Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi shundan iboratki, mitoxondriyaning biokimyoviy xususiyati hamda, mitoxondriyalar Ca2+ transport sistemalarining tabiiy va sintetik biologik faol moddalar yordamida regulyatsiya qilish mexanizmlarini o'rganishdan iborat.
Maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- mavzuga oid adabiyot manbalari bilan ishlash;
-tajriba o'tkazish metodikalari bilan tanishib chiqish;
-ushbu yo'nalishda olib borilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o'rganish.
Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy aliamiyati. Ushbu kurs ishida to'plangan adabiyot manbalari talaba va mutaxassislarning bu boradagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, kurs ishda keltirilgan ma'lumotlar fiziologiya va biokimyo darslarida ma'ruza, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar uchun manba bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Kurs ishining hajmi. Kurs ish kirish, adabiyotlar tahlili, tadqiqot metodlari va uslublari, olingan natijalar tahlili bo'limlari hamda xulosa va adabiyotlar ro'yxatidan iborat bo'lib, ishda ta rasm va ta jadval ketirilgan.
Kurs ishi sahifada bayon qilingan.
1-BOB. ADABIYOTIAR SHARHI.
1.1. Hujayra funksiyalarini ta'minlanishida mitoxondriyalarning roli
1.1.1. Mitoxondriyalarning tuzilishi
Mitoxondriyalar barcha aerob, eukariot hujayralarda mavjud. Ularning hujayralaridagi soni ozmi-ko'pmi doimiy bo'lib, hujayraning tipiga ham bog'liq bo'ladi. Ba'zi adabiyotlarda ta'kidlanishicha, hujayraiing rivojlanish stadiyasi va funksional aktivligiga bog'liq holda o'zgarib turishi ham mumkin.
Bizga ma'lumki, mitoxondriyalar hujayraning energetik manbai bo'lgan organoidi bo'lib hisoblanadi. Ular ko'pincha ATF zarurati tug’ilgan hujayralar strukturasi yaqinida yoki o'zlariga zarur bo'lgan hujayra “yoqilg'i” manbai yaqinida joylashadi. Faol ishlovchi muskul hujayralarida. masalan. hasharotlaming uchish muskullari hujayralarida. miofibrillalar yaqinida to'g'ri qator bo'lib joylashadi. Ana shunday joylashishi tufayli bu mitoxondriyalarda hosll bo'lgan ATF molokulalari miofibrillaning elementlariga yetib borishi ta’minlanadi.
Mitoxondriyalar o'lchami va shakli hujayra tipiga bog'liq holda kuchli o'zgarib turadi. Achitqi hujayralarida ularning shakli aylanaga yaqin. Jigar hujayralarida kortok shaklida, buyrak hujayralarida silindr shaklida, fibroplastlarda esa ipsimon shakllarda bo'ladi. Plastinkasimon va yulduzsimon mitoxondriyalar ham uchrab turadi.
Hujayraning metobolitik holatiga ko'ra, mitoxondriyaning shakli kabi hajmi ham tez va birdaniga o'zgarishga uchrashi mumkin. Mitoxondriyalar ko'pincha oxirlari bilan bir-biriga bog'lanadi va uzun ipsimon struktura hosil qilib, agregasiyalanadi. Bu borada kalamush jigari mitoxondriyalari kengroq o'rganilgan.
Elektron mikroskoplarda olingan ma'lumotlarga ko'ra, intakt hujayralarda ularning bo'yi 2 mkm da yaqin bo'lib, eni esa, 1 mkm atrofida bo'ladi. Bundan
shunday xulosa qilish mumkinki, ular o'z kattaliklari bilan bakteriyalarga teng bo'ladi (1.1-rasm).
1.1-rasm. Mitoxondriyaning strukturaviy tuzilishi
Ma'lumki, mitoxondriya ikki membranali organoid hisoblanadi. Organellaning o'rab turgan tashqi silliq membrana chiziqlar va burmalarga ega emas, ichki membranada esa, ko'p sonli burmalar uchraydi, ularni kristalar deb ham yuritiladi. Jigar mitoxondriyalarida kristalar soni kam bo'lib, tartibli joylashmagan,
buyrak va yurak mitoxondriyalarda esa ular soni juda ko'p bo'lib, ular bir-biriga juda jips joylashgan bo'ladi. Ayrim mitoxondriyalardagi kristalar oddiy barmoqsimon o'simta shaklida, lekin ko'pchilik organizmlarda ular murakkab to'r shaklida bo'ladi. Buning sababi shuki, oksidlanishli-fosforlanish va elektron tashish sistemasi (nafas zanjiri) funksiyalashuvida ishtirok etuvchi fermentlarning ichki membarana yuza maydonida joylashuvi tufayli bo'lsa kerak deb taxmin qilinadi. Keyingi olib borilgan ishlarda ta'kidlanishicha, mitoxondriyalar kristalarining murakkab bo'lishi, unda amalga oshadigan nafas olish jarayoni hamda oksidlanuvchi-fosforlanishning jadalligi bilan xarakterlanadi.
Mitoxondriyaning ichki bo'shlig'i - mcitriks deb yuritilib, u yarim suyuq, taxminan 50% oqsildan iborat va ingichka strukturaga ega bo'lgan modda bilan to'lgan. Matriksning struktura tuzilishi ham nafas olish aktivligining o'zgarishiga qarab ba'zi o'zgarishlarga uchraydi. Kristalar soni ko'p bo'lgan mitoxondrilarda matriks kam rivojlangan bo'ladi va aksincha, matriksda yuqori elektron zichlikni xarakterlovchi katta granulalar joylashgan bo'ladi. Bu granulalarning ahamiyati to'lig'icha o'rganilgan emas. Ba'zi mitoxondrilarda ribosomalar aniqlangan, lekin elektron mikrofotografiyalarda ular ko'rinmaydi. Kengaytirilgan elektron mikroskopiya metodlarida aniqlanishicha, mitoxondriyalarning tashqi va ichki membranasi ultrastrukturasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi.
Yuqoridagi fikrimizda ta'kidlab o'tganimizdek, mitoxondriya tashqi tomondan ikki qavat yupqa parda (qobiq), ya'ni membrana bilan o'ralgandir. Tashqi membrana mitoxondriyani sitoplazmadan ajratib tursa, ichki membrana esa xondrioplazmani ya'ni matriksni o'rab turadi. Ikkala membrana orasida bo'shliq bo'lib, u suyuqlik bilan to'la, uning qalinligi taxminan 100 A ga teng.
Ichki membranadan mitoxondriya markaziga tomon hayvonlarda plastinkasimon, o'simliklarda qing'ir-qiyshiq, egri-bugri naychalar shaklidagi kristalar joylashgan. Kristalar mitoxondriyaning ichki sathini kengaytiradi. Kristlaming ichidagi fazo ham perimitoxondrial faza matriksi bilan to'la bo'ladi.
Ichki membrananing mitoxondriya matriksiga qaragan sathida shakli qo'ziqoringa o'xshash elementlar (zarrachalar) tig'iz joylashgan. Bularga aksisoma (ATF-soma) deb atalib, diametri 70-90 A keladigan boshchaga, 40 A keladigan uzunlikdagi oyoqchaga ega.
Hujayrada mitoxondriyalarning soni har xil: spermatazoidlar hujayralarida 20-24 tagacha, gigant amyoba (Chaos-Chaos) hujayrasida 500 mingtagacha bo'ladi. Escherichia coli hujayrasida esa faqatgina 1 ta mitoxondriya bo'ladi. Hujayradagi mitoxondriya soni mitoz davrida mitoxondriyalarni bo'linish va qiz hujayralarning to'g'ri spirallanishi bilan xarakterlanadi. Mitoxondriyalarning shakli, strukturasi va o'lchami o'ziga xos, lekin ularning ichki membaranasi har xil tizimga ega. Masalan, kalamush jigari hujayralarining mitoxondriyalari o'rganganda, ularning uzunligi 3 mkm, kengligi 0,5-1 mkm, o'rtacha quruq massasi 1013 g ekanligi aniqlangan. Barcha kristalar yuzasining umumiy maydoni 16 mkm2 ni tashkil etgan. Ichki membranalar yuzasi 13 mkm2. Jigar hujayralarida taxminan 1000 ta mitoxondriya mavjud bo'lib, ularning umumiy membrana yuzasi 29000 mkm2 ga teng. Ya'ni, membaranayuzasi hujayranikidan 10 barobar ko'pdir.
Mitoxondriyalar ichki membranasida nafas olish zanjiri mavjud bo'lib, unda murakkab va ketma-ket boradigan murakkab bioenergetik jarayonlarni amalga oshishini ta'minlovchi fermentlar joylashgan. Nafas zanjirida ATF sintezi amalga oshiriladi. Bu jarayonda nafas zarjiri bo'ylab H2 ning elektronlari (aniqrog'i protonlari) donordan akseptorga (reaktiv kisloodga) tashiladi. Bu vaqtda substratlarning oksidlanishi hamda elektron tashilishi jarayonida hosil bo'lgan kinetik energiya ATF ning kimyoviy bog'larida kimyoviy energiya ko'rinishida bog'lanadi. Zanjir oxirida turgan reaktiv O2 H2 elektronlarini neytrallaydi va suv hosil bo'ladi.
Hozirgi kunga davr tashqi va ichki membrananing tuzilishi va ularning xususiyatlari to'g'risida to'liq bir fikrga kelinganicha, yo'q. Bu borada turli-tuman fikrlar va qarashlar mavjud. A.I.Gagelgans ma'lumotlarida keltirilishicha, mitoxondriyaning tashqi membranasida o'ziga xos fermentlar tizimi mavjudki, ular ham mitoxondriya membranasidan moddalaming transport qilinishida muhim ahamiyatga ega.
Jumladan, tashqi membrana ichki membranaga qaraganda biroz yirikrok ion va molekulalarni ham o'tkazuvchan bo'lsa, undan farq qilgan holda ichki membrana bunday yirik molekular va ionlarga nisbatan o'tkazuvchan emas. Ichki membrana 1200 pS gacha kattalikdagi ionlarni o'tgazish xususiyatiga ega bo'lib, undan yiriklari to'g'ridan-to'g'ri o'ta olmaydi, ular maxsus transport tizimiga ega.
Xulosa o'rnida ta'kidlash mumkinki, mitoxondriyalar hujayralar hayot faoliyatidagi eng muhim organoid bo'lib, ancha murakkab tuzilgan. Ular o'zining
DNK strukturasiga ega. Shu boisdan ham ularga yarim avtonom organoidlar deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |