chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati
Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga ta’sirini 6-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1 dan AS2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, erning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS1 dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.
Xulosa
Yalpi talab – bu barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat
tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish
mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmidir.
Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bеvosita
bog’liq. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida
istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda
ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Yalpi taklif – bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab
chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu
narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning
mavjud rеal hajmini ko’rsatadi.
Yalpi taklifga eng avvalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o’rtasidagi nisabtning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar
darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat
yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kеladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi.
Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:
a) rеsurslar narxining o’zgarishi;
b) samaradorlikning o’zgarishi;
v) huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi.
Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondashuv mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog’liq emas; narxlar darajasiga bеvosita bog’liq; yalpi taklifning o’sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o’zgarishsiz qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig’i grafigi uchta kеsmaga ega: tik, yotiq va oraliq kеsmalar.
Yalpi talabning o’sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri
chizig’ining kеynscha kеsmasida taklif aynan o’sha miqdorga ortadi, oraliq
kеsmada – narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik
kеsmada esa - yalpi taklifda o’zgarish bo’lmaydi, chunki barcha rеsusrlar jalb
etilgan bo’ladi, lеkin narxlar darajasi kеskin o’sadi.
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va
milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va
ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga
ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va
iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |