- 39 -
dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash rad
qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Shuningdek, huquqni qo‘llash va sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab yarashuv instituti
kiritildi va u samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Yarashuv institutining talabiga ko‘ra, ijtimoiy xavfi
katta bo‘lmagan jinoiy qilmishni sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to‘liq qoplab
bergan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Mazkur institutning samaradorligi hamda o‘zbek xalqining rahmdillik va kechirimlilik kabi
ko‘p asrlik an’analariga mosligi uning izchillik bilan kengayib borishiga asos bo‘ldi. Hozirgi kunda
53 ta jinoyat tarkibi bo‘yicha yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati nazarda tutilgan.Shu borada
yana bir misolga e’tibor beraylik. Yarashuv institutining joriy etilishi natijasida o‘tgan davr
mobaynida 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.So‘nggi yillarda
yurtimizda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash borasida jiddiy
ishlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda, prokuratura faoliyatini isloh qilish, uni sobiq tuzum
davrida bo‘lganidek partiyaviy elita qo‘lidagi jazolash quroli emas, balki qonunlarning qat’iy ijro
etilishini, mamlakatimizda demokratik islohotlarning izchil rivojlanishini, inson huquq va
erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan organga aylantirish bo‘yicha salmoqli
ishlar qilindi.
Masalan, 2001 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga
muvofiq fuqarolar prokuror nazorati obyektlari qatoridan chiqarildi. Ayni paytda prokuraturaning
inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun
mas’uliyati oshirildi.Shuningdek, sud qarorlari ijrosini to‘xtatib turish huquqi prokuratura
vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar prokurorlarining esa tergov va ayblanuvchini
qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi.Bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy,
davlat-huquqiy munosabatlarning butun tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini
shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish bo‘yicha oldimizda turgan keng ko‘lamli
vazifalar sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish masalasini kun tartibiga qo‘yayotganini biz
o‘zimizga albatta yaxshi tasavvur etamiz.Bu boradagi vazifalarni samarali hal qilish maqsadida
quyidagi tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshirish taklif etiladi.Ushbu vakolatlarning
prokurordan sud organlariga o‘tkazilishi surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud nazoratini
kuchaytirish, jinoyat protsessida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini yanada kengaytirish
imkonini beradi. Eng muhimi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida
umume’tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalarining amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: