3. Monopoliya va raqobatda narx shakllanish xususiyatlari.
Raqobatning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo etadi.Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin.Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o'z-o'zidan, evolyutsion yo'l bilan vujudga kelgan.Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta'kidlanganidek, davlalning monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor
iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash. iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero.Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo'ymoqda. Bu borada ham juda ko'p yechilmagan muammolar bor. Ya'ni eski ma'muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta'minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlanish to'laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo'lidagi mavjud g'ovto'siqlarni bailaraf etishimiz zarur».
Bugungi kunda O'zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporalsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo'lib, ular ko'pincha tarmoq vazirliklari mavqye va vazifalariga ega bo'ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit hamda fond ko'rinishida taqsimlanishning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma'muriy to'siqlar monopolistik tendensiyalarga ko'proq imkon yaratadi.
Shunga ko'ra, O'zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:
iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo'lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;
bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o'z ustunlik mavqyelarini suiiste'mol qilish imko- niyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta'minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.
O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi.Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan.ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobat ni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarni shakillantirish, avvalo, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, cluinki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchierkin xo'jalik subyektlarining mavjudligi. ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Monopol narx — monopol mavqedagi subʼyekt (firma)lar bozorda belgilaydigan narx, monopol foyda olishning asosiy vositasi. Monopoliya sharoitida bu sotuvchi narxi boʻlsa, monopsoniya sharoitida haridor narxi shakliga ega boʻladi. Monopol narx erkin bozor narxidan raqobat asosida shakllanmasligi bilan farq qiladi. Monopol narxni belgilashning asosiy maqsadi olinadigan foydani maksimallashtirishdir. Mono-poliyaning narx belgilashdagi hukmronligi uning bozordagi hokimiyati hisoblanadi. Monopol narx oʻrnatilgandatanlash imkoniyati boʻlmaganligi sababli haridor daromadining bir qismini yoʻqotadi. Lekin monopoliya Monopol narxni chegarasiz oshira olmaydi, chunki har qanday narxning yuqori chegarasini harid qobiliyati belgilaydi. Shuni hisobga olib Monopol narx bozor koʻtaradigan narxning eng yuqorisi qilib belgilanadi, ammo bunday narx talabning ela-stikligini yuzaga keltirmaydi, yaʼni talab narxining ortishiga nisbatan tezroq pasayadi.
Monopol narxga resurelar narxining ortishi ham taʼsir etadi, chunki harajatlar ortib, foyda qisqaradi. Monopsoniya sharoitidagi Monopol narx haridor narxi hisoblanib, u ishlab chiqaruvchilarning oʻrtacha harajatlari darajasida boʻladi. Buning natijasida monopsonistga tovar sotganlar minimal foyda koʻradi, monopsonist esa narxni pastligidan yutib chiqadi. Bu yerda sotuvchilarning yoʻqotishi haridor — monopsonistning yutugʻiga aylanadi. Monopol narx bozorning asosiy vositasi boʻlganligidan, davlat bu narxlarni nazorat qiladi, ularning haddan ziyod yuqori yoki last belgilanishiga yoʻl bermaydi, narxni oshirish hisobidan topilgan foydani davlat oʻz byudjetiga olib qoʻyadi. Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.
Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; raqobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.
Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan mono-pol narxlarni chegaralab turadi.
Yuqorida korgan edikki, raqobatlashgan bozorda bir birlik mahsulotga qoyilgan soliq mahsulotning bozor narxini soliq miqdoriga nisbatan kichikroq miqdorga ozgartiradi va bu soliq yuki ham istemolchiga, ham sotuvchiga taqsimlanadi. Monopol bozorda soliq qoyilganda, mahsulot narxi soliq miqdoridan koproq miqdorga ham oshishi mumkin.Faraz qilaylik, monopol bozorda har bir birlik mahsulot soliqqa tortiladi. Soliq miqdori t somga teng va monopolist sotilgan har birlik mahsulot uchun davlatga t som soliq tolaydi. Demak, firmaning ortacha va chekli xarajatlari t somga oshadi. Agar firmaning boshlangich chekli xarajati MC bolsa, soliqqa tortilgandan keyingi chekli xarajati quyidagicha boladi. Grafikda soliq xisobiga ozgargan chekli xarajat chizigi t MC boshlangich chekli xarajat chizigini t miqdorga yuqoriga siljitish orqali hosil qilindi (14.4-rasm). Natijada t MC chizigi chekli daromad chizigini, yangi B1 nuqtada kesib o`tadi. Biz soliqga tortilmagan vaqtdagi ishlab chiqarish hajmi Q0 va narx P0 ni va soliqga tortilgandan keyingi ishlab chiqarish hajmi Q1 va narx P1larni olamiz.Bu yerda biz monopol hokimiyatga ega bolgan monopolistlar togrisida gap yuritamiz. Lekin, hozirgi vaqtda monopoliyaning ijobiy tomonlari borligini hech kim inkor qila olmaydi.Yiriklashgan korxonalarda ilmiy-texnik rivojlanish imkoniyati katta boladi, nima uchun deganda, bunday korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari ham katta bolganligi uchun, ular ilmiy izlanishlarga koproq mablag ajratishlari mumkin.
Yirik korxonalargina masshtab samarasidan yaxshiroq foydalana oladilar, chunki ularda ilmiy-tadqiqot ishlarini, tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarni keng masshtabda yolga qoyish mumkin boladi. Bu oz navbatida mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini oshirishga imkon yaratadi. Lekin, bozor munosabatlarining rivojlanganligi, jahon bozorining hakllanganligi, xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayib borishi sharoitida kuchli bozor hokimiyatiga ega monopolistni topish qiyin. Monopolistlarning jamiyatga tasir qiluvchi salbiy tomonlari borligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Yiriklashgan firmalar oz mahsuloti sifatini oshirishga va uni tez-tez yangilashga alohida etibor beradi, deb bolmaydi. Ushbu firmalarda yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilish kop hollarda toxtab qolishi ham mumkin. Monopolist narxni chekli xarajatdan yuqori qilib belgilaydi, yani
P =MC. Natijada resurslarning taqsimlanishi samarali bolmaydi. Monopol narxning ornatilishi jamiyatda yoqotishlarga olib keladi. Narx qanchalik yuqori bolsa, jamiyatning yoqotishi ham shunchalik kop boladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlar ishlab chiqarilgan. Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bolgan monopolistik hokimiyatni toplanishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga tasir qilish kuchini bildiradi. Qaysi firma bozor narxiga koproq tasir qila olsa, u koproq monopolistik hokimiyatga ega boladi.
Kopchilik adabiyotlarda monopoliyaga qarshi qonunga klassik misol sifatida AQShning trestlarga qarshi qonuni keltiriladi. 1890 yilda birinchi bolib Sherman qonuni deb ataluvchi qonun qabul qilingan bolib, u asosan savdoni va tijoratni monopollashtirishga qarshi qaratilgan edi. Ushbu qonun savdo erkinligini cheklovchi har qanday kelishuvni taqiqlar edi va raqobatchilarni adolatsiz yol bilan yoqotishni jinoyat deb qarar edi. Ushbu qonunni buzganlar jarima tolashdan tortib, firmani tarqatib yuborish va hatto jinoiy javobgarlikkacha jazolanishni nazarda tutar edi. 1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni qabul
qilindi. Ushbu qonun Sherman qonuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bolib, u qonunni bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan edi. Bundan tashqari ushbu qonunda monopoliyani vujudga kelishini oldini olish boyicha qilinadigan chora-tadbirlar belgilandi. 1938 yildagi Uiler qonuni iste′molchilar huquqini himoya qilishga qaratildi (tovar togrisida notogri axborot berish va notogri reklama berishga qarshi). Keyingi yillarda ham trestlarga qarshi qonunchilik AQSHda rivojlandi. AQSHning trestlarga qarshi qonuni boshqa davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlarni ishlab chiqishda va rivojlantirishda muhim rol oynadi. Narxlarni nazorat qilish va ularni muvofiqlashtirish koproq tabiiy monopoliyalarga qollaniladi. Eslasak, raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bolar edi. Uchinchidan, tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun teng imkoniyatlar yaratish zarur.
Ozbekiston respublikasi Prezidentining 2020 yilgi Oliy Majlisga murojaatnomasida:” Hozirgi kunda elektr energiyasi, gaz, qimmatbaho metallar, mineral o‘g‘itlar, transport xizmatlari kabi yo‘nalishlarda monopol bozorlar mavjud bo‘lib, ularda ko‘plab muammolar saqlanib qolmoqda.
SHu o‘rinda bir masalaga alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Iqtisodiy faollik va aholi daromadlari o‘sgani sayin, energiya resurslariga bo‘lgan talab ortib boradi. SHuning uchun neft-gaz va energetika sohalaridagi islohotlarni va boshlangan yirik loyihalarni yakuniga etkazishimiz lozim. Jumladan, 2021 yilda davlat va xususiy elektr stansiyalari hamda iste’molchilar o‘rtasida elektr energiyasi ulgurji bozorini shakllantirish boshlanadi.
SHuningdek, tabiiy gaz ta’minotida monopoliyani bekor qilib, bozor mexanizmlarini joriy etamiz. Bunda ishlab chiqaruvchi va importyorlarga birja orqali tabiiy gazni sotish, ulgurji iste’molchilar esa gazni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. “O‘ztransgaz” kompaniyasi esa faqat gazni transportirovka qiladi.
Suyultirilgan gaz bozorida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida uning importiga o‘rnatilgan bojlar bekor qilinadi.
Zargarlik sohasida ham tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Bunda kelgusi yil 1 martdan boshlab, kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi o‘rnatiladi.
Avtomobil sanoatida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish va korxonalarga teng sharoitlar yaratish orqali sohada ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paytiriladi.
2021 yildan boshlab oziq-ovqat, neft va elektrotexnika kabi tarmoqlarda 73 ta aksiz solig‘i bekor qilinadi.
YAna bir masala – hozirgi kunda davlat xaridlarida atigi 4 foiz tadbirkor qatnashmoqda.
Kelgusi yilda 24 ta yirik davlat korxonasiga davlat xaridi bo‘yicha ochiq-oshkora talablar joriy etiladi. Natijada mahalliy tadbirkorlarimiz har yili kamida 10 trillion so‘mlik mahsulotlarini ushbu korxonalarga sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va Parlament nazoratida bo‘ladi.’’ deb xalq vakillariga murojaat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |