Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi fаrgʼonа dаvlаt universiteti tаbiiy fаnlаr fаkulteti biologiyа yoʼnаlishi


-rasm. Biomembranada ion kanalining jovlashish sxemasi



Download 1,5 Mb.
bet8/18
Sana25.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#704238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
kurs ishi MINGBOYEV FARHODJON 19.58-guruh

3.3-rasm. Biomembranada ion kanalining jovlashish sxemasi.
1.3. Mitoxondriya membranalari orqali Ca2+-transporti mexanizmlari

Mitoxondriyalarga 2 valentli kationlar va Ca2+ ionlari akkumulyatsiyasi Ca2+ -uniporter orqali ta'minlanadi. Mitoxondriyalar 2 valentli kationlar (Mn2+\ Sr2+, Ba2+) va Ca2+ ionlarini so'rib olib, uni o'zida saqlab turish xususiyatiga ega.


Ikki valentli kationlarning mitoxondriyaga tarnsporti maxsus mexanizm asosida ta'minlanadi.
Ca2+ va ikki valentli kationlarning yutilishida membrana potensiali energiyasi sarflanadi. Membrana potensiali generatsiyasi uchun bog'lovchi membranalardagi past o'tkazuvchanlik talab qilinadi. Haqiqatdan ham, bog'lovchi membranalarda K+, H+, Mg2+, ADP3-, ATP4- va Сl- ionlari uchun past o'tkazuvchanlikka ega. Ayrim hollarda mitoxondriya membranalari Ca2+, ADP3- va ATP4- ionlari uchun yuqori o'tkazuvdianlikka ham ega bo'ladi. Ikki valentli kationlar akkumulyatsiyasi, shuningdek, adeninnukleotidlar transporti maxsus o'tkazgichlar tomonidan ta'minlanadi. Mitoxondriya ichki membranasida kation, anion va metabolitlarning maxsus o'tkazuvchi tizimi mavjud. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, mitoxondriyalarning SsA-sezgir poralari Ca2+ yordamida boshqariladi.
Bog'langan uchastkadan bir Juft elektronlar tashiladi yoki energiyalangan mitoxondriyalarda membranalardan Ca2+ ioni tashiladi. Mitoxondriyalarga Ca2+
ioni tashilishining xarakterli xususiyati shuki, konsentratsiyaga bog'liq holda Ca2+ ioni akkumulyatsiyasining boshlang'ich tezligiga bog'liq. Ikki valentli kationlarning mitoxondriya membranasi orqali tashilishi, ikkita bir xil zaiyadli ionlarning qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanishi (2H7Me2+ (kalsiy, kaliy yoki natriy va boshq.)) ga bog'liq. 2H7Ca2+ yoki 2H7Me2+ almashinuvning stexiometrik koeffitsiyenti 2 ga teng. Me2+ transporti tashiluvchi anionlar (atsetat, fosfat va arsenat) ishtirokida tezlashadi.
Ca2+ transportining harakatlantiruvchi kuchi mitoxondriyaning membrana potensiali hisoblanib, u normada 150-180 mV ga teng. Taxmin qilinishicha, mitoxondriya membranasi orqali Ca2+ ionining passiv taqsimlanishi quyidagicha,
mitoxondriya ichida uning konsentratsiyasi sitoplazmadagiga nisbatan 5-6 marta ko'p bo'ladi.
Ma'lumki, mitoxondriya membranasi Ca2+ ioni transporti vaqtida depolyarizatsiyaga uchraydi va Ca2+ ionlari oksidlanishli-fosforlanish jarayonini buzuvchi sifatida ta'sir ko'rsatadi. Sintez va hujayra ichki ATF konsentratsiyasining ortishi natijasida tiklanadi.
Mitoxondriyalar Ca2+ ionlari yutilishi uchun asosiy organoidlardir. Mitoxondriyalarga Ca2+ ionlarining yutilishi oksidlanishli-fosforlanishning ingibirlanishiga olib keladi [Holmuhamedov et al. 2001]. Avtorlarning taxmin qilishicha, bir qancha mexanizmlar borki, ular Ca2+ ni kirishini oldini oladi va mitoxondriyalarni Ca2+yutilishidan va SsA-sezgir poralar ochilishidan himoya qiladi. Ma'lumki, SsA-sezgir poralarning ochiq holatga o'tishi membranalarning permeabilizatsiyasiga olib keladi, bu esa sitoxrom C va boshqa apoptotik faktorlarning mitoxondriyadan sitozolga chiqishiga sabab bo'ladi.
Mitoxondriyalardagi Ca2+ konsentratsiyasi ([Ca2+]m) submikromolyardan kichik mikromolyargacha o'zgarib turadi. Tinch holatdagi hujayralarda Ca2+ miqdori 100-240 nm chegarada o'zgarib turadi.
Stronsiy, bariy yoki marganets ta'sirida mitoxondriyalarda Ca2+ transporti
to'liq ingibirlanadi, barcha ishqoriy yer metal kationlarining umumiy ta'sir mexanizmlariga egaligini bildiradi. Shuningdek, spetsifik ingibitorlar aniqlangan, Ca2+, Sr2+, Ba2+ va Mn2+ kationlarining transporti lantanidlar, ruteniy qizili, va geksaminokobaltoxlorid yordamida ingibirlanadi.
Permeabilizatsiyalangan hujayralarda Ca2+ transportining yarim aktivlanish tezligi (Ka.5) 3-10 mM chegarada namoyon bo'ladi. Mikrodemenlardagi Ca2+ ning yuqori konsentratsiyasi Ca2+ ni kirishi uchun sharoit yaratadi.
Hozirgi vaqtda mitoxondriyadan Ca2+ ning 2 xil yo'l bilan chiqishi aniqlangan: Na+ ga bog'liq va Na+ ga bog'liq bo'lmagan. Ca2+ ionlarining Na+ ga bog'liq chiqishi 3Na+/1Ca2+ stexiometrik tarzda amalga oshadi va membrana potensiali ta'minlanadi. Bu mexanizm tana muskullari, nerv sistemasi, yurak va endotelial hujayralarda kuzatiladi. Ionlarning Na’-ga bog'liq bo'lmagan chiqishi jigar va silliq muskul hujayralari mitoxondriyalari uchun muhim ahamiyatga ega. Bu mexanizm H+ ning nH+:Ca2+ ko'rinishda kirishi bilan amalga oshadi, buyerda n=2.
Ca2+ ga bog'liq SsA-sezgir poralar Ca2+ ning mitoxondriyadan chiqib ketishini ta'minlaydi. Megakanalning quyi va yuqori o'tkazuvchanlik holatda bo'lishi aniqlangan. Megakanalning yuqori o'tkazuvchanlik holatidagi ochilishi natijasida membrana potensiali tushib ketadi va matriksda pH va Ca2+ ning konsentratsiyasi ortishi kuzatiladi. Bu holat Ca2+ peregruzka vaqtida kuzatiladi va apoptotik faktorlar chiqishi mumkin. Megakanal quyi o'tkazuvchanlik holatda bo'lganda Ca2+ gomeostazning fiziologik boshqarilishida ishtirok etadi. Matriksda Ca2+ ning ortib ketishi quyi o'tkazuvchanlikdan yuqori o'tkazuvchanlikka o'tishga olib keladi.
70 yillarda tabiiy va sun'iy yo'l bilan olingan bir qator moddalarning biologik va sun'iy membranalarda H+/Me2+ elektroneytral almashinuvida ionoforlik xususiyatlari aniqlangan. Hozirgi vaqtda inoforlar membranalarning ion-transport sistemasini modullashtirishda keng qo'llanilmoqda. Ba'zi bir ionoforlar (valinomitsin, siklik poliefirlar) ning strukturasi tutashgan xalqa shaklida bo'ladi. Karboksilat ionoforlar nigeritsin, dianmitsin, monensin, lazaloid A va A 23187 kationlar bilan kompleks hosil qilganda siklik konformatsion holatga o'tadi.
O'simlik preparatlari salsolidin va geptanoilsalsolidin bisloy lipid membranalarining Ca2+ li muhitda integral o'tkazuvchanligini, shuningdek, mitoxondriyalar membranasi orqali Ca2+ transport tezligini oshiradi, lekin boshqa kationlar transportiga ta'sir ko'rsatmaydi, ya'ni Ca2+-ionofor xususiyatiga ega.
Ca2+-ionoforlik xossasi shuningdek, bir necha seskviterpen spirtlaming efirlarida (ferutinin, ferolin, yuniferdin) ham kuzatilgan. Glitsirrizin kislotasidan farq qilgan holda glitsirret kislotasining ham Ca2+- ionofor xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Ushbu birikma mitoxondriya membranasining lipidlarning perekisli oksidlanish jarayoniga Ca2+ ionlari singari ta' sir ko'rsatadi.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish