O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

Uchinchi kuchlar 
- bu M.Gorbachyov Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo’lini qidirib, 
yuqorida  tilga  olingan  har  ikki  dastur  yo’nalishlarini  uyg’unlashtirish  va  SSSRni  saqlab  qolish, 
markazlashgan  ma’muriy  buyruqbozlik  hokimiyatini  yo’qotmaslik,  «shokovaya  Terapiya»  («falaj 
qilib  davolash»)  usulidan  foydalanish  g’oyasini  ilgari  surar  edi.  Yangi  Ittifoq  Shartnomasini 
tayyorlash  ham  shu  maqsadlarga  yo’naltirilgan  edi.  Jumladan,  yangi  Ittifoq  Shartnomasida 
mamlakat  nomini  ham  «Sotsialistik  Respublikalar  Ittifoqi»  deb  emas,  «Mustaqil  Sovet 
Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to’g’risidagi takliflar ham o’rtaga tashlana 
boshladi. 
Shunday  qilib,  sobiq  SSSR  ijtimoiy  taraqqiyotida  uchta  yo’nalish-  totalitarizmga  qaytish, 
jahon  tajribasiga  xos  transforma-tsiya  va  sotsialistik  yo’nalishdagi  demokratik  kuchlar  to’qnashib 
qolgan edi. Tabiiyki, bu mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tanaz-zulni vujudga keltirgan edi. 
Ana  shunday  ziddiyatli  bir  sharoitda  O’zbekiston  rahbariyati  bu  yo’nalishlarning  nomaqbul 
ekanligini  aniq-ravshan  ko’rdi  va  respublika  xalq  xo’jaligini  bozor  iqtisodiyotiga  o’tkazishning 


- 26 - 
 
o’ziga  xos  yo’lini  Mustaqil  tarzda  o’zi  belgilay  boshladi.  Avvalo,  «O’zbekistonning  iqtisodiy 
mustaqilligini shakllantirish konsep-siyasini» tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya respublika Davlat 
Reja  qo’mitasi,  Moliya  vazirligi,  boshqa  vazirliklar,  idoralar,  ilmiy-tadqiqot  institutlari,  viloyatlar 
va  Toshkent  shahar  ijroiya  qo’mitalari  bilan  hamkorlikda  tayyorlandi.  Unga  ko’ra,  «O’zbekiston 
xalq  xo’jaligini  sog’lomlashtirish  va  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  asosiy  prinsiplari»  ishlab 
chiqildi va u 1990-yil 17-oktabrida umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi. 
1990-yil oktabri oxirida O’zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala yuzasidan 
Hukumatning hisoboti eshitildi. 
Oliy  Kengash  sessiyasi  «vujudga  kelgan  ahvoldan  chiqishning  yo’lini...  respublikaning 
iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jadallashtirishdan 
iborat» deb hisobladi. 
Shuning  uchun  ham  sessiya  respublika  Hukumati  Dasturini  ma’qulladi  va  O’zbekiston 
Ministrlar Sovetiga «O’zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va undan 
foy-dalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali 
amal  qiluvchi  mexanizmini  yaratish  bo’yicha  asoslangan  takliflar  tayyorlash,  shuningdek,  1-
iyungacha  O’zbekiston  Oliy  Sovetiga  iqtisodiy  tizim  masalalari  va  yer,  yer-osti  hamda  boshqa 
tabiiy  boyliklarni,  ishlab  chiqarish  korxonala-rini  O’zbekiston  SSR  mulkiga  o’tkazish  bo’yicha 
O’zbekiston  SSR  Konstitutsiyasiga  kiritiladigan  o’zgarishlar  to’g’risida  Qonun  loyihasi  kiritishni 
topshirdi. 
Hukumat Dasturiga ko’ra, quyidagilar O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor 
iqtisodiga bosqichma-bosqich o’tishning asosiy yo’nalishlari qilib belgilandi: 
Mustaqil davlat bo’lmish O’zbekiston: 

 
boshqa respublikalar bilan  muvofiqlashtirilgan  mustaqil  ijtimoiy  va  iqtisodiy siyosatni  xalq 
xo’jaligini o’zi boshqarish va o’zini o’zi pul bilan ta’minlash sohasida suveren huquqlarini amalga 
oshi-radi,  xo’jalik  turmushi  va  madaniy  turmushdagi  milliy  o’ziga  xoslik  saqlanib  qolishini 
ta’minlaydi; 

 
boshqa  respublikalar  bilan  o’z  iqtisodiy  aloqalarini  ekvivalent-lik  va  o’zaro  manfaatdorlik 
asosida  mustaqil  hal  etadi,  bu  aloqalarni  mamlakatning  yaxlit  xalq  xo’jalik  kompleksi  doirasida 
o’zaro shart-nomalar va bitimlar bilan tartibga soladi; 

 
mahalliy Sovetlarning mahalliy o’zini o’zi boshqarishni keng rivojlantirish, uning mulkiy va 
moliyaviy negizini mustahkamlash huquqlariga kafolat beradi; 

 
o’z  ixtiyorida  bo’lgan  hamma  vositalar  bilan  mehnat  jamoalarining  va  fuqarolarning 
iqtisodiy  huquqlarini  mustahkamlashga  ko’maklashadi,  shu  huquqlarning  har  tomonlama  himoya 
qilinishini ta’minlaydi. 
O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabr qarori bilan Konstitutsiyaviy maqom 
berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi: 
1. 
«O`zbekiston  Respublikasining  Davlat  Mustaqilligi  asoslari  to’g’risida»  1991-yil,  31-
avgustida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin. 
2. 
O’zbekiston Respublikasi amaldagi  Konstitutsiya moddalari  «O`zbekiston Respublikasining 
Davlat  Mustaqilligi  asoslari  to’g’risida))gi  Qonunning  qoidalariga  zid  kelgan  hollarda  mazkur 
Qonunga amal qilinsin. 
3. 
Konstitutsiya  komissiyasisi  tayyorlanayotgan  «Respublika  Konstitutsiyasi-ning  Davlat 
Mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning qoidalariga amal qilinsin. 
Shu  tariqa  qonun  tarzida  huquqiy  jihatdan  rasmiylashtirilgan  O’zbekiston  mustaqilligi 
barchaning dilini quvonchlarga to’ldirdi. Toshkentdagi Podyomnik ishlab chiqarish birlashmasining 
ishchisi,  21-saylov  okrugidan  O’zbekiston  xalq  deputati  Botir  Qosimov  sessiya  yakunida  so’zga 
chiqib, shunday dedi: 
«Yashirmayman,  mustaqillik  haqida  gap-so’z  ko’p  edi-ku,  lekin  ishning  amaliy  qismiga 
kelganda siljish yo’q edi. Nihoyat respublikamiz Oliy davlat hokimiyati juda muhim qonun, davlat 
mustaqilligi  to’g’risidagi  hujjatni  qabul  qildi.  Endi  mana  shu  har  birimizga  quvonch  va  iftixor 
tuyg’ularini olib kelgan qarorni amalda quvvatlashi-miz zarur». 


- 27 - 
 
Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo’lga kiritgan mustaqillik erki qonun bilan 
mustahkamlab qo’yildi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish