O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya


-rasm pedagogik psixologiyaning asosiy metodlari



Download 1,31 Mb.
bet149/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

5-rasm pedagogik psixologiyaning asosiy metodlari

Quyida psixologiya jumladan, pedagogik psixologiya fanida eng samarali, ishlatilishi qulay va olingan natijalar ishonchliligi yuqori bo’lgan kuzatish metodiga to’xtalib o’tamiz.

Kuzatish metodi tavsifi

Kuzatish metodi qadimgi empirik metodlar guruhiga mansub bo’lib, unda hozirgi kunda sifat jihatidan katta o’zgarishlar yuz berdi. Uning obyekti ko’lami kengaydi, murakkab jarayonlarni o’rganish imkoniyati tug’ildi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, shakli va vositalari ko’paydi, obyektivlik darajasi ortdi. Kuzatish psixologiya fanining barcha sohalarini universal tadqiq qilish metodiga aylanib qoldi. Shu boisdan bugungi kunda uning ahamiyati yangi bir yuksak darajaga ko’tarildi. Tatbiqiylik ko’lami yanada kengaydi, statistik metodlarga moslashuvchanligi bilan boshqa tadqiqot metodlaridan ajralib turadi.

Yo’qoridagi mulohazalarga asoslangan holda uning yoritilmay qolgan jihatlari to’g’risida mulohaza yuritamiz.

Kuzatish texnikasi.

1. Voqyelikni kuzatish oqimini muayyan qismlarga ajratish (klasifikatsiyalash).

2. Kuzatishning ko’lami va xarakterini aniqlash.

3. Kuzatishni qayd qilish (fiksatsiyalash).

4. Olingan natijalarni sifat va miqdor jixatdan tahlil qilish.

Kuzatish obyekti va predmeti.

1. Kuzatishning obyekti – inson, guruhiy va jamoaviy munosabatlar, obyektiv va subyektiv kechinmalar, hayvonot olami, shaxs faoliyati kabilarni o’rganishdan iboratdir.

2. Kuzatishning predmeti – insonning holati, uning harakat te’zligi, harakatning kuchi, hamkorlik harakati, odamning ongsiz, ongosti va ongli holatlari (faoliyat, muloqot)ni eksteriorizatsiyalashdan iboratdir. Bunda quyidagilar inobatga olinishi zarur:

A) amaliy va gnostik harakat;

B) nutq aktlari, ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo’nalishi, chastotasi, ritmi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi va fonetik qurilishi;

V) mimika, imo-ishora, pantamimika, vokal mimikasi;

G) vegetativ reaksiyalarning ayrim ko’rinishlari (qizarishi, terlash, oqarish, nafas olishning tezlashuvi va qiyinlashuvi)

Kuzatish iyerarxiyasi

1. Kuzatishning maqsadi

2. Kuzatishning vazifalari

3. Kuzatishning programmasi

4. Kuzatish fiksatsiyasi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

a) umumiy talablarga rioya qilish;

B) yaxlit qayd qilib borish;

V) kundalik;

G) texnik vositalardan foydalanish.

Kuzatishning ifodalanishi

1.Olingan ma’lumotlarning alomat va belgilar orqali ifodalanishi (piktogramma, grafik sxema).

2. Standart protokollarning aks ettirilishi.

Kuzatish turlari

1. Sistematik

2. Epizodik

3. Dala sharoitida

4. Labaratoriya sharoiti

5. Tabiiy sharoitda

6. Xronologik

7. Davriy

8. Bir martalik

Mehnat faoliyatini kuzatish

1. F. Gil’bertning ish kuni fotografiyasi metodikasi (xarakatni taxlil qilish)

2. A. F. Gostevning xronokartasi (2 yoki 3 marta 30 minutdan smenadan keyin talabalarda dars boshida o’rtasida darsdan keyin).

Kuzatish formalari

1. Aralashib yashirin kuzatish

2. Psixologik portret

3. Ochiq aralashib kuzatish(o’smirlarda)

4. Xulq portreti

Kuzatishni qayd qilish turlari

1. Kundalik

2. Ta’kidlovchi

3. Umumlashtiruvchi

4. Faktik (foto video magnit lentasi)

Kuzatish natijalarini qayta ishlash

1. Sifat tahlili

2. Miqdoriy tahlil

Kuzatish hisobotini jihozlash

1. Kirish (muqaddima)

2. Metodika tavsifi

3. Natijalarni tartibga keltirish

4. Natijalarning muhokamasi va tahlili

5. Xulosalar

6. Tavsiyalar

7. Adabiytlar ro’yxati

8. Ilovalar

Konfliktli holatini aniqlash

1. Nizo (konflikt) mohiyatiga kirish

2. Nizoning kuchayishi

3. Nizoning yechilishi

4. Nizodan keyingi psixologik holat

Kuzatish yakuni

1. Umumpsixologik xulosalar chiqarish

2. Milliy etnopsixologik va regional xususiyatlarni sharhlash
Yangi davr har bir insondan psixologik bilimlarni egallashni talab etadi. Buning uchun shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari: psixik jarayonlar, psixologik holatlar, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini bilish zarur bo’ladi. Hozirgi kunda bu psixologiya fanining 300 dan ortiq sohasi alohida ravishda shakllangan. Fan sifatida psixologiya avvalo, “ijtimoiy gumanitar”, so’ngra “tabiiy, aniq va texnika” va eng oxirida “iqtisodiyot” blokidan o’rin olgan bir qator fanlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu tom ma’noda uning jamiyatda amaliy ahamiyati ortib borayotganligidan darak beradi.





Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish