O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi


Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish



Download 1,48 Mb.
bet18/73
Sana09.11.2022
Hajmi1,48 Mb.
#862672
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-TABIATSHUNOSLIK VA UNI O’QITISH METODIKASI

Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish. Tabiatshunoslik darslaridagi ta'lim va tarbiya jarayonida asosiy e'tibor o’quvchilar tomonidan dasturlarda mo’ljallangan bilim, o’quv va ko’nikmalarni egallab olishgagina emas, balki ularda idrok qilish qobiliyati, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga ham qaratilmog’i lozim. O’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bo’yicha ish dasturida belgilangan doirada, dastur materialida, maktabning barcha ta'lim-tarbiya ishlari bilan bog’liq holda olib borilishi kerak.
O’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga rahbarlik qilish ularni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishga va shu kabi operatsiyalarni uquv bilan bajarishga o’rgatish, shuningdek, ularga oddiy tushunchalarni o’zlashtirish, o’z mulohazalarini bayon qilish va xulosalar chiqarishlariga yordam berish demakdir. Shunga intilish kerakki, ularning nutqi aniq, izchil va isbotli bo’lsin, tabiatshunoslik atamalaridan foydalanishga asoslansin. O’qitish jarayoni, agar u to’g’ri tashkil etilgan bo’lsa, shu paytning o’zida o’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilmog’i zarur.
Mantiqiy uslublar (taqqoslash, tahlil qilish va sintezlash, mavhumlashtirish, konkretlashtirish, umumlashtirish)dan tabiatshunoslikni o’qitishda foydalanish, tushunchalar, mulohazalar, muhokamalar ustida ishlash - bularning hammasi pedagogik jarayonni boyitadi, uni yana ham mazmunliroq qiladi, o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishini kuchaytiradi.
Tabiatshunoslik darslari o’quvchilarning aqliy jihatdan rivojlanishi uchun, jumladan, tafakkurning rivojlanishi uchun boy material beradi. Til va tafakkur ajralmasdir, tilsiz inson tafakkurining, tafakkursiz tilning bo’lishi mumkin emas. O’quvchilar tabiat jismlarining nomlarini atab, ular to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini izhor qilib, shu narsalarni idrok qiladilar va ularga o’z munosabatlarini ko’rsatadilar. O’quvchilarning nutqi ustida ish olib borish bilan bir vaqtda o’qituvchi ularning tafakkuri ustida ham ish olib boradi, o’quvchilar fikrining aniqligi, tushunarliligi, izchilligi va asoslanganligini tarbiyalaydi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish