O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

Birinchidan, 
agar 
geografik-strategik 
tarafdan 
olib 
qarasak, 
Markaziy 
Osiyoda 
kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj topgani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini ko'ramiz. 
Ikkinchidan, 
Markaziy  Osiyoda  suv  resurslari  cheklangan  va  Orol  dengizi  bilan  bog'liq 
ekologik falokat ta'siri seziladi. 
Uchinchidan, 
mintaqada  xavfsizlik  tizimi  alohida  e'tiborni  ta-qozo  etadi.  Bu  yerda  atrofdagi 
kuchli davlatlar  va siyosiy kuchlar  markazlarining bir-biriga  mos kelmaydigan ta'sir etish  istaklari 
bor-Hgini ham hisobga olmasdan bo'lmaydi. 
To'rtinchidan, 
musulmon  dunyosidagi  ba'zi  mamlakatlarning  bir-biriga  mos  kelmaydigan 
manfaatlari ham ayni bizning xotirjam bo'lishimizga yo'l bermaydi. 
Beshinchidan, 
atrofimizda turli etnik,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  boshqa  muammolar  ichida qolgan 
«uchinchi dunyo» davlatlari ham mavjud. Jumladan beqarorlik va xavf-xatarning bugungi kundagi 
o'chog'i - Afg'oniston, Tojikiston, Qirg'iziston davlatlari ham shu mintaqada. 
Bay  on  etilgan  bu  muammolarni  kuchaytirib  va  ma'lum  dara-jada  ko'p  ishlarni  ijobiy  hal 
qilishga to'siq bo'lib turgan yana bir masala bor. Sho'ro tizimidan qolgan meros  - bu shu mintaqada 
Turkiston  atalmish  yagona  zaminda  yashayotgan  millat  va  elatlarni  sun'iy  ravishda  bo'lib  tashlash 
va  shundan  foydalanib,  o'z  siyosatini  o'tkazish,  ularga  hukmronlik  qilish  asoratlari  hali-beri 
yo'qolmagan. 
XXI  asr  bo'sag'asida  dunyo  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlari  tub-dan  o'zgardi,  inson  va  insoniyat, 
odam va olam taqdiriga daxldorlik hissi tobora kuchaydi. XX asrning so'nggi o'n yilligi har qanday 
zo'ravonliklar, tazyiqlar va g'oyaviy xurujlarni aql-idrok va ochiq-dan ochiq munosabatlar orqali hal 
etish sari dadil qadam qo'yilgan davr bo'ldi. O'zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o'z ma'qeyi va 
nufuzini  mustahkamlash  bilan  birga  dunyo  ahlini  jahon  siyosatini  isloh  qilishga  da'vat  etgan 
davlatlardan biri bo'lib maydonga chiqdi. 
Geografik-siyosiy o'rni  jihatdan O'zbekiston Markaziy Osiyo-ning qoq o'rtasida  joylashganligi 
ayni ana shu mintaqada barqaror-likni ta'minlash, o'zaro hamkorlik va birodarlikni chuqurlashtirish 
uchun  tayanch  nuqta  bo'lib  xizmat  qildi.  Mustaqillikning  tarixan  qisqa  davrida  u  o'zining  siyosiy, 
iqtisodiy va ma'naviy qudratini to'la-to'kis ko'rsata oldi. Ayni ana shu mintaqa taqdirini hal qilishga 
qodir bo'lgan kuchli davlat sifatida o'zini namoyon etdi. 
Birgina  bu  emas:  O'zbekiston  Osiyo  va  Yevropa  qit'alari  o'rtasida  munosabatlarni 
muvofiqlashtiruvchi, siyosiy iqlimni mo'ta-dillashtiruvchi G'arbu Sharq o'rtasidagi azaliy raqobatni 
aql-idrok,  donolik,  tafakkurga  asoslangan  munozaralar  va  muzokaralar  orqali  uyg'unlashtirishga 
da'vat etgan shu mintaqadagi yagona davlat bo'lib maydonga chiqdi. 


- 96 - 
 
Darhaqiqat, bugun O'zbekiston Pokiston, Hindiston, Eron, Afg'oniston, Tojikiston, Qirg'iziston 
va  Qozog'iston  muammolari  bilan  birga  Rossiya  va  umuman  Yevropa  mamlakatlari 
munosabatlarini  ma'lum  bir  o'zanga  solishga  da'vat  qilayotgan,  uni  o'zining  amaliy  faoliyati  bilan 
yaxshilik sari burishga katta ta'sir ko'rsatayotgan dav-latdir. 
O’zbekiston  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  dunyo  muammolarini  hal  qilishning  eng 
insonparvar, eng adolatparvar tamoyillarini o'rtaga tashlar ekan, u mintaqaviy mojarolar va qo'shni 
mamlakatlarni o'zaro kelishmovchilik muammolaridan tortib butun yer shari va insoniyat taqdiriga 
daxldor  bo'lgan  juda  ulkan  masalalarni  o'rtaga  tashlamoqda.  Bu  ayniqsa,  xalqaro  terrorizm  va 
narkobiznes, diniy aqidaparastlik va ekstremizm bilan bog'liq bo'lgan muammolardir. Ayni ana shu 
muammolar bugun dunyo ahli hayotiga tahdid solayot-gan eng og'ir fojia ekanligini, u bilan murosa 
qilib  bo'lmasligini,  bu  illatlarni  barbod  qilishda  juda  katta  qat'iyat,  siyosiy  iroda  va  ichki  qudrat 
kerakligini O'zbekiston o'z timsolida ko'rsatdi. 
Prezident  Islom  Karimovning  «O`zbekistonXXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  nomli  kitobida  va  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining  birinchi  chaqiriq  XIV  sessiyasida  qilgan  «O`zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  nomli 
ma'ruzasida xuddi ana shu muammolarni keskin qilib qo'ydi. Xalqaro terrorizm va narkobiznesning 
o'zaro  uzviyligi,  bir-biriga  bog'liqligi,  uning  tarqalishiga  ba'zan  diniy  niqoblardan  foydalanila-
yotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va ekstremizmning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan 
chuqur tahlil etilgan. O'zbekiston rahba-rining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuz yillik 
va  yangi  ming  yillikdagi  siyosiy  strategiyasini  belgilaydi.  Mazkur  kitobning  dunyoning  bir  necha 
o'nlab  mamlakatlarida  tarjima  qilib  bosilganligi,  jahon  siyosatdonlari  va  davlat  arboblarining  bu 
kitobda ko'tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, jahon jamoatchiligining katta qiziqish bilan 
unga qarayotganligi fikrimizning dalilidir. 
O'zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  keyingi  yutuqlardan  mu-himi  uning  jahon 
hamjamiyatidan munosib o'rin olganidir. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish