HOKIMIYATLAR BO’LINISHI
– davlat nazariyasining asosiy printsiplaridan biri bo’lib,
unga ko’ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga bo’ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi (ular bilan bir qatorda ba’zan ta’sis etuvchi, saylovchi va
nazorat hokimiyati ham ajratiladi).
HUKUMAT
– davlatning oliy kollegial ijro etuvchi organi. Hukumat turli mamlakatlarda
turlicha nomlanishi mumkin: Vazirlar kengashi (Frantsiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi
(Buyuk Britaniya, O’zbekiston), Davlat kengashi (XXR) va boshqalar. Hukumat
partiyasiz
, bir
partiyali va koalitsion bo’lishi mumkin. Prezidentlik respublikalarida (shunday organ
konstitutsiyada nazarda tutilganlarida) Hukumatni prezident tuzadi, bunda u tayinlagan Hukumat
a’zolaridan har biri qator mamlakatlarda (Belarus, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’izistonda)
parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |