2- savol bayoni: Sitologiya metodlari:
1. Mikroskopiya - eng asosiy metodlardan biridir. Turlari: MBR1, MBR3, MBI6, MBI11, MVBG, MBY3, MBI15, ME51, MBS1", MBS2, MBS3, MR Ergaval, Ampival, «Biolam -70», qora fondagi, yorug’lik mikroskopidan foydalanish, fazokontrastli, interfrension, fluoressent, polyarizasion, ul’trabinafsha va elektron mikroskoplar.
2. Sitofizik tekshirish metodlari- Rentgenstruktura analizi. Bu metod rentgen nurlari yordamida anorganik va Organik kristallarni, oqsil molekulalarining tuzilishini, nuklein kislotalar atomini, shuningdek gemoglobin, mioglobin, DNK kollagen va boshqalarning molekulyar struktura sini o’rganishda keng qo’llanilmoqda. Sitologik ob’ektlarni o’rganishda — fluoressent yoki lyuminessent mikroskoplar ham qo’llaniladi. Radioavtografiya — sitoximiyaning muhim metodlaridan biri bo’lib, radioaktiv izotoplarning qo’llanilishiga asoslangan. Bu metod bilan oqsillar, nuklein kislotalar biosintezi hujayra qobig’ining o’tkazuvchanligi, hujayrada moddalar to’planishi o’rganiladi.
3. Ultrastruktura metodlari- Polyarizasiey mikroskop yordamida hujayra strukturasidagi barcha komponentlarni jumladan, miofibrilalari, axromatin iplarini epiteliy hujayralarining tebranuvchi kiprikchalarini kuzatish va o’rganish mumkin.
4. Bioximiyaviy tekshirish metodlari- Bu metod yordamida hujayradagi anorganik va organik moddalarni aniqlash mumkin. Buni o’zi bir necha metodlarga bo’linadi: Miqdoriy analiz metodi , Ajratilgan hujayra struktura sini o’rganish metodi.
5. Hujayra gomagenatlarni fraksiyalash- Ultrasentrafuga usullarida foydalaniladi
6. Sitoximyaviy metod- bu metod o’z oldiga hujayra strukturasininig kimyoviy tuzilishini maqsad qilib qo’yadi.
7. Tirik hujayralarni tekshirish metodlari- bir necha tarmoqlarga bo’linadi: to’qimalar kulturasi metodi, hujayra klonini olish metodi, to’qimalarni o’stirish, tirik hujayralarni bo’yash metodlari. Tirik hujayralarni va to’qimalarni mikroskopda tekshirish har xil maqsadlar uchun qo’llaniladi: hujayralarni har xil tashqi ta’sirlarda o’zgarishini o’rganish uchun, hujayradagi modda almashinishini qonuniyatlarini ochish uchun, hujayraviy tuzilishlarni o’rganish uchun, sitoplazmani okishini, hujayrani o’tkazuvchanligini bilish uchun va boshqalar uchun.
Tirik hujayralarni o’rganish uchun maxsus preparatlar tayyorlanadi. Mayda organizmlar predmet oynasiga bir tomchi suv bilan birga qo’yiladi, ustidan yopgich oyna bilan yopiladi va mikroskopda tekshirilaveradi.
Gomogenlash
I Sentrifugalash II sentrifugalash
700g 10 min 5000 g 10 min
qayta suspenziyalangan
III sentrifuga IV sentrifuga
24000g 10min 54000g 60 min
Do'stlaringiz bilan baham: |