Кеrakli jihozlar va materiallar: “Bolajon” dasturi, muammoli vaziyatlar, harakatli o’yinlar, plakatlar, didaktik materiallar, tarqatmalar, kitoblar.
Ishni bajarish tartibi: O'quv materialini muammoli bayon qilish uning isbotlanishini va zarur miqdordagi bilimlarning ongli o'zlashtirilishini ta’minlaydi, ularga bo'ladigan qiziqishni oshiradi va bolalar tafakkurini faollashtiradi.Bundan tashqari, muammoli bayon qilish o'quvchilarga o'zlarining shaxsiy farazlarini aytib, ulardan faqat haqiqatga muvofiq keladiganlarini tanlab olishga imkon beradi, ya’ni mantiqiy fikrlashga o'rgatadi. Yana shu narsa muhimki, muammoli bayon qilish ancha hissiyotli bo'ladi, shuning uchun ham o'rganishga qiziqishni oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |