Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati uch qismdan: asosiy adabiyotlar, qo‘shimcha adabiyotlar va axborot-uslubiy qo‘llanmalardan iborat bo‘lishi mumkin. Asosiy matnga kirmagan materiallar ishning oxirida ilovalar ko‘rinishida keltiriladi. Ular hisob-kitoblar, rasmlar, jadvallar, grafiklar va h.k. bo‘lishi mumkin. Agar ilovalar bo‘lsa, ular raqamlanadi. Har bir ilova yangi betdan boshlanishi va yuqoridan o‘ng tomonda tartib raqami ko‘rsatilgan ILOVA so‘zi bo‘lishi lozim. Sarlavhasi esa betning o‘rtasidan yoziladi. Ilovalar matnda ularga havola berilgan tartibda joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |