15
Kompyuter grafikasidan foydalanishning asosiy qoidalari va qo‘llash sohalari.
Kompyuter grafikasi qo‘llaniladigan asosiy sohalarni ko‘rsatib o‘tamiz:
•
Grafiklarni chizish;
•
Kartografiya-geografik, tabiiy
yoki iqtisodiy
hodisalarni
o‘zaro
chegaradosh mamlakatlar, viloyatlar, o‘lkalarnining aniq xaritasini tasvirlash;
•
Chizmachilik va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish;
•
Modellashtirish va
multiplikatsiya;
•
Turli texnologik jarayonlarni boshqarish – hayotiy masalalarni interaktiv
rejimda namoyish etish. Texnologik jarayonni eng kerakli nuqtalariga o‘rnatilgan
dastlabki axborot manbai bo‘lgan o‘lchagichlardan kelayotgan axborotlar
qiymatini vizual idrok qilish;
•
Kantcelyariya ishlarini avtomatlashtirish va
chop etishni elektron usuli;
•
Reklama va san`at - qandaydir fikrni ifodalash va estetik yoqimli tasvirlar
orqali jamoani diqqatini tortish.
Grafik formatlarda ixchamlash.
Web-sahifalar yaratishda turli xildagi illyustratsiyalar ishlatib turiladi. Ularga
quyidagilar kiradi: logotip, tugma, banner, harakatlanuvchi tasvir, fototasvir,
diagramma va grafiklar.
Odatda grafik fayllar katta o‘lchamga ega bo‘ladi. Masalan, BMP, TIFF yoki
PCX formatlaridagi grafik fayllar samarasiz kodlanadi va tasvirni to‘g‘ri
etkazishga kerakli o‘lchamdan ham katta o‘lchamga ega bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilarning katta qismi tarmoqqa modemlar orqali ulanadi.
Foydalanuvchi modemlarining provayderlar bilan ulanish tezligi 56 Kbit/sek dan
oshmasligini hisobga olgan holda, bunday grafik fayllardan foydalanish maqsadga
muvoffiq emas, chunki sahifalar yuklanish vaqti cho‘zilib ketadi.
Bunday holatda sahifalarni tarmoqda nashr qilishga
tayyorlashda asosiy
maqsad - illyustratsiyalar hajmini maksimal darajada kamaytirishdir, chunki grafik
fayllar hajmi sahifaning umumiy hajmini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida uning
yuklanish tezligiga ta`sir qiladi.
16
Tarmoqdagi grafikaning yuklanish vaqtini qisqartirish
uchun grafik fayllarni
siquvchi juda ko‘p sonli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Grafik ma`lumotlarni
siquvchi texnologiyalar ikki xilga bo‘linadi: tasvir sifatining yo‘qolishiga olib
keladigan va tasvir sifatini saqlab qoluvchi. Ixchamlash texnologiyasining birinchi
tipi bu jarayon vaqtida grafik fayllarning ba`zi ma`lumotlarini yo‘qotadi, bu bilan u
tasvir sifatiga zarar etkazadi; ikkinchi xilda esa tasvir sifatiga ta`sir ko‘rsatmagan
holda grafik fayllarni siqadi. Format va grafik fayllarni ixchamlash texnologiyasini
to‘g‘ri tanlab, boshlang‘ich tasvir sifatini buzmagan holda 10-50 martagacha
kichraytirish mumkin, ya`ni, siqilgan va siqilmagan tasvirlar orasidagi farqni inson
ko‘zi bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda tarmoqlarda ikki asosiy grafik format qo‘llanadi: GIF va JPEG
(yoki JPG). Bu grafik formatlarda illyustratciyalangan
sahifalarni barcha keng
tarqalgan brauzerlar tushunadi va to‘g‘ri tasvirlaydi. Bu formatlarning har biri o‘z
ustunliklari va kamchiliklariga ega, bu ularning qo‘llanish sohasini aniqlaydi, ular
orasidagi farqni tushunish o‘z navbatida sayt sahifalarini grafik bezash ishlarini
osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: