O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti


Prokariotlarning o’lchami va ko’rinishlari-



Download 11,23 Mb.
bet15/133
Sana25.02.2023
Hajmi11,23 Mb.
#914592
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133
Bog'liq
portal.guldu.uz-M`ajmua

Prokariotlarning o’lchami va ko’rinishlari- Prokariotlarning juda ko’pchiligi ancha kichik o’lchamli, asosan bir hujayrali organizmlar hisoblanadi. Bakteriyalarning katta kichikligi, ularning ichki qismlarini mikrometr (mkm) va nannometrlarda (nm) o’lchanadi.
Bakteriyalarni mahsus kattalashtiruvchi asbob yoki vositasiz ko’rib bo’lmaydi, chunki odamlarning ko’zi kichikligi 70-80 mkm gacha bo’lganlarnigina ko’radi holos. Prokariotlar hujayrasini ko’rish va uni o’rganish uchun yorug’lik yordamida ishlatiladigan mikroskoplar va elektron mikroskoplardan foydalaniladi. Yorug’lik yordamida ishlaydigan mikroskoplarni kattalashtirib berish darajasi 0.2 mkm gacha, bunday holat elektron mikroskoplarda esa 0,15-0,3 nm gacha boradi. Agar bu raqamlarni odam ko’zining ko’rish imkoniyatlari bilan taqqoslansa, mikroskoplarni kattalashtirib bergani, odamni ko’rishiga nisbatan 250-500 ming marta ortiq xisoblanadi.
Prokariot hujayralarining o’lchamlari 0,3-3 mkm orlig’ida bo’ladi. Bu raqamlarni ko’z oldimizga keltirish uchun, agar biz 0,5 mkm kattalikdagi bakteriya hujayrasini ko’knori urug’ining donasi darajasigacha kattalashtirsak, uholda ko’knori urug’ini ham shuncha martagacha kattalashtirilganda uni o’lchamlari diametrga 2 m keladigan shar darajasigacha etadi, bu bakteriyalar hujayrasining o’lchamlari naqadar kichik ekanligidan dalalat beradi. Bakteriyalarning katta kichikliklarini chegarasi ancha katta. Ular orasida gigantlar va pigmeylari, ya’ni juda kichiklari ham bor. Masalan, Achromatium oxaliferum hujayrasining uzunligi 125 mkm atrofida bo’lsa, Beggiaton gigantea hujayrasining ko’ndalang kesmasi 55 mkm gacha, uzunligi esa bir necha millimetrgacha boradi. Ammo gigant, bunday kattalikdagi bakteriyalar tabiatta kam uchraydi. Tayoqchasimon shakldagi ko’pchilik bakteriyalar hujayrasining uzunligi 5 mkm dan unchalik oshmaydi, ko’ndalang kesimini o’lchami esa 1 mkm atrofida bo’ladi. O’lchamlari eng kichik prokariotlarga mikoplazmalar guruhi mansub bo’lib, hujayralarining o’lchami 0,12-0,15 mkm keladi holos. Olimlarning xisoblariga qaraganda mikplazma hujayrasida 1200 oqsil molekulasi bo’lib, u, 100 ga yaqin turdagi fermentativ reaktsiyalarni amalga oshirar ekan. Bu miqdor hujayraviy darajadagi hayotiy faoliyatni ta’minlovchi minimum bo’lsa ajab emas.
Mikroorganizmdar hujayralarining o’lchamlari ularni tuzilish darajalari bilan bog’langan bo’lib, u shu hujayraning yoshi, o’sayotgan oziq muhitining tarkibi va hususiyati kabi bir qancha omillar ta’siriga bog’liq. Barcha prokariot organizmlar hujayralarini yuzasi ularning hajmlariga nisbatan ancha katta bo’lib, bunday holat ularda ro’y beradigan moddalarning almashinuvi naqadar faol darajada ta’minlash imkoniyatlarini beradi. Bulardan tashqari prokariotlarning eng kam og’irlikka egaliklari, shu bilan birga o’lchamlari nihoyatda kichikligi tufayli, ularni havo oqimi bilan ham hamma erda hoziru-nozir darajada bo’la olishlarining imkoniyatlarini beradi.
Prokariotlarning juda ko’pchiliklarini hujayra shakli asosan uch xil; tayoqchasimon, sharsimon va burama ko’rinishlarida bo’ladi.
Tayoqchasimon, boshqacha aytganda tsilindr shakldagi bakteriyalar o’zlarining shakli, uzunasiga va ko’ndalangiga kattaliklari, hujayra uchining ko’rinishi hamda o’zaro joylanishlariga ko’ra farqlanadilar. Tayoqchasimon bakteriyalarnig ko’pchiligi to’ppa to’g’ri tsilindr shaklida, ba’zilarida qayrilmagan, ayrimlarida biroz bukilgan holda ham bo’ladi. Bukilib qayrilgan holat vibrionlarda uchraydi. Ayrim bakteriyalarda, masalan, mikobakteriyalarda ipsimon tuzilish ham uchraydi.
Tayoqchasimon bakteriyalarning uzunligi 1 mkm dan tortib to 8 mkm gacha, ularning ko’ndalang kesimini o’lchamlari 0,5-2 mkm atrofida bo’ladi. Odamlarda kasalliklarni qo’zg’atuvchi, masalan, qorin tifi, ich ketar (dizenteriya) bakteriyalarining uzunligi ko’ndalang kesimi o’lchamidan biroz kattaroq xolos, shu tufayli ularni mikroskopda qaraganda sharsimonlardan farqlash qiyin bo’ladi. Ayrim bakteriyalarda masalan, odamlarda qoqshol (stolbnyak) kasalligani qo’zg’atuvchi hujayrasining uzunligi, uni ko’ndalang kesimi o’lchamidan ancha uzun va mikroskopda boshqalardan osongina farqlash mumkin.
Kichik o’lchamli bakteriyalarning ikki uchi to’ppa to’g’ri, yumaloqlangan, tekis kesilganday, uchli, yo’g’onlashgan shakllarda bo’ladi. Tayoqchasimon bakteriyalarning ko’pchiligi o’zaro joylanishiga ko’ra hech bir tartibsiz, diplobakteriyalarda juft holda, streptobakteriyalarda bir biriga ulashib zanjir ko’rinishlarda joylashadi.
Sharsimon shakldagi bakteriyalarni kokki (don) deyilib, tekis sferik yoki notekis shar shaklida, gonokoklarda kurtaksimon, pnivmakoklarda esa yonayotgan sham alangasiday (lentasimon) ko’rinishlarda bo’ladi. Kokkilarni o’rtacha diametri 0,5-1,5 mkm atrofida bo’ladi. Kokki hujayralarining o’zaro joylanishidagi belgilariga ko’ra ular streptokokki, stafilokokki, sartsinalarga farqlanadi. Ayrim turlari tetrakokkilar ham hosil qiladi.
Diplokokkilar odatda juft holda joylashadi. Bunday holat pnevmokokklar, meningokokklarga ham mansub bo’lib, ular odamlarda og’ir kasalliklarni qo’zg’atadi. Stafilokokk hujayralarining to’plamlari bir bosh uzum shakliga (stafus) o’xshaydi.
Bakteriya hujayrasini bir biriga nisbatan ikkita ko’ndalang yo’nalishlarda bo’linishlaridan kokkilar tetradasi yuzaga keladi, mobodo uchta yo’nalishda hujayra bo’linadigan bo’lsa 8 ta yoki undan ko’proq miqdordagi yosh hujayralar to’plami hosil bo’ladi. Bunday holat Sarcinia turkumiga mansub bakteriyalar guruhiga hosdir
Sharsimon bakteriyalarning ayrimlarida hujayralar ma’lum tartibda joylashmaydi. Bunday holat Microcaccus turkumiga mansub bakteriyalarda kuzatilab, ularning hujayralari yakka, juftlanib tetradalar hosil qilib yoki to’p-to’p ko’rinishlarda ham joylanishi mumkin.
Burama ko’rinishdagi bakteriyalarni spirilla (Spira-burama) deyilib, bir yoki ikki marta aylanma burama hosil qilgan. Burama bakteriyalar faqat shunday ko’rinishlarda bo’lib qolmay, boshqacha shakllarda masalan, tutashgan yoki tutashmagan halqa, o’simtali olti burchakli, ba’zan chuvalchangsimon tuzilganlari ham uchraydi.
Yuqorida bayon qilingan uch hil ko’rinishlardan tashqari, bakteriyalar tabiatta boshqacha shaklga ega bo’lganlari ham bor (2-rasm). Mikobakteriyalar turlicha tayoqchasimon ko’rinishlarda tarmoqlagan bo’lsa, aktinomitsetlar zamburug’lar mitselliysiga o’xshagan tarmoqlangan hujayralardan iborat.
O’simlik poyasiga va kurtagiga o’xshash tuzilishli bakteriyalar hujayralarinio’simtalari bo’lib, ularni prostek deb atash odat bo’lgan. Bunday tuzilishli bitta hujayra 1-8 ta turlicha ko’rinishdagi prostekli bo’lishi mumkin. Prosteklarni vazifasi turlicha. Hyphomicrobium turkumiga mansub bakteriyalarda prostekning uchida kurtak hosil bo’lib u ko’payish vazifasini o’taydi. Caulobecter turkumiga mansub bakteriyalarda prosteklar hujayra joylashgan substrat, ya’ni o’rni bilan ko’proq yuzada tasirlanishini oshirib , bu bilan oziq moddalarning kirishini orttirsa kerak, degan fikrlar bor. Mikoplazmalar-o’ta darajadagi mayda bakteriyalarda, hujayra po’sti bo’lmaganligi tufayli, aniq bilinib turadigan polimorfizmga ega va ularning hujayralari sharsimon, tayoqchasimon yoki ipsimon shakllarda ham bo’ladi.

Download 11,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish