Hayvonlar populyatsiyasining etologik (xulqiy) xatti-harakat tuzilmasi. Etologiya (grekcha”ethos”-xarakter) hayvonlar xatti-harakati (hulqi) ning biologic asosi haqidagi fandir.U ekolgiya fani bilan chambarchas bog’liq.Ekologiya fanining natijalaridan qishloq xo’jaligi, hayvonot olamini muhofaza qilish vazifalarini hal etishda foydalanish mumkin.Hayvonlarning xulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog’liq.Odatda hayvonlar yolg’iz birgalikda hayot kechiradi.Hayvonlarning birgalikda yashashining bir necha shakllari ma’lum.Tabiatda hayoti davomida butunlay yolg’iz hayot kechiruvchi organizmni uchratib bo’lmaydi.Yolg’iz hayot kechirish nisbiy ma’noda tushuniladi.
Individlarning jinsiy moyilligi va ota-onalar bilan yangi avlod o’rtasidagi bog’lanishlar, hududiy umumiylik, nasl uchun qayg’urish natijasida oila deb atalgan hayvonlarning birgalikda yashash shakli kelib chiqadi. Ota-onalar jufti qisqa yoki uzoq vaqtgacha, ba’zi turlarda esa umrining oxirigacha birga bo’lishi mumkin.Hayvonlarda o’z juftini topish o’ziga xos murakkab ko’rinishlarda o’tadi. Bu narsa o’rgimchaksimonlarda erkaklarning har xil harakatlar orqali urg’ochisiga yaqinlashishi, qushlar va sutemizuvchilarda “ko’ngilni ovlash” hatto erkaklari o’rtasidagi o’zaro kuchlar kurash yo’llari orqali boradi.
Hayvonlarning ancha yirik birlashmalari podalar, galalarva koloniyalar hisoblanib, ularning shakllanishida populyatsiyalardagi xulqiy munosabatlar yanada murakkablashadi.
Ko‘pgina turlar, bunda o‘zining hayot siklini mа’lum bir bos-qichida boshqa individlar bilan bog‘liq holda yashamaydi. Tabiatda butunlay yakka holda hayot kechirish hodisasi umuman uchra-maydi. Agar shunday bo‘lganda edi organizmlarning hayotiy funk-siyalaridan biri ko‘payishi yuz bermagan bo‘lar edi.
Bir qancha turlar uchun juda zaif aloqalar mavjud. Masalan: tashqi urug‘lanish bilan ko‘payuvchi organizmlarda birgalikda yashash imkoniyati mutlaqo bo‘lmasligi mumkin. (aktiniyalar).
Yakka holda hayot kechiruvchi turlarda vaqtinchalik individ-larning to‘planishi kuzatiladi: u ham bo‘lsa, qishlash joylarida ko‘payish vaqtida va h.k.
Populyatsiyalarda ichki munosabatlarning murakkablashuvi ikki yo‘nalishda ko‘zga tashlanadi: bu jinsiy partnyorlar o‘rtasida aloqaning ko‘payishi va ota – ona va qiz avlodlar o‘rtasidagi aloqalarning paydo bo‘lishi. Ana shu asosda populyatsiyalarda oila shakllanadi, bu o‘zining tarkibi va uzoq vaqt yashovchanligi bilan xilma-xildir.
Ota –ona juftliklari juda qisqa muddat ham tashkil topishi mumkin, bа’zan juda uzoq vaqt ham davom etishi mumkin. M:qushlar ichida poligam teterevlar, gluxarlar hech qanday oilaviy juftlik hosil qilmasdan ko‘payadi. O‘rdaklar juftini qishlash vaqtida yoki uchib o‘tish vaqtida topadi, urg‘ochisi uyaga o‘tirishi bilan erkaklari uni tark etadi. Chumchuqsimonlarning esa erkak va urg‘ochilari uya qurish vaqtidagina birga bo‘ladi. Oqqushlar, turnalar, kaptarlar oilaviy juftligi uzoq yillar saqlanadi.
Hayvonlarda juftini tanlash maxsus nikoh xulq–atvori bilan belgilanadi va o‘ta murakkabligi bilan ajralib turadi. O‘rgimchak-simonlarda erkaklari qo‘shilish vaqtida turli o‘yinlar ko‘rsatadi va urg‘ochisini o‘ziga jalb qiladi. O‘rgimchak populyatsion xulq-atvori undagi (urg‘ochisini) agressiv instinktni tormozlaydi, bo‘lmasa erkagini o‘lja tariqasida yeb qo‘yishi mumkin. O‘rgimchakni hammaxo‘r turlarida erkaklari urg‘ochilarini urug‘lantirib bo‘lgach, ularning o‘ljasiga aylanadi.
Qushlar va sut emizuvchilarda erkaklarining urg‘ochilarga xushomad qilishi urg‘ochilarining agressiv o‘zini himoya qilish reaksiyalarini susaytiradi. Bu esa juftlanish uchun muhim rol o‘ynaydi.
Oilaviy hayot tarzida ota-ona va uning nasli o‘rtasida aloqa-lar yana murakkablashadi. Bunday aloqalardan eng oddiysi ota-onalardan birining qo‘yilgan tuxumga g‘amxo‘rligi:uni qo‘riqlash, inkubatsiya (bosib yotish) va b.q. Amfibiyalar ichida marmar ambistoma tuxumini nam o‘rmon barglarining ostidagi chuqurcha-larga qo‘yadi va qo‘riqlaydi. Salamandra tuxumlarini nam gavdasi bilan o‘rab yotadi. Qushlar polaponlari qanot chiqarib uchib ketgun-gacha g‘amxo‘rlik qiladi.
Oilalar ota-onalardan qaysi biri avlodi uchun qayg‘urishini ko‘proq zimmasiga olish xususiyatiga ko‘ra:otalik, onalik va aralash tiplarga bo‘linadi.
Oilaviy hayot kechirish tarzida ham hayvonlarning territorial xulq-atvori yaqqol namoyon bo‘ladi: bu har xil signallarni, marki-rovka qo‘rqitishning ritual formalari va ochiq agressiya, uchast-kasiga egalik qilishni tа’minlaydi. Bu esa avlodni yetarli darajada to‘yg‘azish imkoniyatini beradi.
Hayvonlarning bundan ham yirikroq birlashishi – gala (to‘da), poda, koloniyalar deyiladi. Bunday shakllanishlar asosida populy-atsiyalarning xulq-atvor aloqalari yana murakkablashadi.