10
bo‘lishligi talab etiladi. Kompyuter grafikasining qayta ishlash pog‘onalarida
ranglarning mos tushishini rangni boshqarish sistemalari nazorat qiladi. Bunday
tizimlardan biri
CMS (Color Management System)
dir.
Profil.
Har bir qurilma o‘zining ichki imkoniyatlariga qarab o‘z usulida rang
chiqaradi. Turli xil qurilmalarda ranglarning mosligini ta’minlash uchun ular
o‘zining profiliga ega bo‘lishi kerak.
Kalibrovka.
Har
xil platforma, qurilma va dasturlarda rangni bir xilda
boshqarish sistemasi mavjud emas. Lekin bu turdagi sistemalarga
CMS
yaqin
hisoblanadi.
Ilk bor
Solerunc
nomi
ostida
CMS
ni
Apple
firmasi operatsion
sistemaga kiritdi. U
Macentosh
kompyuterlari
sferasida nashrga tayyorlash, nashr
qilish va poligrafiyada muvaffaqiyatli xizmat qildi. Windows 95G‘98 operatsion
sistemalarida
Kodak
firmasining
Color Matchung Module
nomi ostida
CMS
tizimlari ishlatiladi.
Kompyuter grafikasida rangli ruxsat etish tushunchasi qabul qilingan (rang
chuqurligi). Monitor ekranida uni hosil qilish uchun rangli informatsiyani
kodlashtirish usulidan foydalaniladi. Oq-qora tasvirni aks ettirish uchun ikki bit
razryad yetarli. Sakkiz razryadli kodlashtirish 256 turdagi
ranglar jilosini aks
ettirishga imkoniyat beradi. Ikki bayt (16 bit) 65536 turdagi ranglar jilosini
ifodalaydi (bunday rejim —
High Color
). Yigirma to‘rt razryadli kodlashtirish
usulida 16 777 216 ta rangni ifodalash mumkin.
Amaliy nuqtayi nazardan monitorning rangli ruxsat
etish tushunchasi rangli
qamrab olishni anglatadi. Bu o‘z navbatida chiqarish qurilma (monitor, printer va
hokazo)larida ranglar diapazonini hosil qilishni belgilaydi. Rangli modul deb
additiv va subtraktiv metodlar yordamida ishlangan ranglar jilosi tarkibiy
komponentlarining bo‘linish usullariga aytiladi. Kompyuter
grafikasida asosan
RGB, HSB
va
CMYK
rang modullari qo‘llaniladi. Rangli modullar uch o‘lchovli
koordinatalar sistemasida joylashadi va ranglar fazosini tashkil qilib, Grossman
qonunlariga binoan rangni uch o‘lchovli fazodagi
nuqta sifatida ifodalashi
mumkin.
11
Grossmanning birinchi qonuni.
Chiziqli bog‘liq bo‘lmagan har qanday rangni
uchta tashkil etuvchi orqali bir qiymatli ifodalash mumkin. Chiziqli bog‘liq
bo‘lmaslik — bu ixtiyoriy uch rangdan ikkitasini qo‘shish orqali uchinchisini hosil
qilish imkoniyati mavjud emas.
Grossmanning ikkinchi qonuni.
Agar ranglar uzluksiz o‘zgarsa, ranglar
aralashmasining nurlanishi ham uzluksiz o‘zgaradi. Hech qanday rang yo‘qki, unga
yaqin bo‘lgan rangni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmasa.
Grossmanning uchinchi qonuni.
Ranglar aralashmasining nurlanishi ularning
rangiga bog‘liq, biroq uning spektr tarkibiga bog‘liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: