O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya


Jamoalar va xodimlarni boshqarishning asosiy vazifalari: Tashkilot ijtimoiy tuzilma sifatida. Asosiy boshqaruv vazifalari



Download 1,31 Mb.
bet297/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

Jamoalar va xodimlarni boshqarishning asosiy vazifalari: Tashkilot ijtimoiy tuzilma sifatida. Asosiy boshqaruv vazifalari.

Tashkilot missiyasi. Kadrlar siyosatidagi eng muhim jihatlardan biri ushbu siyosatda tashkilot qadriyatlari, uning yuksak maqsadi – missiyasining mujassamlashganligidir. Ma’lum ma’noda missiya – mukammal ishlangan, aniq qadriyatlarga asoslangan tashkilot falsafasidir. Dunyodagi deyarli barcha iqtisodiy tetik va nufuzli tashkilotlar o’z missiyasi orqali ifodalanuvchi falsafasi (mafkurasi)ga ega. Fikrimizcha, tashkilotdagi kadrlar siyosatining negizi aynan shu korxona missiyasiga borib taqaladi va shu sababli tashkilot missiyasi tushunchasi haqida batafsilroq so’z yuritmoqchimiz.

Missiya – tashkilotning ijtimoiy foydali tomonini aks ettiruvchi oliy maqsad bo’lib, unda korxona o’zi ko’z oldiga keltiruvchi eng oliy yutuq ifodalanadi.

Tashkilot missiyasi aniq ifodalangan ijtimoiy ehtiyojlarga yo’nalgan bo’lib, korxona butun kuch-g’ayratini, shu yo’nalishdagi vazifalarni amalga oshirishga sarflaydi.

Menejment sohasidagi yirik arboblarning fikricha, muayyan biznesni ifodalovchi va uning ahamiyatliligini belgilovchi eng yuksak omil – mahsulot va xizmatni iste’mol qiluvchi mijozdir. Mijozni qoniqtirish har qanday biznesning missiyasidir. Biznes sohasini tadqiq etuvchi olima E.S Yaxontova missiyaning tashkilot miqyosida amal qilishini kuyidagicha tasvirlaydi (4.1.1-rasm):

Tasvirdan ko’rinib turganidek, tashkilot missiyasi eng yuksak pog’onadan borgan sari tashkilotning hamma bo’g’inlari va alohida xodimlar darajasiga singib boradi. Missiyaning barcha qismlar o’rtasida uyg’unlashuvi ta’minlangan taqdirdagina tashkilot strategik maqsadlarga bir butun organizmdek harakatlanishi mumkin. O’z mohiyatiga ko’ra, missiya tashkilotning o’zagini tashkil etadi va uning atrofida tashkilotning barcha faoliyat jabhalari mujassamlashadi. Tashkilot missiyasini to’g’ri ifodalash katta ahamiyatga ega bo’lib, uni ishlab chiqish vaqtni va kuchli ekspertlar ishtirokini talab qiladi.

Shu munosabat bilan jahon bozorida etakchi o’rin tutgan ayrim kompaniyalar targ’ib qiluvchi missiyalar haqida to’xtalib o’tmoqchimiz.

"IKEA" - Kundalik hayotni yanada go’zalroq qilish. "IKEA"ning biznes-g’oyasi turli mamlakatlarda yashovchi insonlarga, ularning ehtiyojlariga mos va narxi manzur keluvchi zamonaviy mebellarni etkazish.

"Volvo" avtomobil’ kompaniyasi – eng xavfsiz avtomobillar ishlab chiqarish.

"Ford" avtomobil’ kompaniyasi – omamabop va hammaga manzur keluvchi avtomobillar yaratish.

Tashkilot madaniyati. Tashkilotning quyidagi asosiy funkciyalari mavjud:



1. Ishlab chiqarish.

2. Jamoada amal qiluvchi qadriyatlarni uyg’unlashtirish

3. Tashkilot miqyosidagi tarbiyaviy jarayonni boshqarish, ya’ni jamiyat, mehnat jamoasi maqsadi va xodimlar manfa-atlarini o’zaro muvofiqlashtirish yo’lidagi faoliyat.

Ta’kidlab o’tilgan ikkinchi va uchinchi vazifalarni amalga oshirishning obyektiv asosi sifatida tashkilotning ijtimoiy-madaniy sohasi ishtirok etadi. Aynan shu soha orqali barcha manfaatdor tomonlarni jipslash, yagona jamoa tarkibida ularni ahillashtirish imkoniyati mavjud.

Ma’lumki, tashkilotning tizim sifatida samarali va aniq ishlashi, unda qabul qilingan va amal qiluvchi normalar, a’ana va qarorlar ijrosi bilan belgilanadi. Tashkilot hayotini bunday tarzda me’yorlab turuvchi bir qancha holatlar mavjud bo’lib, ular qatoriga normalar, jamoa qadriyatlari, an’analar, tashkilotning umumiy maqsadi ifodalanuvchi missiya kabilar kiradi va bu jihatlar tashkilot madaniyati deb atalmish ibora orqali mujassamlashadi.

Tashkilotda amal qiladigan me’yoriy tomonlar xodimlar tomonidan ko’r-ko’rona qabul qilinmay, balki ularning shaxsiy manfaatlari bilan uyg’unlashgan bo’lishi juda muhimdir. Bunday uyg’unlashganlik insonga xos bo’lgan ba’zi bir ma’naviy jarayonlarni tashkilot doirasiga joriy etish va tashkilot miqyosida tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Shu munosabat bilan tashkilot manfaatlarida xizmat qiluvchi va amalga oshuvchi ustuvor axloqiy me’yorlar ushbu korxona madaniyatini tashkil etadi.

Afsuski, tashkilot madaniyatini ta’riflashda hozirga qadar bir tomonlama yondoshuv ko’p kuzatilmoqda. Tashkilot madaniyati shu jamoaga xos qadriyat, norma va me’yoriy jihatlardan iborat deb talqin etish aksariyat ko’pchilik sociologik va menejment yondoshuvlari xususiyatidir. Bunday yondoshuv ma’lum jihatdan chet el adabiyotida mavjud ”Organizational culture” degan iboraning tarjimasi bilan asoslanadi. Ushbu tarjimaning to’la mazmunini ta’minlash niyatida va bir tomonlama ta’rifdan voz kechgan holda, tashkilot madaniyatini jamoa xodimlariga xos ichki, ma’naviy jihatlar bilan hamohang tushunish juda muhimdir. Bunday talqinda tashkilotning ma’naviy tomoni bilan personalning ichki dunyosi, g’oyaviy va ruhiy yakdilligi markaziy o’ringa qo’yiladi. Shu munosabat bilan, tashkilot madaniyati tushunchasini to’laroq anglash maqsadida uni tashkiliy madaniyat iborasi orqali boyitishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Tashkiliy madaniyat, korxonaning asosiy maqsadga erishish yo’lidagi barcha kuch va imkoniyatlarni tashkillash-tirish natijasidir. Tashkiliy madaniyat umummaqsad yo’lida xodimlar va bo’linmalar orasida mutanosib harakatlarni tashkil etish shaklidir. Bunday tadbir esa tashkilot miqyosidagi xodimlar tomonidan qabul qilingan qadriyatlar, normalar va an’analarga asoslanadi. Tashkiliy madaniyat qanchal qanchalik mukammallashgan bo’lsa, korxona o’z maqsadiga shunchalik tez va samarali erishadi.

Kadrlar siyosatidagi jihatlardan yana biri, korxona personalining tashkilotdagi bo’lib o’tayotgan jarayonlar, voqyealar, narsa va hodisalarga nisbatan yakdil, ya’ni umumiy qarashning mavjudligidir. Yakdil qarash o’zaro faoliyatning umumiy jihatlariga bir xil munosabatda bo’lishdir.

Yuqorida qayd etilgan tashkiliy-madaniy tomonlar, tashkilotning ma’naviy dunyosini ifodalaydi va inson resurslari salohiyatini kuchaytirishda asosiy omil bo’lib ishtirok etadi





Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish