Кеrakli jihozlar va materiallar: “Bolajon” dasturi, ta’limiy o’yin , predmetli o‘yinlar, harakatli o’yinlar, plakatlar, didaktik materiallar, tarqatmalar, gerbariylar, kitoblar.
Ishni bajarish tartibi: Bolaning o’yin jarayonida atrof-olamni idrok etishga, insoniy munosabatlarni anglashga, kasblar haqidagi tushunchalarini yanada boyib borishiga e’tibor berish lozim. Bolaga badiiy asarlar, teleko’rsatuvlar, ekskursiyalar, ko’rgazmalar, sayohatlardan olgan taassurotlari asosida o’yin mavzusini rivojlantirishni o’rgatish. O’yinlarda voqealar, hayotiy vaziyatlar, kattalar mehnatiga taqlid qilish, ishtirokchilar soniga qarab, turli axborot manbalaridan (kino, adabiyot, ekskursiya) foydalanib o’yin mazmunini kengaytirish va boyitish, o’yinda o’rinbosar narsalardan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |