2.2. Mehnat bozorida ish bilan bandlik xizmati
faoliyatining tahlili
Samarali bandlik ijtimoiy mehnat unumdorligini ostirish asosida jamiyatning har bir azosi uchun munosib daromad, salomatlik, talim va kasbiy darajasini oshirishni taminlash hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi aholisi samarali bandligini taminlash boyicha mehnat bozori ishtirokchilari say-harakatlari va kuchlarini birlashtirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar, shahar va tuman hokimliklari va mahalliy ozini ozi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari tizimi ortasida aholi samarali bandligini taminlash boyicha ishlab chiqilgan birgalikdagi harakat Bosh kelishuvini har yili takomillashtirib borish va amalga oshirilishini taminlash lozim [10]. Samarali bandlik jamiyat azolari sanalgan aholining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ularni qanoatlantira oladigan hamda ularning mehnat salohiyatidan unumli foydalanishga imkon beruvchi bandliqdir.
Davlat uchun samarali bandlik quyidagilarda namoѐn bo’ladi:
milliy daromadning o’sishi, mahalliy ishlab chiqarishning taraqqiѐti, jamiyat uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish, iqtisodiѐtning rivojlanishi;
aholi farovonlik darajasining oshishi, ularning kasbiy malaka darajasining ortishi;
mamlakatda ilmiy texnikaviy rivojlanish;
iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan yangi ish orinlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi;
davlat boshqaruvining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish darajasi va korxonalarda ishchilar uchun shart-sharoitlar yaratilganligi kabi mezonlar bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan aholi bandligini tartibga solish usullarini qollashni talab etiladi (1-rasm).
2.3. Mehnat bozori rivojlanishiga xizmat qiluvchi
zamonaviy infratuzilmalar
Mehnat bozorini toliq ishlashi uchun rivojlangan infratuzilmani shakllantirish lozim. Mehnat bozori faoliyat korsatishining sifat korsatkichlarini eng muhim mezoni uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir. Infratuzilma iqtisodiyotda turli xojalik tizimlari va bu tizimlardagi asosiy subyektlar ortasida faol ozaro aloqadorlikni taminlash uchun shart-sharoit yaratishi zarur.
Mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib berishda kopgina ilmiy adabiyotlarda mehnat bozori infratuzilmasi ish bilan bandlikka komaklashuvchi davlat va nodavlat muassasalar tizimini, korxona va firmalarning kadrlarga xizmat korsatish bolimlarini, jamoat tashkilotlari va jamgarmalarini, mehnat bozoridagi talab va taklif ortasidagi samarali ozaro aloqadorlikni taminlashni oz ichiga oluvchi mehnat bozori tarkibiy qismi sifatida ifodalanadi.
Kopincha mehnat bozori infratuzilmasi tushunchasi uning tarkibiga kiruvchi obyektlar va ularning funksional vazifalarini ifodalaydi. Masalan, mehnat bozori infratuzilmasi mehnat va ijtimoiy himoya qilishda odamlar huquqlarini amalga oshirish, ishchi kuchiga talab va taklif ortasida bozor muvozanatiga erishishning eng samarali yolini taminlaydigan, ular faoliyatining yagona normativ-huquqiy muhitini oz ichiga oluvchi ish bilan bandlikka komaklashuvchi jami tashkilotlar va institutlar hisoblanadi [6].
Mehnat bozori infratuzilmasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritib berishda Q.X.Abdurahmonovning bergan tarifi ancha orinlidir. Unga muvofiq mehnat bozori infratuzilmasini uning tarkibiy qismi sifatida tariflash mumkin, u davlat idoralari, ish bilan bandlikka komaklashuvchi nodavlat tuzilmalari, korxona va firmalarga kadrlar xizmati, jamoat tashkilotlari va jamgarmalari, normativ-huquqiy muhitni oz ichiga oladi, ular ishchi kuchiga ehtiyoj bilan taklif ortasidagi eng samarali ozaro hamkorlikni taminlaydi [2].
Bizning fikrimizcha, mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib berishda uning quyidagi oziga xos xususiyatlarini korsatib otish zarur:
1. Mehnat bozori infratuzilmasi bu kop funksiyali tizim bolib, aholining ish bilan bandligini taminlash va ijtimoiy himoyalashning turli xil tashkiliy shakllari va usullaridan foydalanishni oz ichiga oladi;
2. Mehnat bozori infratuzilmasidagi institutlar va tashkilotlar mehnat bozorini boshqarishda huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va axborot mexanizmlarini yuzaga keltiradi;
3. Infratuzilma mehnat bozori subyektlari ortasida samarali ozaro aloqadorlikni taminlaydi va ishchi kuchini talab va taklif qilish ortasidagi nisbatlarni muvofiqlashtiradi;
4. Infratuzilma tarkibidagi (aholining ish bilan bandligiga komaklashuvchi) obyektlar va mexanizmlar mehnat bozorining samarali shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratilishiga qaratilmogi zarur.
Bizning fikrimizcha, yuqoridagi qarashlarni etiborga olgan holda mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini quyidagicha talqin etamiz: mehnat bozori infratuzilmasi bu ish bilan bandlikka komaklashuvchi davlat va nodavlat xizmatlarni, korxona va firmalardagi kadrlar bolimlarini, jamoat tashkilotlari va jamgarmalarini, ishchi kuchini talab va taklif qilish ortasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi va ozaro hamkorlikni taminlovchi normativ-huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy va axborot mexanizmlari muhitini oz ichiga oluvchi mehnat bozorining tarkibiy qismidir.
Mehnat bozori infratuzilmasi institutlar tizimi sifatida, davlat va nodavlat ish bilan bandlikka komaklashuvchi tuzilmalar va mexanizmlar, mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishi uchun huquqiy, moliyaviy va iqtisodiy jihatdan tartibga solishda qulay shart-sharoitlarni taminlaydi.
Mehnat bozori infratuzilmasi iqtisodiyot va boshqaruv sohasida turli darajalardagi subyektlar sifatida quyidagilardan iborat:
1. Xalqaro tashkilotlar, masalan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, turli mamlakatlar mehnat bozorlaridagi faoliyatlari boyicha koordinasiyani amalga oshiradi;
2. Mehnat bozori infratuzilmasi subyekti sifatida davlatning roli. Davlat iqtisodiyotning davlat sektorida tadbirkor sifatida ham, kopgina investision dasturlarni amalga oshirish subyekti sifatida ham namoyon boladi. Davlatning qonun chiqaruvchi organlari qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi, bozor munosabatlarining huquqlari va umumiy tamoyillarini ornatadi. Davlatning subyekti sifatida mehnat bozoridagi siyosatni davlat ish bilan bandlik xizmati amalga oshiradi. Bu umumdavlat, hududiy va joylardagi boshqaruv darajalari asosida amalga oshiriladi;
3. Mehnat bozori infratuzilmasi subyektlari sifatida, turli ijro etuvchi hokimiyat organlari davlat ish bilan bandlik xizmati bilan ozaro aloqadorlikda faoliyat yuritadilar, masalan, yoshlar ishi boyicha Qomita, talim boyicha Qomita va hokazo.
4. Mehnat sohasidagi yollanma ishchilarning birlashmalari kasaba uyushmalar.
5. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiga: nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari, tijorat mehnat birjalari va kadrlar agentliklari; ishchi kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash boyicha oquv markazlari; tijorat ish bilan bandlik xizmati birlashmalari; ish beruvchilar assosiasiyasi, kadrlarga maslahat markazlari; mehnat bozori haqida axborot tizimi va boshqalar kiradi.
6. Yangi ming yillikda mehnat bozori infratuzilmasi subyekti bolib, Internet tarmogidagi mehnat birjalari hisoblanadi. Internet tarmogidagi mehnat birjalaridan aholining keng qatlami ish bilan bandlikka oid malumotlardan keng miqyosda foydalanishlari mumkin.
Mehnat bozori infratuzilmasi funksional elementlari va tarkibiy qismlari boyicha quyidagi tizimlarni oz ichiga oladi:
1. Mehnat bozori infratuzilmasining ustqurmaviy elementlari: bunga davlatning tartibga solish va normativ-huquqiy roli, mehnat shartnomalari va hokazolar kiradi. Davlatning tartibga solish roli huquqiy normalar va qonunlarning qabul qilinishi, mehnat munosabatlarini tartibga solish, investisiyalar harakatini boshqarish, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ishchi kuchi shakllanishiga tasir etishdan iborat.
2. Mehnat bozori infratuzilmasining tashkiliy tarkibi, yani, makro va mikro darajalardagi tashkiliy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari quyidagilarni oz ichiga oladi:
ishga joylashtirish boyicha tashkiliy tuzilmalar, bularga, davlat, munisipial organlar, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari va assosiasiyalar kiradi;
talim tizimi, bunga davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatidagi oquv markazlari hamda orta va oliy oquv yurtlari kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari sifatida, fuqarolarni oqitish boyicha ish bilan bandlik xizmati organlari bilan shartnomaviy hamkorlikda mehnat bozoriga yangi mutaxassislarni tayyorlab beradi;
rekrut tizimi, bunga rekrut agentliklari va ixtisoslashgan mehnat birjalari kiradi;
axborot tizimi-mehnat bozori holati haqida axborotlarni toplash;
ijtimoiy tizim ijtimoiy himoyaga muhtoj bolganlarga korsatiladigan xizmatlar boyicha markazlar va tashkilotlar;
moliyaviy tizim bularga davlat ish bilan bandlik jamgarmasi, tijorat ish bilan bandlikka komaklashuvchi jamgarmalar, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga komaklashuvchi oquv yurtlarining jamgarmalari kiradi.
Mehnat bozori infratuzilmasi ozining vazifalarini amalga oshirish uchun bir qator funksiyalarni bajaradi, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif muvofiqligi mexanizmining samaradorligini oshirish uchun meyoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
mehnat daromadlarini olish va mehnat huquqini amalga oshirishga komaklashish;
ish bilan band bolmagan aholini qollab-quvvatlash va ijtimoiy taminlash;
ish bilan band bolgan va band bolmagan aholini kasbga oqitish, tayyorlash va malakasini oshirish;
mehnat bozori konyunkturasi, ishchi kuchiga talab va taklifning ozgarish tendensiyalari va ularning rivojlanish istiqbollari togrisida axborotlarni ishlab chiqish. Ishchi kuchini sotuvchilar va sotib oluvchilarga axborot xizmatlari korsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |