O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/188
Sana13.09.2021
Hajmi3,91 Mb.
#173027
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   188
Bog'liq
Фойдали ўсимликлар УММ 1

Gilos  –Cerasus.  Daraxt  va  buta  o’simlik.  Gullari  soyabonsimon  to’pgullarga 
yig’ilgan.  Mevasi  danakli,  shirador  va  nordon.  50  dan  ortiq  turi  mavjud. 
O’zbekistonda 10 ga yaqin turi mavjud. 
    
            Turkum.  Cydonia- Behi  
 
Tur. Cydonia oblonga Mill. - Cho’zinchoq  behi 
Bo’yi  1,5-6  m  gacha  etadigan  daraxt.  Tanasi  qoramtir-kulrang  po’stloqli, 
sershox.  Kesib  turilmasa,  ildizpoyasidan  ko’plab  bachki  novdalar  chiqarib 
ko’payib  ketadi.  Dastlab  ular  ko’z  ilhamas  mayda  tukli  bo’ladi,  ammo, 
keyinchalik  ular  to’kilib  ketib,  yalanqoch  qoladi.  Barglari  tuxumsimon  yoki 
cho’zik, tuxumsimon, pastki tomoni  sertuk, kulrang, usti  to’q yashil,  qisqa  bandi 
bilan poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Gullari och pushti, besh bo’lakli, 
yakka, yirik, gulkosachasi mevasi uchida saqlanib qoladi. Mevasi har xil shaklda, 
katta-kichikligi  ham  har  xil.  Sariq,  to’q  sariq,  ba'zan  qizqish.  Beshta  uyachasida 
urug’i  joylashgan.  Behi,  suvsiz,  shirin  burishtiruvchi  ta'mga  ega  bo’lib,  qidi 
yog’imli. 
Aprel oyida gullab, oktyabr - noyabrda mevasi pishib etiladi. 
Behi  O’rta  Osiyo,  Kavkaz,  Krim  va  boshqa  yerlarda  mevali  daraxt  sifatida 
o’stiriladi.  hozirgi  vaqtda  uning  bir  qator  yangidan-yangi  navlari  etishtirilib 
behizorlar  tashkil  qilingan.  Masalan,  behi  mevasi  xalq  tabobatida  turli 
kasalliklarni  davolash  uchun  qadimdan  ishlatib  kelinadi.  Behi  mevasining 
damlama  va  qaynatmasini  Abu  Ali  ibn  Sino  ich  ketish,  qon  aralash  ich  ketish 
kasalliklarini  davolashda  ishlatgan.  Ishtaha  ochuvchi,  burushtiruvchi  va  siydik 
haydovchi dori sifatida ichishga bergan. Meva shirasi bilan qon tupurish, astma va 
boshqa  kasalliklarni,  urug’  qaynatmasi  bilan  o’pka  va  yuqori  nafas  yo’llari 
kasalliklarini davolagan. 
Behi  mevasi  qaynatmasi  hamda  dimlab  pishirilgan  beqi  jigar,  qon  tupurish, 
yo’tal va boshqa ko’krak kasalliklarini davolash, ovqat hazmini yaxshilash, qusish 
va  kon  oqishini  to’xtatish  uchun  ishlatiladi.  Shu  bilan  birga  undan  yana  siydik 


haydovchi va burushtiruvchi vosita sifatida, urug’ qaynatmasidan esa qon tupurish 
va  bachadondan  qon  oqishini  to’xtatish  maqsadida  foydalaniladi    Oziq-ovqat 
sanoatida behi mevasidan murabbo, kompot va konservalar tayyorlanadi. 
Urug’i tarkibida ,20% gacha shilliq modda, 0,58% amigdalin glikozidi, 8,15 % 
yor va boshqa birikmalar bor. Etilgan mevasi tarkibida 10% gacha kandlar (6,2 % 
fruktoza),  5%  atrofida  pektin  va  0,6  %  oshlovchi  moddalar,  3  %  dan  ortiqroq 
organik  (olma,  vino  va  limon)  kislotalar,  efir  moyi,    10-20  mg      %    vitamin  S, 
temir, mis tuzlari va boshqa birikmalar bo’ladi. 
Urug’ining  qaynatmasi  o’rab  oluvchi  vosita  sifatida  me'da  va  ichak  devorlari 
ta'sirlanishini  kamaytirish  hamda  dori  moddalarning  so’rilishini  (shimilishini) 
cho’zishda  qo’llaniladi.  Bundan  tashqari,  qabziyatda  surgi,  nafas  yo’llari 
kasalliklarida (ayniqsa.bolalar kasallanganda) ko’krakni yumshatuvchi va balham 
ko’chiruvchi dori sifatida ishlatiladi. 

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish