Tsitoplazmatik membrana va uning hosilalari. Tsitoplazmatik membrana hujayra devorining shundoqqina tagiga joylashib protoplastni o’rab turadi. U hujayraning doimiy qismlariga kiradi va barcha prokariotlarning hujayrasida bo’ladi. Tsitoplazmatik membrana hujayra umumiy og’irligining 8-15% miqdorini tashkil qiladi.
Tsitoplpzmatik membrana ximiyaviy tarkibiga ko’ra, murakkab tuzilishli oqsil-lipid majmuasidan iborat, undagi lipid miqdoari 15-30% ni, oqsil esa 50-70% ni tashkil qiladi. Ulardan tashqari 2-5% miqdorda uglevodlar va RNK ham uchraydi. Uglevod asosan glikolipid va glikoproteid holida bo’ladi.
Tsitoplazmatik membrananing lipidlari asosan ishqoriy yoki kislotali bo’lmagan-neytral lipidlardan va fosfolipidlardan iborat, ayrim bakteriyalarda glikolipidlar ham bo’ladi, Neytral lipidlar va fosfolipidlrning tarkibiga yog’ kislotalari kirib, ulardagi uglerod atomlarining soni 16-18 taga etadi. Tsitoplazmatik membrananing lipidlaridan glitseridlar, xinonlar, ayrim bakteriyalarda karotinoidalar ham bor. Tsitiplazmatik membranada erkin holdagi yog’ kislotalar, yuqorida aytib o’tganimizday tarmoqlangan uglerod zanjirli va tsikloparafinlar guruhlariga mansub yo. kislotalari ham bo’ladi. Yog’ kislotalarning bo’lishi bakteriyalar membranasidagi lipidlarga xarakterli hisoblanadi. Fosfolipidlardan fosfotidilglitserin, fosfotidilserin, fofotidilnozit, fosfotidiletanolamin hamda fosfotidilglitserinning lipoaminokislotalar deb ataladigan hosilalari ham bo’ladi. Lipoaminokislotalarning bo’lishi bakteriyalar membranasini fosfolipid tarkibining hususiyatlaridan hisoblanadi.
Bakteriyalar membranasi lipid tarkibining hususiyatlaridan bo’lib mazkur bakteriyalarda o’sish, rivojlanish hususiyatlariga bog’liq holda lipidlarning sifat tarkibi va ularning miqdori jihatidan o’zgarib to’rishidir. Turli sistematik guruhlarga mansub bakteriyalarning membranasini lipid tarkibi o’zaro anchagina farq qilishi aniqlangan.
Tsitoplpzmatik membrananing oqsilli funktsiyasi fermentlik hususiyatiga ega va unda tarkibini tashkil etuvchi, organik va anorganik moddalarni tashuvchi peptidoglikan, teyxo kislotalari, lipopolisaxaridalr, membrana lipidlprini sintezida ishtirok etuvchilari va polisaxaridalr bo’ladi. Bakteriyalarning membranalarida adenozintrifosfataza (ATF-aza) ham topilgan. Escherichia coli bakteriyasining tsitoplazmatik membranasida 120 ga yaqin oqsillarning turlari aniqlangan. Bu oqsillarning aminokislotalarini tarkibi boshqa bakteriyalar hujayralarining oqsillaridan farq qilmaydi.
Tsitoplazmatik membrananing qalinligi 7q10 nm bo’lgan ikkita elektron qavat va ularni oralig’idagi elektron-shaffof qavatdan iborat. 3 chi elektron qavat lipidlardan iborat bo’lib, ularda oqsil molekulalari joylashgan. Tsitoplazmatik membrananing oqsil molekulalari lipid qavatida joylanish harakteriga ko’ra yuzaki, sirtqi va integralga (oraliqdagi) bo’linadi. Yuzaki va sirtqi joylashgan oqsillar membrananing lipid qismi bilan kuchsiz bog’langan va fermentativ faollikga ega. Integlar oqsillar lipid molekulalariga shuchalik kirishib ketganki, ularning fermetativ faolligi faqat lipidlar ishtirokidagina ro’y beradi (7-rasm).
Prokariotlarda tsitoplazmatik membrana turli vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar qatoriga hujayraning osmotik to’sig’i bo’lishi, oziq muhitdagi moddalarni tsitoplazmaga o’tkazish va moddalar almashinuvi natijasida yuzaga kelgan ayrim birikmalarni tashqariga chiqarish kiradi. Membranada permeaza fermentlar to’plangan bo’lib, ular suyuq muxitdagi organik va anorganik moddalarning molekulalarini tsitoplpzmaga faol ravishda o’tkazishni amalga oshiradi. Tsitoplazmaning ferment oqsillari membrana lipidlari sintezining oxirgi bosqichlarini yakunlanishida, hujayra devorining moddalarini, ekzofermentlarini hosil bo’lishida ishtirok etadi. Membranada oksidlovchi va elektronlar transportini ta’minlashda ishtirok etuvchi fermentlar ham bor.
Bakteriyalarda tsitoplazmatik membrana hosil bo’lib, uni o’sib, kattalashib borish tezligi, hujayra devorining o’sishidan tezroq bo’lganligi tufayli, unda turli shaklga ega bo’lgan burmalar, xaltasimon ko’rinishli hosilalar paydo bo’ladi. Turli sistematik guruhlarga mansub bakteriyalardagi har xil shaklli xaltasimon burmalarni mezosoma deb ataladi.
Bakteriyalarning mezosomalari o’zlarining shakli, o’lchamlari va hujayrada joylashishiga ko’ra turlicha bo’ladi. Mezosomani eng oddiy tuzilganlari vezikula, ya’ni pufakcha, ancha murakkablari lammelyar, ya’ni yapaloq, tubulyar ya’ni naysimon ko’rinishlarga ega. Murakkab tuzilishga ega bo’lgan mezosomalar grammusbat bakteriyalarning tsitoplpzmatik membranalarida ko’proq uchraydi. Grammanfiy bakteriyalarning ko’pchiligida mezosomalar ancha oddiy tuzilgan, faqat azotfiksatorlar, nitrobakteriyalar va metan gazini oksidlovchilaridagina murakkab tuzilishli mezosomalar bo’ladi holos.
Mezosomalar ayrim bakteriyalarda htsjayra bo’linganidan keyin ko’ndalang to’siqni hosil bo’lishida ham ishtirok etadi. Hujayra nukleoidi bilan bevosita bog’liqda bo’lgan mezosomalar DNK replikatsiyasida va shu bilan birga xromosomalarni o’zaro ajralishalrida ham bevosita ahamiyatga ega. Mezosomalar hujayrani bo’linishida, sporalar xosil bo’lishida, hujayra devorining tarkibiy qismlarini yaratilishida, moddalarva energiya almashinuvida ham ishtirok etadi. Bundan tashqari mkzosomalar, bakteriya hujayrasi bo’linganidan keyingi yuzaga kelagn yosh hujayralarni ajralib ketishi, shu bilan birga unda ro’y beradigan fermentativ jarayonlarni yanada jadalroq amalga oshishi uchun sharoitlar yaratadi.
Fosofsintezlovchi bakteriyalarning tsitoplazmasida membranali hosilalar ham bo’lib, ularni xromotoforlar deyiladi. Xromotoforlarda yorug’lik energiyasini o’ziga yutadigan va fosofosintezni amalga oshiradigan pigmentlardan bakterioxlorofillar va karotinoidlar, elektron tashishda ishtirok etadigan fermentlardan ubixinonlar va tsitoxromlar, hamda, fosforlanish sistemasining qismlari joylashgan. Xromotoforlar fotosintezlovchi bakteriyalarning hujayralarida tsitoplazmatik membrana bilan aloqada bo’lgan naychalar, pufakchalar, yassi qo’shaloqlangan to’garak-gardish ko’rinishlaridagi murakkab sistemalar xam hosil bo’ladi. Fotosintezlovchi bakteriyalar qorong’ilikda geterotrof oziqlanishga o’tishi bilan xromotoforlar yo’qolib ketadi va yorug’likda yana paydo bo’ladi.
Bakteriyalar hujayrasining tsitoplazmasidagi membrana tuzilishli sistemalarning shakllanib, ularni yuzaga kelishi, tsitoplpzmatik membrananing faollik yuzasini yanada orttirish, shu bilan birga, hujayra bajaradigan vazifalarni xilmi-xilligini oshirishga yo’naltirilgan, deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |