O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi


-MAVZU .MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TABIATNI KUZATISH METODIKASI



Download 1,05 Mb.
bet39/136
Sana01.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#296935
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   136
Bog'liq
attachment

8-MAVZU .MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TABIATNI KUZATISH METODIKASI
REJA
1. Kuz fasliga tavsifnoma

2. Qish fasliga tavsifnoma

3. O’simlilar hayotidagi o’zgarishlar.

4. Qushlar va hashoratlar hayotidagi o’zgarishlar.


Мавзуга оид таянч тушунча ва иборалар:quyosh, ob-havo, harorat, sovuq, ayoz, o'simliklar hayotidagi o'zgarishlar, hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar, qushlar ,hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar.
Kuz fasliga tavsifnoma.Ob-havodagi o'zgarishlar. Kuzda harorat astasekin pasayib boradi, buning natijasida o'simlik va hayvonot dunyosi hayotida o'zgarish hamda susayish ro'y beradi (o'simlik barglari sarg'ayadi, to'kiladi, ba'zi qushlar uchib ketib, boshqalari uchib keladi va hokazo).

Sentabr kuz faslining birinchi oyidir, biroq O'zbekistonda sentabr oyida ham yoz faslidagidek issiq boiadi. Sentabr oyida havo issiq bo'lib, kechalari harorat +7 darajagacha tushib ketadi. Kunduz kunlari esa +20+25 darajagacha ko'tariladi.



Oktabr odatdagidek kuz oyi hisoblanadi. Bu oyda oikamiz quvoshli, issiq va quruq bo'ladi, kunning birinchi yarmida harorat +7+10 daraja bo'ladi, kunduz kunlari +15+23 darajaga, ba'zi hollarda esa +27 darajagacha ko'tariladi.

Ana shunday juda issiq vaqtlarda o'simliklar, ayniqsa gunafsha, dastargul va boshqalar 2 marta gullaydi.

Hayvonlar dunyosida ham bahorgi hodisalarning takrorlanishini ko'rish mumkin: g'urraklarg'urullay boshlaydi, to'rg'aylar sayraydi, qurbaqalar qurullaydi, ba'zi bir hasharotlarda esa kuzgi urchish boshlanadi.

Oktabr oyining ikkinchi yarmida harorat odatda pasayadi, ertalab +3+5 daraja bo'lib, kunduz kunlari esa +16+20 dara­jagacha ko'tariladi. Uzoq yillik tajriba shuni ko'rsatadiki, o'simliklarning katta qismini va ayniqsa, qishloq xo'jalik o'simliklaridan paxta, kartoshka, pomidor, bodring va boshqalarni sovuq uradigan ayozlar o'lkamizda taxminan 12—18 oktabrlarda bosh­lanadi.



Sovuq tushishi — bu haroratning qisqa vaqtli pasayishi bo'lib, yer qatlamlari va yer yuzasining ustki qatlamlari nol darajadan pastroq bo'ladi. Ana shunday dastlabki ayozlar kuz faslining boshlanganidan dalolat beradi. Shimoliy kenglikdan sovuq shamol esa boshlashi bilan sovuqlar boshlanadi. Sovuq darajasi joyning relyefiga va tuproqning issiqligiga bog'liq bo'ladi.

Odatda, sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi, ba'zi hollarda esa tunda havoning bulutli bo'lishi kutiladi. Agar, kechasi osmon bulutsiz boisa, yer ustki qatlamlarining parlanishi natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Bunday sovush yer qatlamlariga tegib, havoning haroratini yanada ko'proq pasaytiradi. Sovuqning dastlabki to'lqinlari o'zi qoplagan barcha hududni ozgina muzlatadi, u faqatgina past joylarga tarqaladi va birikki kun davom etadi. Agar havo to'lqinining harorati nol darajadan past bo'lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Shunda tuproq va o'simliklaming ustki qatlamlariga ertalabki shudring tushadi.



Ba'zi vaqtlarda oktabr oyida kuchli va sovuq shamollar aralash yomg'irlar ham yog'ib o'tadi. Bunday paytlarda tarbiyachi bolalarning diqqat e'tiborini daraxtlarning katta shoxlari va ingichka novdalarning tebranishiga jalb etadi.

Noyabr qishga o'tish oyi hisoblanadi. Odatda noyabr oyida o'lkamizda obhavo qulay bo'lmaydi: goh yomg'ir, goh qor yog'adi, kun goho iliq, goho sovuq bo'lib turadi.


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish