Turkum - Rheum L.- Rovoch
Tur - Rh. maximowiczii Losinsk. - Maksimovich rovochi
Maksimovich rovochi ko’p yillik o’t. Bo’yi 40-100 sm. Poyasi dag’al, tubi
zangsimon qo’ng’ir, barg qini bilan o’ralgan. Barglari faqat ildiz oldiga joylashgan.
Barg plastinkasi butun, ustida ortiqlar bor; uzunligi 40-50 sm, eni 20-60 sm. Tog’ yon
bag’irlarida o’sadi. May-iyul oylarida gullab, urug’ beradi. Ildizi teri oshlashda
ishlatiladi.
Ibn Sino fikriga qaraganda ravoch bachadondan qon ketayotgan mahalda, astma
kasalligi, ichak yallig’lanishi, buyrak, qovuq kasalliklarida, ancha naf beradi.
Ibn Sino ravoch ichak yallig’lanishi, buyrak qovuq kasalliklarida, astmada
ishlatgan. Ravoch ildizini po’stidan tozalab, to’g’rab, quritiladilar va sutga solib
damlanadi, ko’pgina ichki kasalliklaraga davo o’rnida ichiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |