O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya



Download 1,31 Mb.
bet241/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

Hukmlar sifatiga ko’ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;

  • Hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juz'iy, xususiy va umumiy hukmga;

  • Hukmlarning munosabatiga ko’ra: shartli, ayruvchi, va qat'iy hukmlarga;

  • Hukm taxminiy ko’rinishga ega bo’lishi ham mumkin.

    Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechog’lik muhim bo’lishiga yoki voqelikka mos kelish-kelmasligiga bog’liq. Masalan, ertaga yomg’ir yog’ishi mumkin. Paxta rejasi to’lib qolsa kerak.

    Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar hukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi bog’liqligi borligi aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi hukm deb ataladi. Masalan, O’zbekistonda pilla yetishtirilmaydi. Toshkentda oliy maktablar qurilmagan. Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka, yolg’iz narsa va hodisa to’g’risidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Masalan, Toshkent - O’zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan biridir. Belgining biror turkumigagina taalluqliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm juz'iy hukm deb ataladi. Masalan, ba'zi metallar elektr tokini o’tkazmaydilar. qarzdor talabalar sessiyaga qo’yilmaydi. Jamoaning ayrim brigadalari majburiyatga yarasha mehnat qilmaydilar. Bir turkumdagi narsa va hodisalarning hammasi to’g’risida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb ataladi. hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Masalan, agar talaba sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u yaxshi va a'lo baholar oladi. Agar o’quvchi darsga diqqat qilmasa, yangi materialni o’zlashtira olmaydi. hukmda narsalar va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi bitta unga tegishli bo’lsa, bunday hukmga ayruvchi hukm deb ataladi. Masalan, jismlar yo qattiq, yoki suyuq, yoki gazsimon holda bo’ladi.

    Narsa bilan belgi o’rtasidagi aloqaning bor yoki yo’qligi qat'iy shaklda aks ettirilsa qat'iy hukm deb ataladi. Masalan, bahorda barcha joylarda ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yonish kimyoviy jarayondir.

    Narsa va hodisalar bilan ularning xususiyatlari o’rtasida aloqa bo’lishi ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson o’z fikrlarini quyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin. Ehtimol, Marsda organik hayot bordir. XXI asrning oxirlarida fan-texnika yanada rivojlanib, taraqqiy etishi mumkin va boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik hukmlari deb ataladi. Narsalar bilan xususiyatlar o’rtasidagi aloqani taxminan emas, balki haqiqatdan aniq bilganimizda biz o’z fikrimizni mana bunday shaklda izhor qilamiz. Fakultet kutubxonasida ko’p yangi kitoblar mavjud. Maktabimizdagi kimyo xonasi juda yaxshi uskunalar bilan jihozlangan. Bunday hukmlar voqelik (assertorlik) hukmlari deb ataladi.

    Hukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda bo’lgan voqea qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab beriladi. Masalan, butun dunyoda tinchlik g’alaba qozonishi muqarrar, sezgilarning intensivligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Bunday hukmlar zaruriy (apodiktik) hukmlar deb ataladi. Bunday hukmlarda inson narsa, voqelik, hodisa bilan uning xususiyati o’rtasida mustahkam bog’lanish borligini va bu bog’lanishga zid keladigan boshqa bir holning bo’lishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yo’l bilan hosil qilinishi ta'kidlab o’tiladi. Birinchi yo’l bilan hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo’lgan narsalarning bevosita o’zi ifodalanadi. Ikkinchi yo’l bilan esa bevosita mulohaza yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning birlamchi yo’li aks ettirilgan. Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza yuritish yordamida hukm chiqaradilar. Ular chiqaradigan hukmning to’g’riligi amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yo’l bilan hukm chiqarishga misoldir.


    Download 1,31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   349




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish