O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya


O’zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlar



Download 1,31 Mb.
bet12/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

1.4. O’zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlar.
Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan mexnat qurollari yasashgacha, undan urug’chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo’jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.

Ma’lumki, kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jixatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan. Dastlabki diniy ehtiqodlar, oddiy ixtirolarning takomillashib borishi, inson ongining shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon ming-ming yillar davom etib, inson ongi shakllanishining asosi bo’lgan xulq-odob qoidalari tarkib topadi.

Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu-umidlari, xislatlari qadimgi eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruxga sig’inish - onimizm, ajdodlar ruxiga sig’inish totemizm, sexrgarlik kabi diniy ehtiqodlar va marosimlar aks ettan afsonalar, rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizning tafagasur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, sug’dlar, parfiyaliklar yashagan davrlarga borib taqaladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, eng qadimgi tarbiya xaqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning «xayot kechirish san’ati, donolik malsmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lish namunasi» ifodalangan ma’naviy madaniyat yodgorliklari: Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi marosimlari, urf-odatlari, ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy voqyealarini ifoda etuvchi komusiy yodgorlik namunasi bo’lmish «Avesto»; afsonaviy qaxramonlar tasvirlangan dostonlar yahni, «Alpomish», «Manas», «Shirok», «To’maris», «Go’ro’g’li», «Murodxon», «Ravshan», shuningdek qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» asarlari, Maxmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk», Urxun-Yenisey bitiklari va boshqa shu kabi adabiy-tarixiy manbalarda saklangan va shular orqali bizgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rolg’ o’ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jixatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi xam, o’z navbatida, insoniyat jamiyatining tarkib topa borishiga yordam bergan. Xullas, insonning o’z-o’zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan. Bu tarixiy jarayonni bilish, inson tafakkurining qadimgi davrlardan boshlab bosqichma-bosqich rivojlanishi va shu bilan birga insonning xam tobora shakllana borganligi xaqida to’la tasavvur xosil qilishga imkon beradi.

Biz yuqorida keltirgan tarixiy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarda tadqiqotchilar, umuman, eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda uch asosiy manbaga tayanganligini ko’ramiz:


  1. Xalq og’zaki ijodi materiallari.

  2. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

  3. Arxelogik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar.

Ma’lumki, o’tmishda kishilar mexnat faoliyati jarayonida o’z extiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga mexnat ko’nikma va malakalarini xosil qilishga yordam bergan.

Tarixchilar va tarixchi-pedagoglarning ko’rsatishicha, kishilarning mexnat faoliyati yosh jixatidan uch guruxga bo’lingan:



  1. bolalar va o’smirlar;

  2. hayot va mexnatda to’la ishtirok etuvchilar;

  3. keksalar.

Ibtidoiy jamiyat davrida bola o’zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo’shilib, u xayot kechirish va mexnat qilishga o’rgangan. o’g’il bolalar erkaklar bilan bajariladigan ov qilish, qurol yasash kabi ishlarni bajarsa, qizlar ayollar mexnati bilan tanishar edi. Bola Ma’lum tayyorgarlikdan so’ng sinovlardan o’tib, keyin amaliy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi. Urug’chilik jamoasi bosqichida bolalar mexnati, kasb-hunarga intilish faollashib bordi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o’rgata boshlaydilar. Asta-sekin tarbiya tizimiga harbiy vatanparvarlik tarbiyasining boshlang’ich turlari kirib kela boshlaydi. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarining oldini olish, odamlarni davolash usullariga oid bilimlar berish ishlari avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga extiyoj sezila boshlaydi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni mamlakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo’ladi va tez tarqala boshlaydi.

Tadqiqotchilar eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalarida oromiy yozuvi, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so’ng esa yunon yozuvi va shu bilan birga forsiy mixxat xam ma’lum vaqtlarda qo’llanib kelinganini ta’kidlaydilar.

Demak, o’sha davrdayok Xorazm, So’g’d, Kushan, Run (Urxun-Yenisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’lgan va bu yuksalish ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muxim axamiyat kasb etib kelgan. Chunki inson ibtidoiy jamoa bo’lib yashash tarzini asta-sekin rivojlantirib borib, jaxon madaniyatida katta kashfiyotlar yaratdi.Chunonchi, Xitoyda kog’ozning ixtiro etilishi, Xindistonda xisoblash o’nlik sistemasining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada Yer kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo’lishning joriy etilishi, Markaziy Osiyoda o’rta dengiz bilan Hindistonni bog’lovchi arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiyot namunalari buning dalilidir.

Ma’lumki, o’tmishda kishilar mexnat faoliyati jarayonida o’z extiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga mexnat ko’nikma va malakalarini xosil qilishga yordam bergan. Eng kadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og’zaki ijodi namunalari afsonalar, qaxramonlik eposlari, ko’shiklar, maqol va iboralarda xam ko’ramiz.

Chunki xalq donishmandligining ko’zgusi bo’lgan xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo’lgan tarbiya tajribalari umumlashgandir. Ayniqsa, Polienning «harbiy xiylalar» asarida keltarilgan Shiroq afsonasi, Gerodotning «Tarix» kitobidagi jasur To’maris xaqidagi afsonalar shular jumlasidandir.M.Qoshg’ariyning «Devonu lugotit turk» asarida esa ilm olishning kadri, bilimli, donishmand kishilarni xurmat kilish, mexmondo’stlik xushxulklik mardlik va jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’stiga va xalkiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni koralaydigan shehrlar ko’p uchraydi. Bunday shehrlar turkiy xalklar kadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta ehtibor berganligini ko’rsatadi.

Ayniqsa, pand-nasixatlarda asosiy o’rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm axlini xurmat etish to’g’risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o’gitlar olish maslaxat beriladi:

o’g’lim, senga qoldirdim o’git,

Unga amal qil.

Olimlarga yaqinlash, baxra olgil, Tutib dil.

Ma’lumki, bilim- ma’rifatli kishi kibr-xavodan uzoqroq turishini tahminlaydi, bunga insonning o’zi xam sababchi deb uqtiradi, o’gitlarda. Ilm sari intilishni kutlug’ ish sanaydi. Demak, har bir kishi ilm sari intilishi, unga bo’ysunishi, moyil bo’lishi, kibrni esa o’zidan nari surishi kerak bo’ladi.

O’rgan uning bilimin,

Borgin uning sari.

Qutlug’ ishga bo’ysungin,

Kibrni quv nari. ( IIt. 161-162).

Aklli odamning zexni o’tkir bo’ladi, u har qanday o’git-nasixatni xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning pastda ovni ko’rgandagi tezlik bilan sho’ng’ishiga o’xshatadi. Oqil odam zexnining tezligi kush parvoziga qiyoslanadi:

Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga cho’kar,

Olim kishi o’git bersa, darxol uqar. (III t.53)

Bu misolda aklli, bilimli odamning tabiati, o’ziga xos xislati ifodalangan. «Devonu lug’atit turk» asarida insoniy fazilatlarning ajralmas qismi xushxulklik aloxida ajratib ko’rsatiladi. Har bir inson egallashi lozim bo’lgan ezgulik-yaxshilik, umum manfaati uchun mexnat qilish hushxulq insonga xos fazilat ekanligi uqtiriladi:

Ulug’liging oshsa agar.

Xushxulk bo’lg’il.

Bek yonida xalq uchun xo’b ish qilg’il. (I t.95)

Kishilar o’rtasidagi totuvlik, axillikning muximligini xam quyidagicha ifodalaydi:

Qo’ni-qo’shni, qarindosh ko’rsin sendan yaxshilik.

Ne-ne sovg’a kilishsa yaxshirog’in qil tortiq. (I t. 137)

Yana bir shehriy parchada shoir inson faqat o’zini o’ylamasligi, o’zgalar manfaati uchun ham harakat qilishi lozimligini aytadi:

Ko’rklik to’ning o’zingga, Totlig’ oshing o’zgaga, Qo’noqqa ko’rgiz izzat, Yozsin shahning uzoqqa.

Shoir mol-mulkka xirs qo’ymaslik, insonning mol-mulki ko’payganda xam mag’rurlanib ketmaslikni, bu borada keksa avlod o’gitlariga rioya etishni ta’kidlaydi. Ta’lim-tarbiyaga oid pand-nasixatlarga boy shehrlar inson turmushining turli tomonlariga oiddir. Inson xayotining abadiy emasligi, shuning uchun xam kishilarga yaxshilik qilish lozimligi, yoshlik xusniga ishonish suvga suyanish bilan barobar, deydi. Shu bilan birga shehr parchalarida:

Kimning ko’ngli bo’lsa

Qashshoq, kambag’al.

To’q bo’lmaydi,

Boy bo’lmaydi, deyilgan misralar xam uchraydi. (III t.257)

Bu pandlar xozirgi davrda xam o’z axamiyatini yo’qotmagan. Chunki ma’naviy boy bo’lmagan mamlakat xech qachon moddiy tomondan mustaxkamlana olmaydi. «Devonu lug’atit turk» asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar xam mavjud. Maqollarda xam qo’shiqlardagi kabi do’stlik va xamkorlik mexnatga muxabbat, ilm olishga va kasb-xunar egallashga undash, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg’usi, tejamkorlikning axamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizliq yaxshilik va yomonlikling natijalari, axloq-odob qoidalari, sixat-salomatlikni saqlashga oid o’gitlar talqin etiladi.



Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish