Umumiy tushunchalar: Bolajon tayanch maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo’lgan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni rivojlantirishga qo’yiladigan minimal talablarni o’zida ifoda etuvchi muhim me’yoriy hujjatdir. Tayanch dasturning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismonan soglom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan faol muloqotda bo’la olishlari, borliqni aniq idrok etish, ijtimoiy moslashuvchan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirishlariga qo’yiladigan davlat talablarining to’liq bajarilishiga erishishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |