3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni
amalga oshirishdagi ishtiroki.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini
boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi raisi A.Saidov, Fuqarolik jamiyati shakllanishini
monitoring qilish mustaqil instituti direktori E.Solihov va boshqalar NNTlarni rivojlantirish, davlat
va jamiyatni boshqarish, mamlakatimizni demokratik yangilashda ularning o‘rni hamda ahamiyatini
izchillik bilan oshirish borasida O‘zbekistonda to‘plangan boy tajriba haqida so‘z yuritdi.
Aholi keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan va xalqimiz tarixidan keng o‘rin
olgan mustaqil hamda barqaror fuqarolik institutlari demokratik qadriyatlar, inson huquqlari,
erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim omil bo‘layotgani, fuqarolarning o‘z
salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Bunda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
tomonidan ilgari surilgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining izchil
amalga oshirilishi muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur tamoyilga binoan nodavlat notijorat
tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, jamoat
birlashmalari, jamg‘armalar va mustaqil ommaviy axborot vositalarini shakllantirish hamda
rivojlantirishning mustahkam qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazasi yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatimizda ijtimoiy hayotni
faollashtirishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, fuqarolarga davlat va jamiyatni
boshqarishda ishtirok etish huquqi berilgan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati
muvofiqlashtirilmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda. Bu, o‘z navbatida,
NNTlarni jadal rivojlantirish, ularning demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishida muhim omil bo‘lmoqda.
Konstitutsiyamizning fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid qoidalariga amal
qilgan holda, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini izchil amalga
oshirishning huquqiy, tashkiliy asosi bo‘lgan ikki yuzdan ziyod qonun, davlat dasturlari qabul
qilindi. “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston
Respublikasida jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”gi va boshqa
qonunlar shular jumlasidandir.
Davlatimiz rahbarining 2005-yil 23-iyunda qabul qilingan «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati
institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mustaqil
NNTlarni tashkil qilish, ijtimoiy va gumanitar masalalarni hal etishda ularning rolini kuchaytirishda
muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur hujjatda vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari
zimmasiga fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish,
ularning farovonligini yuksaltirish, mamlakatimizni yanada sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklatilgan.
2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati
Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining qabul qilinishi
natijasida bu jarayon yanada jadallashdi. Ushbu hujjatga muvofiq mamlakatimizning qonun
chiqaruvchi oliy organi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda ushbu fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha
Parlament komissiyasi tashkil etildi.
Bularning barchasi davlat byudjetidan “uchinchi sektor”ni qo‘llab-quvvatlash uchun
yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘larni ochiq-oshkora, manzilli va, eng muhimi, demokratik
taqsimlashni ta’minlashga xizmat qilmoqda, NNTlar faoliyatining tashkiliy-texnik va iqtisodiy
asosini mustahkamlab, ularning barqaror hamda mustaqil tuzilma sifatida yanada rivojlanishiga
ko‘maklashmoqda. Masalan, 2008-2013-yillarda grant tanlovlarini o‘tkazish, subsidiyalar ajratish
va ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirish orqali fuqarolik jamiyati institutlarining turli loyihalarini
moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 28,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
- 60 -
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavda
belgilangan faoliyatni amalga oshirish maqsadida zarur axborotni olish uchun davlat organlariga
so‘rov bilan murojaat qilish huquqi, davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor
shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoyalanish huquqini, jamiyatdagi
NNTlar maqomini yanada mustahkamladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |