Quyidagilarni  nazarda  tutuvchi  2017-2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini 
rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasini  “Faol  tadbirkorlik, 
innovatsion  g‘oyalar  va  texnologiyalarni  ko‘llab-quvvatlash  yili”da  amalga  oshirishga  oid  davlat 
dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin: 
davlat va  jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida  –  davlat xizmatining nufuzi  va 
samaradorligini oshirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari vazifa va tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, 
vazirliklar,  idoralar  va  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  rahbarlarining  mustaqilligini  oshirish, 
markaziy  organlarning  ayrim  vakolatlarini  mahalliy  hokimiyat  organlariga  o‘tkazish,  davlat 
xizmatlaridan  foydalanish  imkoniyatini,  ularning  sifati  va  tezkorligini  tubdan  oshirish,  fuqarolik 
jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida – fuqarolar 
shaxsiy  hayoti  daxlsizligining  konstitutsiyaviy  kafolatlarini,  shu  jumladan, tintuv  va  telefon  orqali 
so‘zlashuvlarni  eshitib turishga sanksiya  berish  huquqini sudlarga o‘tkazish, Oliy  Majlis  huzurida 
Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha komissiyani tashkil etish orqali 
yanada  mustahkamlash,  milliy  xavfsizlik  organlari  tizimini  tubdan  isloh  qilish,  vaqtincha  saqlash, 
tergov  hibsxonalari,  jazoni  ijro  etish  muassasalarini  videokuzatuv  tizimlari  bilan  jihozlash,  yo‘l-
patrul va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar bilan ta’minlash, patrul xizmatining 
statsionar postlari sonini optimallashtirish; 
iqtisodiyotni  rivojlantirish  va  faol  tadbirkorlikni  qo‘llab-quvvatlash  sohasida  –  faol 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion g‘oyalar 
va  texnologiyalarni  joriy  qilish,  tadbirkorlik  subyektlarini  himoya  qilishning  huquqiy  kafolatlarini 
va  ular  faoliyatiga  noqonuniy  aralashishlarning  oldini  olish  mexanizmlarini,  soliq  va  bojxona 
siyosatini,  bank-moliya  sohasini  yanada  takomillashtirish,  agrar  sektorni  isloh  qilish  strategiyasini 
ishlab  chiqish,  iqtisodiyot  tarmoqlari  va  sohalariga  imtiyozlar  taqdim  qilgan  holda  individual 
imtiyozlar berishdan voz kechish, hududlarni faol rivojlantirish; 
ijtimoiy  sohani  rivojlantirish  sohasida  –  ijtimoiy  himoya  qilish  va  fuqarolar  sog‘lig‘ini 
saqlashni  yanada  kuchaytirish  bo‘yicha  kompleks  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish,  ijtimoiy 
dorixonalarning rivojlangan tarmog‘ini yaratish, aholi bandligi va fuqarolarning real daromadlarini 
oshirish,  “iste’mol  savatchasi”ni  aniqlash,  ijtimoiy  uy-joylar  qurilishini  kengaytirish,  aholining 
ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  qatlamini  va  nogironligi  bo‘lgan  shaxslarni  har  tomonlama  manzilli 
qo‘llab-quvvatlash; 
xavfsizlik,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglikni  ta’minlash,  shuningdek,  tashqi 
siyosat  sohasida  –  O‘zbekiston  Respublikasining  yangi  Milliy  xavfsizlik  konsepsiyasini  qabul 
qilish, xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, 
davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, terrorizm, ekstremizm va 
axborot  tahdidlariga  qarshi  kurashish,  millatlararo  va  konfessiyalararo  totuvlik,  diniy 


- 116 - 
 
bag‘rikenglikni  mustahkamlash,  Tashqi  ishlar  vazirligi  va  diplomatik  vakolatxonalar  faoliyatini 
tubdan  isloh  qilish,  xorijda  fuqarolarning  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish  tizimining 
samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  kompleks  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish,  shuningdek, o‘zaro 
manfaatli  tashqi  siyosatni  davom  ettirish,  savdo-iqtisodiy,  madaniy-gumanitar  aloqalarni 
rivojlantirish. 
 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish