23
Grafikaning texnologik asoslarini qurishda uning ko‘rkamligini ham nazarda
tutish zarur.
Grafikaning ko‘rkamligini oshiruvchi va
uning yuklanish tezligini
kamaytiruvchi vositalardan biri bu rang berish usulidir. Lekin rang grafikada
aralash-quralashlikni keltirib chiqarmasligi kerak. Masalan, alohida regionlarda
aholining zichligini yoki kasallik tarqalishi
grafikasini ifodalash, go‘yoki bu
regionlar orasida uzviy bog‘liqlikni ifodalagandek taassurot qoldiradi. Bunday
holda ifodalanayotgan qiymatiga qarab bir xil rangni to‘q yoki och holatini
ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Amaliy dasturlar paketlarining (ADP) keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki,
tasvirni kommunikatsiya texnologiya vositasi sifatida
qabul qilish inson uchun
tabiiyroq bo‘lib, bu usulda ham yetarli aniqlikka erishish mumkin.
Mashina grafikasini passiv va interaktiv bo‘ektlarga ajratish mumkin. Bundan
20 yillar avval ulug‘ olimlar, san’at ustalari, sportchilar,
multiplikatsion fllmlar
qahramonlari (masalan, bo‘ri, quyon rasmlari), Albert Eynshteyn rasmlarini
alfavit-raqamli zarbli chop etish qurilmalaridan chiqarish keng tarqalgan edi.
Bunda rasm ma’lum nuqtalarga bir xil belgilarni qog‘oz sathiga tushirish orqali,
rang tafovuti esa ba’zi joylarga shu belgilarni bir necha marta urib (to‘q rang),
ba’zi joylarda bir marta tushirib (och rang) hosil qilinardi. Tasvirni bunday usulda
hosil qilish passiv mashina grafikasiga tegishlidir.
Interaktiv mashina grafikasi (IMG)da
tasvirning holati, uning shakli,
mazmuni, o‘lchamlari va rangi monitor ekranida interaktiv qurilmalar yordamida
dinamik ravishda uzluksiz o‘zgartirilib, boshqarib turiladi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinadigan grafikalarning
barchasi
amaliy jihatdan qaraganda interaktivdir.
Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar,
shuningdek printer, kino va videokameralar yor-damida hosil qilinadigan tasvirlar
kiradi.
24
Bu qurilmalar yordamida hosil qilinadigan tasvirga bevosita ta’sir qilib
bo‘lmaydi. Monitor qurilmasida tasvir hosil qilish jarayonini sichqoncha,
klaviatura, skaner qurilmalari yordamida istagancha boshqarish mumkin.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan hamma tasvir hosil qilish usullarining umumiy jihati
shundaki, ularda tasvir raqamli protsessor yordamida hosil qilinadi.
Grafik tasvir hosil qilishning zamonaviy usullari
bilan yaxshiroq tanishish
maqsadida kompyuter grafikasining uch turi — rastrli (nuqtali yoki pikselli),
vektorli (obyektli), fraktal hosil qilinishini ko‘rib chiqamiz. Bu uch turning asosiy
farqi ekran yuzasida yorug‘lik nuri haraktlanishining turlichaligidadir. Learning
to‘la farqi keyingi mavzularda chuqurroq ko‘rib o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: