Mavzuni mustahkamlash
2.
Blits savollari
7. Qaysi oilalarda dorivor o’simliklari ko’p
uchraydi ?
8. Dorivor o’simliklari turkum va turlarini
ayting ?
9. "Qizil
kitob"ga
kiritilgan
dorivor
o’simliklarini aniqlang ?
4. Dorivor o’simliklarining xalq xo’jaligida
qanday ahamiyati bor ?
2. Мавзусига оид билимларни фаоллаштириш, фикрлашни жадвал асосида
кенгайтиринг.
Dorivor o’simliklar
O’simlik
turlari
Hayotiy shakli
Tarqalishi
Ishlatilishi
7-amaliy mashg’ulot. Saponinli o’simliklarining asosiy turkum va turlari bilan
tanishish, ularning umumiy ko’rinishini chizish.
Kerakli jihozlar: Saponinli o’simliklariga taluqlli o’simliklarning gerbariy
namunalari, qo’l lupasi, kollektsiyalar, jadvallar, rasmlar.
Topshiriq. Saponinli o’simliklarini tuzilishidagi muhim oila uchun xos belgilarni
aniqlang. Dorivor o’simliklarning foydali xususiyatlarini, xalq tabobatida va ilmiy
tabobatda ishlatilishini taxlil qiling. Ishlatilishi bo’yicha guruhlarga ajrating.
Saponinli o’simliklarga taluqli oilalarni aniqlang. “Qizil kitob” ga kiritilgan saponinli
o’simliklarni aniqlang.
Quyida xalqimiz tomonidan ko’p ishlatiladigan va tabiatda keng tarqalgan
saponinli o’simliklarning ba'zilarini keltiramiz.
Saponin - ko’piruvchi degan ma'noni anglatib, o’simliklardagi moddalar
almashinuvining qosilasi hisoblanadi. Saponin o’simliklarning turli organlarida,
ko’proq urug’ va ildizlarida to’planadi.
Ulardan sanoatning har xil tarmoqlarida, ayniqsa, to’qimachilikda shoyi hamda
jun matolaridan yasalgan buyumlarni yuvuvchi vosita sifatida, rangli metallurgiyada,
o’t o’chirishda va penobetonlar tayyorlashda, meditsinada siydik haydovchi, kayf
qildiruvchi vosita qisoblanib, revmatizmni davolashda hamda gomeopatiyada
ishlatiladi.
Tarkibida saponin saqlovchi noyob o’simliklarga O’zbekiston "qizil kitobi"ga
kiritilgan Caryophyllaceae - Chinniguldoshlar oilasidan
Kachimsimon etmak (Acanthophyllum gypsophiloides Regel) ni xamda qomqoq (A.
pungens (Bunge) Boiss.) ni keltirish mumkin. Etmakdan to’qimachilik, mo’ynachilik,
qandolatchilik sanoatlarida, tabobatda foydalaniladi.
Chinniguldoshlar (Caryophullaceae) oilasiga 80 ta turkum mansub. 200 ta tur
o’simlik kiradi.O’zbekistonda 24 turkumga oid 122 turi o’sadi.
Bu oilaning vakillarining tarkibida saponin, glyukozid kabi zaqarli moddalar bor.
Gullari chiroyli bo’lganligi uchun manzarali o’similik sifatida o’stiriladi. Ko’pchilik
vakillari begona o’t hisoblanadi.
Bo’ritikan - Gipsofilanamo bo’ritikan, etmak - Acanthopyllum gysophyloides - ko’p
yillik o’t o’simlik ildizi yo’qon. Bo’yi 40-60 sm. Barglari qalami yoki lantsentsimon-
qalami, uchi o’tkir, tikansiz. Gullari mayda, ro’vaksimon to’pgulga yiqilgan. Iyun-
iyulü oylarida gullab urug’laydi. Adir va tog’ etaklari toshli yon baqirlarida o’sadi.
Bu o’simliklarni ildizlaridan ko’p miqdorda saponin (etmak) olinib, nisholda
tayyorlashda, qandolat sanoatida ishlatiladi. U sovun o’rnida ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |