O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi


Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari



Download 1,48 Mb.
bet17/73
Sana09.11.2022
Hajmi1,48 Mb.
#862672
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-TABIATSHUNOSLIK VA UNI O’QITISH METODIKASI

Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:

1. Individual, umumiy (frontal), ommaviy so'rovda qiziqarli bilim materialidan foydalanish xususiyatlarini izohlab bering.


2. Mavzuni o 'rg an ish , chorak, yil oxirida o 'tilg an m aterialni takrorlashning metodik asoslarini yoritib bering.
3. Mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan amaliy vazifalarni yechish o'quvchilar bilimlarini tekshirishga qo'yilgan metodik talablar haqida m a’lumot yig'ing.
4. 1 - 4 - sinflar uchun «Kundalik kuzatish daftari»ni tahlil qiling va berilgan topshiriqlarni taqqoslang.
5. 1 - 4 - sinflar uchun «Kundalik kuzatish daftari»da shahar va qishloq sharoitlarida tabiat kalendari (taqvimi)ni yuritishning variantlarini ishlab chiqing.
6. 2 - 3 - sinf mavzularidan biri bo'yicha savol va topshiriqlar tuzing.
7. 4- sinf «K undalik kuzatish daftari»dan tabiat va mehnat kalendarining sxemasini tuzing.


Foydalangan adabiyotlar:

1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.


2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil
3. Bahramov A., Tabiatshunoslik. Darsligi 3-sinf. T:.“Cho’lpon” nashriyoti.
2014.
4. Bahramov A., Tabiatshunoslik. Darsligi 4-sinf. T:. “Sharq” nashriyoti 2014.


5- MAVZU.BOSHLANG’ICH MAKTAB TABIATSHUNOSLIK FANINING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY VAZIFALARI
Reja
1. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.
2. O’quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilish.
3. Vatanparvarlik va baynalmilalchilikni tarbiyalash.
4. Tabiatga muhabbat va uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash.
5. O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash.


Мavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:ta’limiy va tarbiyaviy vazifalar , maqsad vazifa ,savol va topshiriqlar, rivojlantirish.
Ma'lumki, boshlang’ich sinflarda “Atrofimizdagi olam” (1-2-sinflarda) va “Tabiatshunoslik” (3-4-sinflarda) fanlari o’qitiladi. “Tabiatshunoslik” fani “Atrofimizdagi olam” fanining davomi bo’lib, o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash imkoniyatlariga ega.
“Tabiatshunoslik” fani yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi: unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo’riqlash, asrash, in'omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o’z qo’llari bilan yaratish va ko’paytirishga chorlaydi.
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o’rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvurni shakllantirish kerak. O’quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish g’oyat muhimdir.
Shu talablarga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarga:
-O’zaro bog’liqligi ochib berilgan jonli va jonsiz tabiat to’g’risida aniq bilimlar berish;
-Odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida ma'lumotlar berish;
-Ularni tabiatda kuzatishlar o’tkazish uquvi va ko’nikmalari bilan qurollantirish;
-Tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko’paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;
-Jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash kerak.


Umumta'lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o’zgarishlar, ko’rsatilgan vazifalar, tabiatshunoslik kursida o’quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e'tiborni yanada kuchaytirishni, “har bir o’quvchining gigiyena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o’z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi” uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Og’zaki, ko’rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko’proq qo’llanilmoqda.
Tabiatshunoslik bo’yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o’yinlar, o’lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog’lamoq zarur.
Bularning hammasi o’qituvchiga tabiatshunoslik bo’yicha o’quvchilar bilan shug’ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta'sir ko’rsatishga ham imkon beradi. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, geografiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Tabiatshunoslik darslari mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o’quvchilarni odam mehnati - uning jismoniy va ma'naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o’qituvchi mehnatga muhabbatni, astoyidil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatni tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda “Maktab xodimlari mehnatiga hurmat”, “Maktab oldi maydonidagi ishlarga qatnashish”, “Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari”; 2-sinfda “Kun tartibidagi mehnatning turlari”, “Xona o’simliklarini parvarish qilish”, “Qurilish,sanoat korxonalarida ishlovchi odamlarning kasblari”, “Mavsumlar bo’yicha maktaboldi maydonidagi ishlar”; 3- sinfda “Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar mehnati”, “Mehnat va dam olish rejimi (tartibi)”, “Dalada, bog’da, polizda odamlar mehnati”, “Maktaboldi maydonida odamlar mehnati”, “Foydali qazilmalarni olish”; 4- sinfda “Cho'llarda, dashtlarda, o’rmonda, tog’larda, tundrada odamlar mehnati”, “Yer osti boyliklari, suv, havo, o’simliklar, hayvonlar muhofazasi bo’yicha odamlar mehnati” mavzularidir. Mehnat mavzusi o’quvchilarning kompleks tarbiyasida katta o’rin egallaydi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish