XULOSA
Amir Temur davlatining madaniy siyosati biz uchun alohida ahamiyatga ega. Sohibqironning tavalludiga bag’ishlab e’lon qilingan davlat hujjatlarida Amir Temur, fan va madaniyat taraqqiyoti – jamiyatning ma‟naviy asosi ekanligini anglab, mamlakatda madrasalar, maktablar barpo ettirdi, ilm-fan sohiblariga nafaqalar tayinladi, qulay maishiy-turmush sharoitlarni yaratib berdi. Sharq dunyosining qaysi shahriga borsa, u yerlik olimu-fozillar bilan suhbat qilib, bahslashib, ularni Samarqandga taklif etadi. Shuning uchun ham Amir Temur hukmronligi davrida Samarqand firdavsmonand Mavlono Abdumaliq Sayyid Sharif Jurjoniy, xoja Muhammad Zohid Buxoriy, Mavlono Ahmad, Abdulqodir Marog‟iy, Nizomiddin Shomiy, Hofizi Abru, Ibn Arabshoh, Ibn Xoldun kabi o‟nlab quvvai hofizali aql-zakovat sohiblari qo‟nim topib, ijod qilganlar. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov asarlarida faxr bilan bayon qilinganidek “tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi”.
Kurs ishiida yoritilgan ma’lumotlar bo’yicha quyidagicha xulosalarga kelish mumkin:
Birinchidan, Movarounnahrda XIV asrning 50-60 yillarida mulkdor
qatlam vakillari o’rtasida siyosiy kurash, o’zaro nizolar avj olgan edi. Amir Temur hokimiyatga kelishi bilan ular yagona markazga, hukmdorga bo’ysundirildi. Tashqaridan bo’ladigan barcha istilolalarga qat’iy chek qo’yildi. Mamlakatda tinchliq osoyishtalik o’rnatildi. Movarounnahrda yana mustaqil ijtimoiy hayot boshlandi. Bu o’ta muhim siyosiy omillar jamiyatning siyosiy mustahkamlanishiga, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga asos bo’ldi. Istiqlolning butun mohiyati, maqsadi, kuch-qudrati ham shunda. Faqat istiqlol ruhi bilan mulku-millat, lashkar va raiyatni boshqaringiz degan da’vatga Amir Temur va temuriylar davrida qat’iy rioya qilindi.
Ikkinchidan, mustaqil Turkistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy yuksalishida Amir Temur davlatida amalga oshirilgan harbiy, iqtisodiy-xo’jalik moliyaviy, madaniy va boshqa islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mustaqillik hayotiy zarur islohotlar asosida mustahkamlanadi. Binobarin, ular jamiyat va xalq manfaatlariga qaratiladi. O‟sha davrda Movarounnahrda Amir Temur davlatining bosh islohotchi vazifasini bajardi va hayotga muvaffaqiyatli tadbiq etdi. Agar ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar keng xalq ommasi manfaatlariga qaratilmas ekan, uning ahamiyati, natijalari ham chegaralangan bo’ladi. Bu davrda Movarounnahrda ishsizlikning bo’lmaganligi, barcha aholi ma’lum bir kasb bilan mashg’ul bo’lganligi, ularning turmush sharoiti tubdan yaxshilanganligi, davlatning ichki va xalqaro nufuzi oshganligi – islohotlarning muvaffaqiyatidir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov faxr bilan ta’kidlaganidek “Buyuk strateg, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qat’iy islohotchisi.... Amir Temur qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlatni barpo etdi”.
Yakunda shuni aytishimiz joizki;
- Amir Temur shaxsiga xos ma’naviy va axloqiy fazilatlar uning siyosiy mavqei ko’tarilishiga asos bo’lgan;
- Amir Temur usha davrda mavjud bulgan mugulcha, turkiy, forsiy, arabcha boshqaruv usullarining muxim jixatlarini bir-biri bilan uyg’unlashtirgan xolda yangicha boshqaruv asoslarini yarata olgan;
- Amir Temur tomonidan olib borilgan siyosat, ayniqsa, mutaxassislar kuchidan maksimal darajada foydalanishi va kuchli ijtimoiy himoyani tashkil etishi saltanat tarqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan;
- Davlatda ma’muriy tizimning samarali tashkil etilishida mansab (lavozim), unvon va ularga hukmdor tomonidan salohiyatiga qarab tayinlangan shaxslarning ta’siri katta bo’lgan;
- Olib borilgan harbiy siyosat va o’rnatilgan harbiy tizim, jumladan, qo’shin tuzilishi, sipohning xarakat usullari, shaxslarning harbiy mansablarga tayinlanishi bilan bog’liq tadbirlar va boshka muhim sifat o’zgarishlari davlatda barqarorlikning qaror topishida muhim ahamiyat kasb etgan;
- Saltanatda joriy etilgan sud-huquq tizimi davlatning majburlov apparati bulib, u qonun ustuvorligini ta’minlab turgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |